O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Nazorat savollari: 
 
1.  Kasb  etikasi,  tibbiy-ijtimoiy  xodimning  axloqiy  xusu-
siyatlarini sanab bering. 
2.  Etikaga  xos  tushunchalarga  nimalar  kiradi?  Bu  tushun-
chalarga ta’rif bering. 
3.  Tibbiy-ijtimoiy  xodimning  deontologik  xatti-harakat 
asoslari nimalardan iborat? 
4.  Tibbiy  ijtimoiy  xodimning  professional  xatoliklariga 
nimalar  kiradi  va  bu  hollarda  qanday  javobgarlik  choralari 
ko‘riladi? 
 


29 
 
SANALOGIYA ASOSLARI. SOG‘LOM TURMUSH TARZI 
 
Inson  organizmi  bir-biri  bilan  o‘zaro  bog‘liq  organ  va 
sistemalarga  mujassam  bo‘lgan  hujayralardan  tashkil  topgandir. 
Agar  bu  tizimning  biror  qismi  ishdan  chiqsa,  bu  boshqa 
a’zolariga  ham  o‘z  ta’sirini  o‘tkazmay  qolmaydi.  Salomatlikni 
tiklash  tashxis  qo‘yish  va  davolash  bilan  birga  shu  kasallik 
keltirib  chiqarishi  mumkin  asoratlarni  oldini  olishni  nazarda 
tutadi.  Insonning  idrok  jarayoni,  sezishi  va  tashqi  muhit 
ta’siriga  javob  qaytarishi  xuddi  boshqa  a’zo  va  tizimlar  singari 
tabiat  qonunlariga  bo‘ysunadi.  Inson  salomatligi  nima  degan 
savolga javob topish uchun inson faoliyati va xulqining biologik 
asoslarini bilish lozimdir. 
Ichki  xotirjamlik,  turg‘unlikni  saqlab  tura  olgani  uchun 
inson sog‘lomdir. Mana shu xotirjamlikni saqlab turgan tarkibiy 
qismlardan  biri  ishdan  chiqsa,  u  xastalanadi.  Bemorlarni 
davolash  va  parvarish  qilishning  asosiy  maqsadi  –  salomatlikni 
tiklashdir. Buni iloji bo‘lmagan hollarda salomatlik holati tibbiy 
xodimlar  tomonidan  organizmning  himoya  kuchlarini  tiklash, 
kasallikning  belgilariga  qarshi  tura  olishi  va  davolashning  turli 
ko‘rinishlari  bilan  ta’minlanadi.  Sog‘lom  odamga  kundalik 
hayotda uchraydigan ovqatlanish, ish faoliyati, jismoniy faoliyat 
va ochlik xavf solmaydi. 
BSST (Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti) salomatlikka 
«Kasallik  yoki  boshqa  jismoniy  nuqsonlarning  yo‘qligina  emas, 
balki  to‘liq  jismoniy,  ruhiy  va  ijtimoiy  tomonidan  osoyishtalik 
holati
»  deb  ta’rif  bergan.  Salomatlik  holati  shaxsning  jinsi, 
yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, yashash joyining iqlimi, geografik 
sharoitlariga  bog‘liq  holda  antropometrik,  klinik,  fiziologik, 
bioximik  ko‘rsatkichlardan  so‘ng  aniqlandi. 
«Salomatlik»  – 
organizmning  tashqi  atrof-muhit  bilan  to‘liq  muvozanatlashgan 
tabiiy  holatidir.  Kasallik 
«Yetishmovchilik  holati»  bo‘lib,  u 
quyidagilar natijasida kelib chiqadi: 
• organizmning biror tizimi yoki organining ishdan chiqishi; 
• noqulay sharoitlar. 


30 
Individual  va  jamiyat  salomatligi  tafovut  qiladi.  Jamiyat 
salomatligi  tug‘ilish,  o‘lish,  bolalar  o‘limi,  jismoniy  rivojlanish 
darajasi,  shikastlanish,  nogironlik,  o‘rtacha  hayot  davomiyligi 
kabi  ko‘rsatkichlar  bilan  ifodalanib,  bu  ko‘rsatkichlar  tashqi 
atrof-muhit,  mehnat  sharoiti  va  og‘irligi,  ish  kunining  davo-
miyligi,  ish  haqining  miqdori,  oziq  -  ovqatlar,  kiyim,  yashash 
joyi  bilan  ta’minlanish  va  sog‘liqni  saqlash  darajasiga  bevosita 
bog‘liq bo‘ladi.  
1984-yili  BSST  salomatlikka 
«Har  bir  inson  yoki  insonlar 
guruhi  o‘z  istak  va  ehtiyojlarini  qondira  olishlari  bilan  birga 
tashqi atrof-muhitga ta’sir o‘tkazishlari va o‘zgartira olishlaridir. 
Salomatlik  yashash  maqsadi  emas,  kundalik  hayot  manbayi 
hisoblanishi  hamda  ijtimoiy  va  shaxsiy  zaxiralar  va  jismoniy 
imkoniyatlarni  o‘z  ichiga  olgan  ijobiy  tizimni  tashkil  etishi 
kerak.  Mustahkam  salomatlik  insonlarga  to‘laqonli  hayot 
kechirishlari,  jamiyatda  o‘z  o‘rnini  topishlariga  yordam 
beribgina  qolmay,  ular  yashayotgan  jamiyatning  madaniy, 
iqtisodiy va ijtimoiy gullab yashnashi imkoniyatini beradi.  
Hayot  insonning  tug‘ilish,  yetuklik,  qarilik  va  o‘lim  orasi-
dagi  biologik  yo‘li  bo‘lib  qolmay,  bu  yo‘l  davomida  hayotdan 
qoniqib  yashashidir.  Hayot  o‘tmish,  hozir  va  kelajakdan  iborat 
bo‘lib,  odamlar  tajribasi,  ularning  o‘zaro,  tevarak-atrof  va 
kelajak avlod munosibati bilan ifodalanadi. 
BSST  inson  salomat  bo‘lishi  quyidagilarga  bog‘liq  ekanli-
gini aniqlagan:
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Salomatlik 
 shartlari 
Oqar suv bi-
lan ta’minlash 
va sanitariya 
 
Yashash 
uchun 
sharoit 
Xavfsiz ish joyi 
va jamoadagi 
foydali o‘rin 
 
 
Boshlang‘ich 
ta’lim 
 
Hamma 
uchun bir 
xil sharoit 
 
Asosiy 
ehtiyojlarning 
qondirilishi 
Siyosiy erkinlik va 
jamoaning 
qo‘llab-quvvatlashi 
Tinchlik va 
xotirjamlik 
 
 
Oziq-
ovqatlar 
 


31 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin