O’zbekiston respublikasi oliy va. O`Rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 126 Kb.
səhifə5/11
tarix16.05.2022
ölçüsü126 Kb.
#58233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mustaqillik davrida Farg’ona vodiysida amalga oshriligan arxeologik va etnografik tadqiqotlar

Fargona. O'rta Osiyoning qadimgi davrlardanoq muhim madaniy-tarixiy viloyatlaridan sanalgan Fargona vodiysi o'rta asrlar davri xitoy manbalarida “Lona” va “Polona” nomlari bilan tilga olinadi. Fodiyning ilk o'rta asrlar arxeologiyasi bilan turli yillarda A.N.Bernshtam, V.A.Bulatova, N.G.Gorbunova, Yu.A.Zadneprovskiy, B.A.Latinin, B.Abdulgazieva, G.A.Brikina, A.A.Anorboev, B.H.Matboboev va boshqalar arxeolog olimlarning ilmiy tadqiqotlari samarasi natijasida o'lkaning ilk o'rta asrlar davri arxeologiyasi o'rganilgan. O'lka ilk o'rta asrlar davri arxeologik jihatdan 7 xojalik tumaniga bo'linib, 250 dan ortiq mazkur davrga oid madaniy qatlamiga ega bo'lgan barcha turdagi yodgorliklar qayd etilgan. Shundan 22 tasi shahar turidagi yodgorliklar sanaladi.

Bu davrda o'lkada Quva, Axsikent, Koson, Andijon, O'sh, O'zgan va boshqa shular kabi shaharlari savdo-iqtisodiy, madaniy va diniy markaz sifatida rivojlangan. Nisbatan keyingi davr mualliflari Ibn Hurdodbek va Qudama ibn Jafar kabi o'rta asr mualliflarining asarlarida Fargona vodiysi shaharlari va ularning joylashishi togrisidagi qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.

Fargona vodiysidagi ilk o'rta asrlar davri yirik shahar markazlaridan biri bo'lgan Axsikent shahri o'lkaning shimoliy qismida, Sirdaryoning o'ng soxilida Sharqiy Turkiston va Sugd karvon yo'li bo'yida joylashgan, bo'lib, u antik davridan boshlab shakllangan. Ilk o'rta asrlar davriga kelib mahalliy hukmdorlar markazi hisoblangan yirik shahar markazlaridan biriga aylanadi. Manzilgoh shahriston va uning ichkarisida joylashgan ark qismlaridan iborat. Shaharning har ikkala qismi mustahkam mudofaa devorlari bilan o'rab olingan va ularga tutashtirib qurilgan mudofaa burjlari bilan kuchaytirilgan. Bu shahar rivojlangan o'rta asrlar davri arab va fors mualliflari keltirgan manbalarda ark, madina va rabod qismlaridan iborat bo'lgan, deb keltiriladi. Hozirgi paytda umumiy maydoni 27 ga. hududni egallagan trapetsiya shaklidagi shahriston va uning shimoliy-garbida joylashgan ark qismlarining o'rni saqlanib qolgan. Keyingi yillarda bu erda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan arxeolog olim A.A.Anarboevning tadqiqotlari natijasiga ko'ra shahar rivojlangan o'rta asrlar davrida yuksalib va uning maydoni bir necha barobar kengaytirilgan.


Yüklə 126 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin