II.BOB. FARG’ONA VODIYSIDA AMALGA OSHIRILGAN ARXEOLOGIK ISHLAR.
Farg’onaning o’ziga yarasha madaniyati
Fargona vodiysida Chust madaniyati. O'rta Osiyoning qadimiy otroq dehqonchilik vohasi hisoblangan Fargona vodiysi yirik tarixiy-madaniy o'lkalaridan birini tashkil etgan. Hududiy jihatdan Sirdaryoning yuqori oqimi va uning irmoqlari hududida joylashgan bo'lib, janubdan Oloy va Turkiston, Sharqdan Fargona va Oto'ynoq hamda shimoldan Chotqol va Qurama toglari bilan o'rab olingan. Bu hudud chorvachilik va otroq dehqonchilik xojaliklarining shakllanishi uchun tabiiy-geografik jihatdan juda qulay bo'lgan.
O'lkada bu madaniyatga tegishli moddiy madaniyat namunalarini o'rganish o'tgan asrning 30-yillardan boshlangan. 1933-1934 yillarda B.A.Latnin Eylaton manzilgohini tekshirish ishlari davomida ilk marotaba bu madaniyatga oid bo'lgan naqshli sopollarni aniqlangan. Ularni keyinchalik 1939 yili KFK qurilishi jarayonida T.G.Oboldueva ham qayd etgan.
Naqshli sopollardan tashkil topgan madaniyat namunalari o'rganish ishlari o'tgan asrning 50-yillaridan boshlab jadallashadi. Pomir-Fargona kompleks ekspeditsiyasi (PFKE) tarkibida M.E.Voronec va V.I.Sprishevskiy 1950 yili keyinchalik Fargona vodiysida Chust nomi bilan yuritilishiga asos bo'lgan Chust shahridan shimolda naqshli sopollarga ega bo'lgan yodgorligini aniqlashib, V.I.Sprishevskiy 1953-1961 yillar davomida qazishma ishlarini olib boradi. 1952 yil Yu.A.Zadneprovskiy Fargonaning sharqiy qismidagi yodgorliklarda (Dalvarzintepa,) tadqiqot ishlarini boshlab, 60-70 yillar davomida keng qamrovli qazishma ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, 1974 yil RF FA AILB (Yu.A.Zadneprovskiy), 1982-1983 yillarda mazkur ekspeditsiya va O'zR FA AI (B.H.Matboboev) hamkorligidagi ilmiy ekspeditsiya vodiyning Qirgiziston respublikasi qismidagi yodgorliklarda tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Chust madaniyatiga oid barcha turdagi arxeologik yodgorliklar o'ndan ortiq katta-kichik dehqonchilik mikrovohalarida tarqalgan. Ulardan nisbatan yiriklari O'zgan, Qorasuv, Tava-Koson, Qoradaryo-Ho'jabod mikrovohalari hisoblanadi. Ularda quyidagi shakldagi manzilgohlar o'rin olgan. Yirik manzilgohlar (Dalvarzintepa, Ashkol), o'rtacha manzilgohlar (Chust, Dehqon), kichik manzigohlar) vodiydagi mazkur davrlarga oid manzilgohlarning asosiy ko'pchillik qismi.
Birinchi turdagi manzilgohlar sitadel, uy-joy va xojalik imoratlar va ochiq maydonlardan tashkil topgan shahar hamda shahar atrofi qismlaridan iborat. Ularning dastlabki ikki qismi muhofaza devorlari bilan o'rab olingan. Bu turdagi manzilgoh sirasiga kiruvchi Dalvarzintepa yodgorligining umumiy maydoni 25 ga. dan iborat bo'lib, ark qismi taxminan 3 ga. ni tashkil etadi. Har ikkala qismi alohida muhofaza devorlari bilan o'ralgan bo'lib, qurilishda paxsa, xom gisht va zichlangan tuproqlar (val) dan iborat. Vallarning sirti odatda xom gishtlar bilan qoplangan. Shahar ichkarisida qazib o'rganilgan uy-joylar erto'la, er usti qurilish imoratlari va engil uylardan tashkil topgan. Uy-joy imoratlari asosan muhofaza devorlariga yaqin joylarda joylashgan. Shaharning o'rtasida ochiq joy qoldirilgan.
Ikkinchi turdagi manzilgohlar ikki qismdan iborat bo'lib, bunday yodgorliklar sirasiga Chust yodgorligini kiritish mumkin. Manzilgohning umumiy maydoni 4 ga. dan iborat bo'lib, shimoli-harbiy qismi (1,5 ga.) mudofaa devorlariga ega bo'lib, qolgan asosiy qismi muhofaza qilinmagan. Madaniy qatlamlari 0,4-3,5 m. tashkil etadi.
Kichik manzilgohlar bir-necha xonali uylaridan iborat. Ular dehqon jamoasining katta patriarxal oila a'zolari uy-joylarini tashkil etgan.
Chust madaniyatining shakllanishi masalasi borasida turli ilmiy qarashlar mavjud. Madaniyat tadqiqotchilari mahalliy Andronova madaniyati egalarining otroqlashuvi natijasida paydo bo'lgan, degan fikrni bildirishadi. Ayrim tadqiqotchilar (V.I.Sarianidi) esa O'rta Osiyoning janubidan kelgan aholi asos solgan, degan goyani ilgari suradilar. Keyingi payda O'rta Osiyoning naqshli sopollarga asoslangan madaniyati ildizlarini Sharqdan, ya'ni Sharqiy Turkistonning Tarim vohasi bilan (Sverchkov) boglashmoqda. Umuman, Chust madaniyatining ilk bosqichlariga oid yodgorliklar vodiyning Sharqiy qismida joylashgan bo'lsa, keyingi bosqichida vodiyning kengroq hududlariga tarqaladi. Shu nuqtai nazardan Tarim vohasidan kelganligi togrisidagi qarashlar haqiqatga yaqindek ko'rinadi.
Yu.A.Zadneprovskiyning O'sh manzilgohida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlari natijasida olingan radiokarbon tekshiruvlarida yodgorlikning quyi sanasi mil.av. XV-XIV asrlarni ko'rsatgan.
Chust madaniyati uylari dastlabki bosqichda erto'la va yarim erto'la, keyingi bosqichda esa er usti qurilishlaridan tashkil topgan. Sopol buyumlari qolda yasalib, asosiy ko'pchillik qismining sirtiga qizil angob surtilgan. Kam sonli sopollari oqish angob berilgan. Angob ustidan geometrik shaklli yorqin-jigardan tortib qora ranggacha bo'lgan boyoqlarda naqshlar solingan. Boshqa bir turli sopol buyumlarda angob va naqshlar uchramaydi. Sopol buyumlari xom ashyosi tarkibi yupqa idishlar yasash uchun yaxshi tindirilgan loydan yasalgan. Qalin devorli buyumlarni yasashda loyiga somon va shamot aralashtirilgan. Buyumlar shakli jihatdan sharsimon, konussimon bolgan.
Dehqonchilikda arpa, bugdoy va boshqa dukkakli o'simliklar etishtirganlar. Bu erda sugorma dehqonchilikka asoslanmagan, chorvachilikda qoramol, qoy, echki boqqanlar. Daryo va ko'l bo'ylarida yashagan xalqlar baliqchilik bilan ham shugullanganlar. Chustliklarda bronzaga ishlov berish, ulardan mehnat qurol-yaroglar tayyorlash yaxshi rivojlangan. Dalvarzintepa yodgorligidan mil.avv. IX asrga oid temir buyum namunasi topib o'rganilgan bo'lsada, Fargonaliklarda temir metallurgiyasi paydo bo'lgan, degan xulosa yasab bo'lmaydi. Toshdan Mehnat qurollari yasash o'z ahamiyatini yoqotmaydi. Chustliklarning sopol buyumlari qolda yasalgan. Ularda bu davrga oid kulolchilik charxi yasalgan sopol buyumlar uchraydi. Sopol buyumlarining tagi dumaloq shaklda bo'lib, ularning aksariyatining atrofiga turli naqshlar solingan. Naqshlarning asosiy qismi geometrik (romb, uchburchak) shakllardan iborat.
Chust madaniyatining davomi sifatida Fargona vodiysida Eylaton madaniyati (mil.avv. VII-IV asrlar) rivojlanadi. Eylaton madaniyatiga doir yodgorliklar Fargona vodiysining deyarli barcha hududlariga tarqalib, arxeologik jihatdan qayd etilgan. Eylaton manzilgohida nisbatan yaxshi o'rganilgan yodgorliklardan biri hisoblanadi. Manzilgoh uchburchak shaklda, mudofaa devorlari (eni 4 m) bilan o'ralgan. Mudofaa devorlari bir necha burjlarning o'rni aniqlangan. Manzigoh darvozasi burchaklarida ham burjlar mavjud. Manzilgohda uy-joy qoldiqlari ham aniqlangan. Qurilishda paxsa, xom gisht hamda guvaladan foydalanilganlar. Eylaton madaniyati sohiblari mashgulotining asosini arpa, bugdoy ekishga asoslangan sugorma dehqonchilik tashkil etgan. Guruch ham shu davrdan ekila boshlaganligi shubhasizdir. Chorvachilik ham o'z ahamiyatini yoqotmagan. Kichik tuyoqli chorva mollari qoramollarga nisbatan koproq boqilgan.
Eylaton sopol buyumlari dastlab qolda va keyinchalik kulolchilik charxida yasalgan. Temirdan buyumlar yasashlar keng tarqala boshlaydi. Bu davrda bronza ham o'z ahamiyatini yoqotmaydi, toqimachilik ham rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: |