1-sinf ona tili darsida «Shaxsni va buyumlarni bildirgan so‘zlar» yuzasidan 104-106-mashqlarni bajarishga muqobil tarzda
berilgan dars moduli
Darsning mavzusi: «Shaxsni va buyumlarni bildirgan so‘zlar» (mustahkamlash)
Darsning turi: Modulli ta‘lim berish.
Modulning didaktik maqsadi: O‘quvchilarning shaxs va buyumlarni bildirgan so‘zlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, shaxs va buyumlarni bildirgan so‘zlarga so‘roq berishni o‘rgatish, ularda mulk, mulkdor, mulk turlari haqida tushuncha hosil qilish, topqirlik, izlanuvchanlik, mustaqillilik xislatlarini shakllantirish
Darsning borishi ; O‘qituvchi, o‘quvchilarni modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtiradi, ularga modul dasturidagi topshiriqlarni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib, topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilib turadi. O‘quvchilarni 1-, 3-, 5-kichik modullardagi topshiriqlarni mustaqil, 2-, 4- kichik modullardagi topshiriqlarni esa guruhdagi o‘quvchilar bilan hamkorlikda bajarishga yo‘llaydi. Har bir kichik modul yakunida o‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkazadi, o‘quvchilar javoblaridagi kamchiliklarni to‘ldirib boradi. O‘qituvchi
o‘quvchilarga har bir kichik moduldagi javoblarini o‘zlari mustaqil baholash vazifasini topshiradi. Dars yakunida ular qo‘ygan baholarini umumlashtiradi.
Modul dasturi 2.2-jadval
Ki chik mo
dul
|
Modulning didaktik maqsadi
|
O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘quv materiali yuzasidan topshiriqlar
|
Topshiriqni bajarish yuzasidan
ko‘rsatmalar
|
B
a h o
|
1- KM
|
O‘tgan mavzular yuzasidan o‘quvchilar bilimini test savollari yordamida aniqlash va baholash. O‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish, iqtisodga oid bilimlarini tekshirish.
|
Berilgan testlarning to‘g‘ri javobini belgilang.
1. Mahsulotlarni xarid qiluvchi kishilar kim deyiladi?
Shifokor V) O‘qituvchi
Sotuvchi G) Xaridor
2. ”R” harfi qaysi qatorda tushurib qoldirilgan?
Pu_, sotu_chi
Is_of, na_x
V) Iq_isod, halo_
3. Kim? so‘rog‘iga javob beruvchi so‘zlar qaysi qatorda berilgan?
Bog‘bon, mahsulot
Sotuvchi, reklama
V) Oshpaz, tadbirkor
4. Mahsulotlarni sotish uchun ularga nima qo‘yiladi?
Pul V) Narx
Ish xaqi G) Xomashyo
|
Test savollarini diqqat bilan
o‘qing va to‘g‘ri javobini belgilang.
Individual ishlang.
|
|
2- KM
|
Mulk, mulkdorlar hamda mulk turlari haqida tushunchaga ega bo‘lish, o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish.
|
Quyidagi savollarga og‘zaki javob toping.
Mulk deb nimaga aytiladi?
Kimlar mulk egasi bo‘la oladi?
Mulkdorlar qanday odamlar?
Mulkdor o‘z mulkidan qanday foydalanishi mumkin?
Mulkning qanday turlari bor?
Shaxsiy mulk qanday mulk hisoblanadi?
Sizning qanday shaxsiy mulkingiz bor?
|
Tarqatma materialda berilgan mavzuni diqqat bilan o‘qing. Savollarga guruhdagi o‘quvchilar bilan hamkorlikda og‘zaki javob izlang.
|
|
|
|
8) Davlat mulki qanday mulk hisoblanadi?
|
|
|
|
9) Davlat mulkiga nimalar kiradi?
|
|
|
|
10) Davlat mulkiga qanday
|
|
|
|
munosabatda bo‘lish kerak?
|
|
3-
|
Shaxs va buyumlarni
|
Tarqatma materialda berilgan
|
Topshiriqni
|
|
KM
|
bildirgan so‘zlarga so‘roq berishni, chiroyli yozishni o‘rgatish.
|
matndan nima? va nimalar?, kim? va kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni topib yozing.
|
yozma, mustaqil
bajaring. Chiroyli yozing.
|
|
4- KM
|
O‘quvchilarda jamoa bo‘lib harakat qilishni, topqirlik, izlanuvchanlik xislatlarini shakllantirish. Krossvord yechish ko‘nikmasini hosil qilish.
|
Quyidagi krossvordni yeching.
1 2
3
4
|
Berilgan krossvordni guruhingiz- dagilar bilan birgalikda yeching.
|
|
|
|
Mahsulotning sotilish puli.
Mahsulot sotiladigan joy.
Mahsulot xarid qiluvchi kishi.
Mahsulot sotuvchi kishi. Krossvord javobidan avval kim?, so‘ng nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni topib yozing.
|
|
5- KM
|
Modulni yakunlash. Modul dasturi bo‘yicha o‘quvchilar fikrini bilish. Uyga vazifani tushuntirish.
|
U y g a v a z i f a:
Quyidagi testlarning to‘g‘ri javobini belgilang.
1. Odamlarning faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan narsalar qanday mulk hisoblanadi?
|
Uy vazifasini mustaqil bajarib keling.
|
|
|
|
A) Davlat mulki B) Xususiy mulk
2. Mulkka egalik qiluvchi inson kim?
Sotuvchi. V) Mulkdor.
Iste’molchi. G) Xaridor.
3. Qaysi qatordagi narsalar xususiy mulk hisoblanadi?
Tramvay G) Bolalar bog‘chasi
O‘quvchining o‘quv qurollari.
V) Kasalxona D) Maktab
|
|
KM. Birinchi kichik modulning didaktik maqsadi avval o‘tilgan mavzuni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini test savollari yordamida aniqlash va baholash hamda ularni mustaqil ishlashga o‘rgatish, iqtisodga oid olgan bilimlarini tekshirishdan iboratdir. Har bir o‘quvchiga alohida test savollari tarqatiladi. O‘quvchilar mustaqil holda berilgan testlarning to‘g‘ri javobini belgilashlari kerak bo‘ladi.
KM. Bu kichik modulning didaktik maqsadi o‘quvchilarda mulk va mulk turlarini farqlay bilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish hamda mulkdorlar haqida tushuncha hosil qilish, ularning og‘zaki nutiqni o‘stirishdan iborat. Topshiriqni
bajarishdan avval sinf o‘quvchilari guruhlarga ajratiladi. Yangi mavzu bo‘yicha ularga tarqatma material berilib, modulning didaktik maqsadi bilan tanishtiriladi. O‘quvchilar tarqatma materialda berilgan yangi mavzuni diqqat bilan o‘qib, modulda berilgan savollarga guruhdagi o‘quvchilar bilan hamkorlikda javob topishlari lozim. Har bir guruh a‘zo bilan alohida savol-javob o‘tkazilib, o‘qituvchi o‘quvchilar javoblaridagi kamchiliklarni to‘ldiradi.
KM. Bu kichik modul o‘quvchilarga shaxs va buyumlarni bildirgan so‘zlarga so‘roq berish va chiroyli yozishni o‘rgatish, yozma malakalarini oshirish, ularda ijodiy fikrlashni takomillashtirishni o‘z ichiga maqsad qilib oladi. O‘quvchilar tarqatma materialda berilgan matndan nima? nimalar?, kim? kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni topib yozishlari kerak. O‘quvchilar bu topshiriqni mustaqil bajarishlari lozimdir.
KM. Mazkur to‘rtinchi kichik modulning didaktik maqsadi o‘quvchilarda jamoa bo‘lib harakat qilish, ularda topqirlik, izlanuvchanlik xislatlarini shakllantirish, iqtisodiy mavzudagi krossvord yechish ko‘nikmasini hosil qilishdan iboratdir. Guruhdagi o‘quvchilar hamkorlikda modulda berilgan iqtisodiy mavzudagi krossvordni yechadi. Krossvord javobidan avval kim?, so‘ng nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni topib yozadilar. Krossvord yuzasidan sinf o‘quvchilari o‘rtasida bahs-munozara o‘tkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan yechilgan krossvordning kamchiliklarini to‘ldirib, tegishli ko‘rsatmalar berib, ularni baholaydi.
KM. Yakunlovchi kichik modul. Bunda o‘quvchilar modul dasturi haqida o‘z fikrlarini bayon etadi, chunonchi o‘quvchilar modulda ko‘zlangan maqsadga qay darajada erishganliklari, dars ularga qanchalik yoqqanligi, darsda nimalarni o‘rganganliklari, topshiriqlarni bajarishda ularga nima yordam berganligi va nima xalaqit berganligi haqida o‘z fikrlarini bildiradilar va bahs- munozara qiladilar. Modulning yakunida o‘quvchilarga uy vazifasi beriladi.
