O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tibbiy xodimlar quyidagi xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Tibbiy xodimlar quyidagi xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin: 
•  tibbiy  yordam  berishda  kerakli  sharoitlarning  yo‘qligi 
(tibbiy  yordam  talabga  javob  bermaydigan  sharoitlarda  amalga 
oshirilganda); 
•  tibbiy  bilimlarning  mukammal  emasligi  yoki  yetish-
masligi; 
• tibbiy xodimning kasbiy nuqsonlari. 
Kasbiy  jinoyatlar  –  tibbiy  xodimning  beixtiyor  yoki  atayin 
bemor salomatligiga, hayotiga zarar keltirishidir. Tibbiy xodim-
larning o‘z ishlariga vijdonan yondoshmasligi, vazifasiga sovuq-
qonlik  bilan  qarash,  noqonuniy  davolash  va  kerakli  malakaga 
ega  bo‘lmay  davolash  ishlarini  olib  borish  natijasida  kelib 
chiqadi.  Bunday  holatlarda  tibbiy  xodimlar  ma’muriy,  intizo-
miy,  fuqarolik  yoki  jinoiy  javobgarlikka  tortilishlari  mumkin. 
Eng og‘ir va xavfli jinoyatlarga quyidagilar kiradi: 
• o‘z kasbiy faoliyati davomida ehtiyotsizlik tufayli bemor-
ning o‘limiga sabab bo‘lish; 
• o‘z kasbiy faoliyati davomida bemorlar salomatligiga og‘ir 
yoki o‘rtacha og‘irlikdagi zarar yetkazish
•  transplantatsiya  maqsadida  organ  va  to‘qimalarni 
noqonuniy olish yoki berishga majbur qilish
• o‘z kasbiy faoliyatiga sovuqqonlik bilan qarashi natijasida 
bemorga OIV infeksiyasini yuqishiga sabab bo‘lish; 
• noqonuniy abort qilish; 
• bemorga tibbiy yordam ko‘rsatmaslik; 
•  narkotik  va  psixotrop  dori  preparatlari  uchun noqonuniy 
resept yoki boshqa hujjatlarni berish; 


28 
•  noqonuniy  shifokorlik  yoki  farmatsevtik  amaliyot  olib 
borish; 
• poraxo‘rlik qilish; 
•ruhiy kasalliklar shifoxonasiga noqonuniy joylashtirish. 
Bunday  holatlarni  oldini  olish  har  bir  tibbiy  xodimning 
vazifasi hisoblanadi. 
 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin