SAMARALI MULOQOTGA XALAL BERUVCHI OMILLAR Tibbiy - ijtimoiy xodimning asosiy vazifalaridan biri ijtimoiy
himoyaga muhtoj aholi va ularing yaqinlariga boshqa yordamlar
bilan birga ruhiy ko‘mak berishdir. Bu borada unga mijozning
oilasi, do‘stlari, tanishlari birgalikda yordam berishlari mumkin.
Eshitish bilan bog‘liq muammolar. Agar bemor kar yoki
eshitish qobiliyati past bo‘lib tug‘ilgan bo‘lsa, og‘zaki muloqotga
faqat mutaxassis bilan shug‘ullangandan so‘ng kirishishi mum-
kin. Chunki u boshqa odamni so‘zlashganini eshitmagan yoki
juda yomon eshitgan. Bu muammo eshitish darajasi pasaygan
bemorlarga ham tegishli.
Ba’zi kasalliklarda inson birdan eshitmay qolishi mumkin.
Sokinlik dunyosiga g‘arq bo‘lgan odam o‘zini yakka deb
hisoblab, ezilishi tabiiy. Bunday holatlarda insonlarda boshqa
sezgi a’zolari faol ishlay boshlaydi. Eshitish qobiliyatlari pasay-
gan odamlar ko‘pincha boshqa odamlar orasida o‘zlarini yolg‘iz
sezadilar. Bunday odamlar ko‘p hollarda atrofdagilar unga
«G‘alati qaragani», «Ortiqcha bir nimalar deganlari» kabi shub-
halarga borib, jizzaki bo‘lib qoladilar. Eng yomoni eshitish
pasayganda quloqlarda shovqin muloqotga yanada xalaqit
beradi. Quloqlarda bir xildagi shovqin va har xil tovushlar
bemorlarda uyqusizlik va depressiyaga sabab bo‘lib, uning hayot
tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.