Bunday modulli darslardan foydalanish natijasida:
Dars jarayoninig samaradorlik darajasi ortadi.
Darsning barcha qismlariga vaqt to‘g‘ri taqsimlanadi.
O‘quvchilar tomonidan bajarilgan barcha topshiriqlar o‘z vaqtida baholanib boriladi.
O‘quvchilar iqtisodiy bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘ladi.
O‘quvchilarning mustaqilligi va ijodkorligi oshadi.
O‘quvchilarda taqqoslash va farqlash ko‘nikmasi shakllanadi.
O‘quvchilarda o‘rtoqlari hamda o‘qituvchiga murojaat qilish malakasi paydo bo‘ladi;
O‘quvchilar o‘zini boshqarishni, vaqtini to‘g‘ri taqsimlashni o‘rganadi;
O‘quvchilarning topqirlik va izlanuvchanlik xislatlari oshadi.
O‘quvchilarda bir-biriga hurmat va e’tibor hissi paydo bo‘ladi.
O‘quvchilarda jamoa bo‘lib harakat qilish ko‘nikmalari shakllanadi.
O‘quvchilar guruhdagi tengqurlarining javoblarini eshitishni, tahlil qilishni hamda xato va kamchiliklarini tuzatishni o‘rganadi.
2-, 3- va 4-sinf o‘quvchilarining iqtisodiy bilimdonligini oshirishga qaratilgan modulli darslardan namunalar 4-ilovada berilgan.
O‘quvchilarga bilim shaklida taqdim qilingan ta‘lim modullari jamiyat a‘zolarining ijtimoiy tajribasida sinovdan o‘tgan bilimlarga tayangan taqdirdagina shaxsga nisbatan rivojlantiruvchi xarakter kasb eta oladi. Xuddi mana shunday bilimlarni o‘zida mujassamlantirgan ta‘lim moduli muayyan bir pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga iqtisodga oid bilim berishga yo‘naltirilgan modulli texnologiyalarning maqsadga muvofiq tarzda tanlanishi natijasida, iqtisodiy bilim, atama va tushunchalarni turli-tuman shakldagi o‘quv-biluv jarayoniga taqdim etish imkoniyati tug‘iladi. Bu esa iqtisodga oid bilim va tushunchalarni o‘quvchilar tomonidan jadal o‘zlashtirilishini ta‘minlaydi hamda o‘quvchilarni o‘quv-biluv jarayonini boshqaruvchi asosiy subyekt sifatida faoliyat ko‘rsatishlariga imkon beradi.
O‘quvchilarning jismoniy va aqliy rivojida kattalar bilan bo‘ladigan muloqot, hamda o‘zaro munosabat muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun
yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan tarzda olib borilgan darslarda o‘quvchi tengqurlari orasida o‘zining alohida o‘rni bor ekanligini his eta boradi. Shu bilan bir qatorda u iqtisodiy atama va ko‘nikmalarni sekin-astalik bilan egallab boradi.
Yangicha ta‘lim jarayonida o‘quv dasturlaridan keng o‘rin olayotgan iqtisodiy ta‘lim berish, insonning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlar hamda jamiyat talablarini qondirishga doir bilimlarini ko‘proq amaliy ishlar bilan bog‘lash maqsadga muvofiqdir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy ko‘nikma hosil qilish uchun dars davomida vaqtdan unumli foydalanib, ularning zerikishi, chalg‘ishiga yo‘l qo‘ymasdan, har xil metodlarni qo‘llagan holda nostandart vaziyatlarni vujudga keltirish yaxshi natijalar beradi. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning nafaqat topqirligini oshirish maqsadida, balki ularga muomala madaniyati, ya‘ni sotuvchi va xaridorlarning bir-birlari bilan qo‘pollik qilmasdan, muloqotga kirishishlari lozimligi, matematik hisob-kitob qilish hamda boshlang‘ich iqtisodiy atamalarni o‘rgatish maqsadida o‘tkaziladi. Shu bilan bir qatorda tanlash imkoniyati, unda nimalarga e’tibor berish lozimligi, o‘zgalarga yon bosish kabi haqiqiy sharqona odatlar, ma‘naviyatimiz asoslari bilan ham tanishtirib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |