Bemorga ijtimoiy ehtiyojlarini ta’minlashda yordam berish Ehtiyojlar Ehtiyojlarni ta’minlashdagi yordam Qo‘llab- quvvatlanishga ehtiyoj Qo‘yilgan maqsad yo‘lida bemor erishgan
yutuqlarini va o‘ziga-o‘zi xizmat qilish
harakatini rag‘batlantiring.
Tushunishga ehtiyoj Bemor bilan muloqot qilish usulini to‘g‘ri
tanlang. Bemorni qiziqish, diqqat va
muammolariga nisbatan qayg‘urish bilan
tinglang.
Muhabbat va yaqinlarga ehtiyoj Bemor qarindoshlariga yaqinlariga nisba-
tan diqqat va hurmat bilan qarashlarini,
uni tez-tez ko‘rgani kelib, sog‘lig‘i haqida
qayg‘urayotganlarini ko‘rsatishlarini so‘-
rang.
Oilaga ehtiyoj Bemorga uning oilasi tez sog‘ayishini va
qaytishini kutayotgani haqida tushuncha
bering. Bemorga uyiga va do‘stlariga
qo‘ng‘iroq qilishiga imkoniyat bering.