34
6) shaxsiy va psixogigiyena qoidalariga rioya qilish;
7) zararli odatlardan o‘zini tiyish;
8) o‘z vaqtida dispanser ko‘rigidan o‘tib turish.
Inson o‘z hayotidan qoniqishida unumli mehnat qilishi
muhim o‘rin egallaydi. Insonning jamiyatda o‘z o‘rni bo‘lishi,
o‘z mehnatidan qoniqishi, boshqalarning bu mehnat mevalar-
dan bahramand bo‘lishi uning o‘z-o‘ziga berishi mumkin bo‘l-
gan bahoni oshiradi. Mehnat qilishning asosiy sababi odam-
larning hayoti va oilasi uchun pul topish hisoblanadi. Lekin shu
bilan birga ko‘pchilik odamlar o‘z bajaradigan ishlaridan
huzurlanadilar.
Inson normal hayot kechirishda faol dam olish muhim
ahamiyatga egadir. Ko‘pchilik dam olish deganda televizor
oldida hordiq chiqarishni tushunadilar. Lekin og‘ir mehnat
kunidan so‘ng organizm kuchini tiklash uchun faol dam olish
tavsiya etiladi. Faol dam olish deganda teatr va muzeylarga,
ko‘rgazmalarga, sport musobaqalariga tashrif buyurish, tog‘ va
adir yon bag‘rilarida dam olish tushuniladi. Agar kishining biror
qiziqqan xobbisi bo‘lsa, u bilan shug‘ullanish unga huzur
bag‘ishlasa, keyinchalik ish faoliyatida ham unum bo‘ladi.
Salomatlikni uzoq vaqt saqlab turishi uchun to‘g‘ri ovqat-
lanish lozimdir. To‘g‘ri ovqatlanish deganda kishining mehnat
tarzi, yoshi, jinsi va boshqa omillarni hisobga olgan holda
ovqatlanish tushuniladi. To‘g‘ri ovqatlanish insonning hayot
faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tashqi muhit salbiy omillariga
chidamini oshiradi, yuqori himoya qobiliyatini ta’minlaydi.
To‘g‘ri ovqatlanishda quyidagi shartlarga amal qilish zarur:
• ovqatning ratsioniga (ovqat tarkibida yog‘, oqsil va ugle-
vodlar kerakli nisbatda bo‘lishi va sarflangan energiyani to‘la
qoplashi kerak);
• ovqat tarkibining sifatiga (har kuni inson ovqati turlicha
bo‘lishi kerak bo‘lib, ovqat tarkibida turli xil unli va yormali
mahsulotlar, sabzavot va mevalar, go‘sht va sut mahsulotlari
bo‘lishi kerak);
• ovqatlanish tartibiga; (kun davomida 3 yoki 4 marta
ovqatlanish maqsadga muvofiqdir. Bunda kundalik ovqatning
20–25 % i nonushtaga, 30–35 % i tushlikka, 10–15 % tolma-
choyga va 20–25 %
i kechki ovqatga taqsimlanadi;