O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


SOG‘LIQNI SAQLASH KO‘RSATKICHLARI



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

SOG‘LIQNI SAQLASH KO‘RSATKICHLARI  
VA DEMOGRAFIYA 
 
Sog‘liqni  saqlash  statistikasi.  Statistika  (lotincha  status–holat, 
ahvol so‘zidan olingan). Sog‘liqni saqlash statistikasi bitta shaxs va 
odamlar  guruhi  salomatlik  holatini  aniqlaydi  va  bu  ahvolga  ta’sir 
qiluvchi  Sog‘liqni  saqlash  muhitining  haqiqiy  holatini  o‘rganadi. 
Sog‘liqni  saqlash  statistikasi  demografik  statistika,  kasalliklar 
statistikasi va uy-joy sharoiti statistikasiga bo‘linadi. 
Demografik  statistikaga  tug‘ilish,  o‘lim,  kasallanish  ko‘rsat-
kichlari kiradi.  
Tug‘ilish  –  yil  davomida  tug‘ilganlar  sonining  1000  aholi 
soniga olingan nisbati bo‘lib, hozirgi kunda bu nisbat 15 dan 25 
foizgacha  o‘zgarib  turadi.  Tug‘ilish  ko‘rsatkichi  qishloqlarda 
shahardagiga qaraganida ko‘pdir. 
O‘lim  –  yil  davomida  o‘lganlar  sonining  1000  aholi  soniga 
olingan  nisbati  bo‘lib,  hozirgi  kunda  bu  nisbat  9  dan  15  foizni 
tashkil qiladi. Hozirgi kunda yurtimizda ayollar va bolalar o‘limini 
kamaytirish  bo‘yicha  olib  borilayotgan  ishlar  so‘nggi  yillarda 
onalar o‘limini 2 va bolalar o‘limini 3 barobar kamayishiga sabab 
bo‘ldi. Bunga asosan aholining tibbiy madaniyatini oshishi, repro-
duktiv  salomatlikni  mustahkamlash  va  kontratsepsiya  vositalardan 
foyda-lanishni ommalashgani sabab bo‘ldi. 
Kasallanish – aholi salomatligining izdan chiqish hollari, bu 
aholi  salomatligiga  baho  berishda  katta ahamiyatga  ega.  Kasal-
lanish haqidagi ma’lumotlar quyidagi manbalardan olinadi: 
1)  davolash  profilaktika  muassasalariga  murojaat  etishlariga 
qarab; 
2) tibbiy ko‘rik natijalariga qarab;  
3) o‘lim sabablariga qarab. 
Aholi  salomatligining  ko‘rsatkishlariga  tayangan  holda 
aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish strategiyasi ishlab chiqiladi.  
 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin