«Muloqot» jarayoni bosqichlari quyidagilardan iborat: Baholash – tibbiy - ijtimoiy xodim biror shaxs, yoki
odamlar guruhlarining madaniyati, tajribasi, kasallik tarixi,
munosabatlari va bilimlari haqida axborot yig‘adi.
Tahlil – tibbiy-ijtimoiy xodim biror shaxs, yoki odamlar
guruhlar haqidagi yig‘ilgan axborotlarni tahlil qilib chiqadi.
Dizayn– tibbiy - ijtimoiy xodim odamlar ehtiyojlari va
zarur axborotni aniqlaydi hamda axborotni qachon va qayerda
taqdim etishni hal qiladi. Rejalar ishlab chiqadi.
Muloqot – rejalar amalga oshiriladi.
Baholash – tibbiy-ijtimoiy xodim o‘z muloqotining ta’sir-
chanlik darajasiga baho beradi va olingan natijalarni boshqalar
bilan bo‘ladigan muloqotlarni yaxshilash uchun foydalanadi.
Muloqot jarayoni davriy va beto‘xtovdir. Baholash va tahlil
bosqichlari muloqot jarayonining muhim jihatlari hisoblanadi.