O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 94,47 Kb.
səhifə2/13
tarix03.12.2022
ölçüsü94,47 Kb.
#72175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tadqiqot maqsadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematika o‘qitish jarayonida iqtisodiy bilim tushunchalarini riqojlantirish, tejamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik asoslarini ishlab chiqish va ilmiy tavsiyalar tayyorlash.
Tadqiqot obyekti. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish jarayoni.
Tadqiqot predmeti. Matematika darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tejamkorlikka o‘rgatish mazmun, mohiyati va metodlari.

Tadqiqot vazifalari:


    1. Mavzuga oid ilmiy, metodik, pedagogik, psixologik hamda tarixiy-falsafiy manbalarni o‘rganish, tahlil qilish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligini asoslash.

    2. Bolalarni tejamkorlikka o‘rgatish bo‘yicha tarixiy tajribalarni o‘rganish.

    3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga oid ta`limiy materiallarni tanlash tamoyillarini tasvirlash.

    4. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan modulli texnologiyalarni tanlash.

    5. Usuliy tavsiyalar tayyorlash.

Kurs ishining tuzilishi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tuzilgan.


I BOB


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IQTISODIY BILIMDONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI


    1. O‘quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida


Bugungi kunda jamiyat a`zolari oldiga qo‘yilgan ulkan maqsadlarga erishish uchun ta‘lim jarayonida davr talablariga javob bera oladigan, zukko, ma`rifatli, insonparvar, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, tadbirkor, yangilikka intiluvchi, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan yoshlarni ta`lim jarayonida shakllantirish zaruriyati vujudga keldi. Bu zaruriyat, o‘z navbatida, shaxsning4 jamiyat hayotida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni anglashi, chuqur idrok qilishi lozimligini talab qilmoqda. Chunki, yosh avlodning ma`naviy qiyofasini jamiyat hayoti, unda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklar belgilaydi.


Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanib kelayotgan bir vaqtda iqtisodiyotning mohiyati, vazifasi va maqsadlarini o‘rganish har bir o‘quvchi uchun katta ahamiyatga ega ekanligi haqida O‘zbekiston Respublikasi 1- Prezidenti I.A.Karimov «Bunyodkorlik yo‘lidan» asarida quyidagilarni ta`kidlab o‘tgan: «Biz yosh avlodni bolalar bog‘chasiga qatnayotgan davrdan boshlab xalqimizning asrlar davomida shakllangan Sharq pedagogikasi, umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalashimiz lozim. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida talabalarga iqtisodiy bilimlarni, marketing, menejment, biznes sohasida, bizning iqtisodiy rivojlanishimizda bu tushunchalarning mohiyati va roli borasida ko‘proq bilim berishimiz maqsadga muvofiqdir»1§
Boshlang‘ich ta`lim oldiga qo‘ygan vazifalarning to‘laqonli bajarilishini nazorat qilish ta`lim bo‘yicha davlat ta`lim standarti talablari asosida amalga oshiriladi, ya`ni bunda integratsiya asosidagi takomillashtirilgan boshlang‘ich

ta`limga o‘tish ta`minlanadi. Boshlang‘ich sinflarda iqtisodiy tushunchalarni o‘quv fanlari mazmuniga singdirish pedagogik va metodik g‘oyalarning rivojlanishi va takomillashishini ta`minlaydi, ta`lim mazmunini integratsiya qiladi, shu bilan birga o‘quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantiradi.


1.1 -chizma
Iqtisodiy tushunchalarni o‘quv fanlari mazmunida integratsiyalashuvi quyidagicha


Yüklə 94,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin