Ikkinchi bosqichda – o‘qitish mazmuni aniqlab olinadi.
Tibbiy xodim bemorning yetishmagan bilim, ko‘nikmalarini
aniqlab, ularni hal qilishda qaysi professional xodimlar yordam
berishi mumkinligini aniqlaydi.
O‘qitish mazmuni o‘qitishning individual rejasida aks etadi.
Uchinchi bosqichda – o‘qitish maqsadi qo‘yiladi. Maqsadlar
tibbiyot xodimining harakatlarini ko‘rsatib, ular aniq, tushunarli
va bajarish shakli aniq ko‘rsatilish kerak.
To‘rtinchi bosqichda – tuzilgan reja asosida bemor o‘qi-
tiladi. Bunda tibbiy - ijtimoiy xodim o‘qitish uchun sharoitni
ta’minlashi kerak: tinchlik, yorug‘lik, ventilatsiya va xona
harorati o‘qitishga yordam berishi kerak. O‘qitish davomida
tibbiy xodim bemor va o‘z faoliyatini nazorat qilib boradi.