YAXSHI MULOQOT TAVSIFI Muloqot ikki tomonlama jarayondir. Axborotni qabul
qiluvchining yoki auditoriyaning qanday qabul qilishi axborot
jo‘natuvchi shaxsga bog‘liq. Muloqot jarayonining ta’sirchan-
ligini sezilarli ravishda oshiruvchi 4 tarkibiy element mavjud:
• axborot;
• auditoriya;
• kanal;
• axborot jo‘natuvchi.
Muloqot samarali bo‘lishi uchun bu tarkibiy elementlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: Axborot– aholiga biror mavzu bo‘yicha berilayotgan
yangilik, ma’lumotdir. Axborot ravshan, qisqa va aniq bo‘lishi,
auditoriya ehtiyojlariga va vaziyatga mos kelishi, o‘rinli bo‘lishi,
auditoriyani harakatga undashi va unga ta’sir eta olishi kerak.
Jo‘natuvchi – tibbiy-ijtimoiy, yoki tibbiy xodim bo‘lishi
mumkin. Jo‘natuvchi predmetni yaxshi bilishi, unga qiziqishi
hamda auditoriyani bilishi va u bilan aloqa o‘rnatishi, auditoriya
darajasida gapirishi va mos keluvchi kanalni tanlashi kerak.
64
Kanal– axborotni uzatish yo‘li. Kanal mos keluvchi,
tushunarli, qo‘llansa bo‘ladigan va jalb qiladigan bo‘lishi kerak.
Ma’lumot og‘zaki, taqdimot ko‘rinishida, kinoroliklar va boshqa
yo‘llar orqali uzatilishi mumkin.