3.Buxoro neftni qayta ishlash sanoati. Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzini), dizel yonilgʻisi, koks, parafin, motor moylariga qoʻshilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, ur-chuq moylari), kerosin, bitum, mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar oʻzlashti-rilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda neft (gaz kondensata bilan bir-ga) kazib olish hajmi keskin oshirildi.Buxoro neftni qayta ishlash zavodi — neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonasi. Buxoro viloyati Qorovulbozor shahrida joylashgan.Qorovulbozor antiklinali kenglik boʻyicha choʻzilgan boʻlib, asimmetrik koʻrinishga ega, uzunligi 10 km, eni 3–4 km. Struktura 2 yoriq bilan kesilgan, ulardan biri jan. qanotdan oʻtadi v a paleozoy yotqiziqlari boʻyicha amplitudasi 150 m li, ikkinchisi shim. qanotdan oʻtib amplitudasi 50 m gacha boʻlgan tashlamauzilmani hosil qiladi. Saritosh antiklinali Qoravulbozor antiklinalidan gʻarb jan.gʻarbda joylashgan. U ham asimmetrik brahistruk turadan iborat, uz. 10–12 km, eni 6–8 km. Shimoliy qanotidan amplitudasi 25– 30 m dan 60 m gacha boʻlgan tashlamauzilma oʻtadi.
4.Gaz sanoati. «Gazlineftgazqazish» MChJ «Shimoliy Suzma» yangi koni va Buxoro viloyatida yangi Gazli gaz quvurini ishga tushirdi.
Yarim yil muqaddam «Shimoliy Suzma» konini ochish ustida ishlar boshlangan edi, bugunga kelib gaz koni ishga tushirildi. O‘tgan davr ichida «Gazlineftgazqazish» mutaxassislari yettita gaz qudug‘ini burg‘ulashga muvaffaq bo‘lishdi. U yerda «zangori olov» ortiqcha tarkibiy qismlardan xalos bo‘lish uchun «Uchqir» oltingugurtdan tozalash qurilmasiga jo‘natiladi.
«2017–2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish Dasturiga muvofiq, «Gazlineftgazqazish» tomonidan 6 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan, — deydi mazkur tashkilot rahbari Abdulla Majidov.Ulardan bugungi kunda ikkitasini amalga oshirdik. Bular «Shimoliy Suzma» konida skvajinalar qazish va ishga tushirish» hamda «Uchqir» oltingugurtdan tozalash qurilmasidan «Gazli» yer osti gaz saqlash omborigacha gaz o‘tkazish quvurini barpo etish».
Ko‘rsatib o ‘tilgan loyihalarni sanoat ekspluatatsiyasiga aylantirish doirasida gaz koni va yangi gaz quvuri ishga tushirildi. Ishlarni yuqori darajada tashkil etish uchun 500 dan ortiq ishchi va mutaxassis, shuningdek, zamonaviy texnikalar jalb qilindi. Barcha loyihalar amalga oshirilgach, 117 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Qayd etmoq joizki, diametri 1020 mm bo‘lgan hamda «Uchqir» oltingugurtdan tozalash qurilmasidan «O‘ztransgaz» magistral gaz o‘tkazish quvurlarigacha bo‘lgan quvurning uzunligi 46,3 kilometrga teng. «Shimoliy Suzma» konining ishga tushirilishi va yangi gaz o‘tkazish quvuri yotqizilishi bilan bir sutkada qazib olinayotgan va yetkazib berilayotgan gaz hajmi 1,5 million metr kubga yetdi.
Sanoat ahamiyatiga molik gaz uyumlari Qoravulbozor strukturasida 12 va 13 (neokomapt) hamda 15 va 15agorizontlarda (kelloveyoksford), Saritosh strukturasida 15gorizontda uchraydi.
12 a. gorizontda gaz uyumi 950–1000 m chuqurlikda ochilgan, qalinligi 31 – 40 m, qumtosh jinslarning gʻovakligi 13%. Uyum qatlam, gumbaz tipiga mansub. 13gorizont alevrolit, gil jinslari bilan qavatlangan har xil zarrali qumtoshlardan iborat. Qalinligi 70– 100 m, foydali qalinligi 15 m gacha. Jinslarning gʻovakliligi 14,3—15,8%. Uyum oʻlchami 3,5x0,9 km. Gaz uyumi Saritosh strukturasida 1200–1250 m chuqurlikda ochilgan. Qorovulbozor va Saritosh strukturalari qubbasida kichik neft xoshiyasi mavjud. Kon suv bosimli rejimda ishlatiladi.
Kondagi qatlam bosimi va temperaturasi 10,2 MPa va 47°. Gaz tarkibi (hajmiga nisbatan % da): metan — 90,5; karbonat angidrid gazi 0,2%, azot 3,8%, zichligi 0,629—0,641 g/sm³, gaz debiti 35 ming m³/sutka. Neft zichligi 0,776— 0,840 g/sm³, oltingugurt 0,32%, asfaltenlar 0,018—0,72%, aksiz smolasi 2—32,5%, parafin 0,92—1,54%, koks 3,54%. Yengil fraksiyalar miqdori (3000 gacha) 0,86%. Neft debiti 2,6 t/sutka. Qatlam suvlari (13gorizont) zichligi 1,003—1,014 g/sm³, minerallashganligi 190,46—203,4 mg/l, yod miqdori 2,1—8,4 mg/l, brom 16,8—60,0 mg/l.
Kogon shahrida sanoatning koʻpgina tarmoqlari rivojlangan boʻlib, bugubgi kunda bu korxonalarda qurilish materiallari, yengil sanoat mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Shaharda 3 ta yirik sanoat korxonalari — „Kogon yogʻ“ hissadorlik jamiyati, „Oltin tola“ ochiq aksiyadorlik jamiyati, „Kogondonmahsulotlari“ ochiq aksionerlik jamiyatlari mavjud. Ulardan tashqari shaharda un kombinati, paxta titish fabrikasi, oxak zavodi, yigʻma temirbeton buyumlari zavodi oʻz faoliyatini yuritadi.
Shuningdek, Kogonda 3 ta qoʻshma korxona — Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligidagi „Petromaruzgaz“, Oʻzbekiston-Turkiya hamkorligidagi „Buxorogench“, Germaniyaning „KNAUF“ firmasi bilan hamkorlikda tuzilgan „Buxorogips“ firmalari faoliyat yuritmoqda.