S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
Bemorlar parvarishini amalga oshirayotganda quyidagilarga ahamiyat beriladi: Noadekvat holatni keltirib chiqargan tashqi ta’sirlarni
aniqlab, bemor bilan maqsadni aniqlab olinadi:
• moslashuv darajasini kengaytirish yoki tashqi ta’sirni
yuqotishga qaratilgan qisqa muddatli maqsad;
• o‘zgargan tashqi muhit sharoitga har doim moslashuvga
qaratilgan uzoq muddatli maqsad.
Parvarish samaradorligini moslashuvning imkoniyatlariga
qay darajada erishilganlikka qarab baholanadi.
Asosiy insoniy ehtiyojlarni to‘laligicha qondirilishida tibbiy
xodim juda chuqur bilim va keng dunyoqarashga ega bo‘lishi
kerak. Masalan, birgina normal nafas olish ehtiyojini qondirish
uchun tibbiy xodim xona havosi, bemorning o‘rindagi holati va
vaziyati, shifoxonaning joylashuvi, bemorning kiyim - kechak-
lari va boshqa omillarni hisobga olishi kerakdir.