Uslub O‘rtacha me’yoriy harorat O‘lchash uchun vaqt Orqa chiqaruv teshigi –
rektal
37–38 daraja
2–3 daqiqa
Og‘iz orqali – oral
36,5–37,5 daraja
3–5 daqiqa
Qo‘ltiq osti
36–37 daraja
10 daqiqa
ISITMA TURLARI VA DAVRLARI
Isitma deb, organizmdagi o‘zgarish jarayoniga nisbatan
moslashish va himoya reaksiyasiga aytiladi. Bu reaksiya
infeksiya yoki to‘qimalarning parchalanishi mahsulotlaridek
kuchli taassurotlarga javoban tana haroratining ko‘tarilishi bilan
namoyon bo‘ladi.
Isitma turlari. Isitma nechog‘li balandligi, qancha davom
etishi va harorat qay tariqa o‘zgarib turishiga qarab farqlanadi.
Balandligiga qarab subnormal (35 – 36
0
C)
, normal (36 – 37
0
C) va subfebril (37 – 38
0
C)
harorat tafovut etiladi. Haroratni
37
0
C dan oshishi isitma deb, shu bilan birga 38
0
C dan 39
0
C
gacha ko‘tarilishi o‘rtacha, 39
0
C dan 42
0
C gacha yetishi yuqori
va 42 – 42,5
0
C gacha oshishi o‘ta yuqori isitma deb ataladi.
Isitma qanchalik uzoq davom etishiga qarab:
1) tez o‘tib ketadigan – bir necha soatdan 1–2 kungacha
davom etadigan;
2) o‘tkir – 15 kungacha;
3) o‘rtacha o‘tkir – 45 kungacha;
4) cho‘ziladigan va surunkali – 45 kundan ko‘p davom
etadigan isitmalarga bo‘linadi.