S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
tashkil qilish– bunda tibbiy xodim bemorga xulq - atvorning
bir necha variantlarini (talab, kutish, imkoniyatlar) tavsiya eta-
di. Bemor va uning yaqinlari kerakli axborotni tanlab olib,
qo‘llaydi.
O‘qitish 5 bosqichda kechadi: Birinchi bosqichda – bemor va uning oila a’zolarini ehtiyoj-
lari baholanadi. Ehtiyojlarni baholash uchun tibbiy xodim
quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
1. Bemorning yashash tarzini baholash.
2. Bemorning o‘zini - o‘zi parvarish qilishga, salomatlik ho-
latini yaxshilashga ehtiyojini, ya’ni bemorni nimalarga o‘rgatish
kerakligini aniqlash;
3. Bemorning ijtimoiy va madaniy holatini, uning o‘qitish
jarayoniga ta’sirini, ya’ni kim va qanday qilib bemorni o‘qitadi
degan savolni hal qilish.
4. O‘qitilayotganlarni xususiyatlarini baholash: ruhiy rivojla-
nishi, o‘qitishga munosibati, diqqati, o‘qishga qiziqishi, tushu-
nishi va eslab qolishi.