BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI IQTISODGA OID BILIM, TUSHUNCHALARINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRISH MAZMUNIDAGI TEXNOLOGIYALAR
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini iqtisodga oid bilim tushunchalarini rivojlantirish jarayonining mazmuni, usul va metodlari
O‘quv materialining maqsadga muvofiq tarzda tanlanganligi o‘quv-biluv faoliyatini samarali tashkil etishni ta‘minlaydi . Mazkur o‘quv materiallarini o‘zlashtirish natijasida o‘quvchilarda muayyan ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lsa, bu turdagi o‘quv materialining samaradorlik darajasi, didaktik qiymati yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘quvchilarning iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarini samarali rivojlantirishga erishishni tashkil etish maqsadida o‘quv materiallarining yangidan-yangi modullarini tanlash lozim.
Modul lotincha «modulus» so‘zidan olingan bo‘lib, bu o‘rinda qism, bo‘lak, ya‘ni, o‘quv materialining muayyan komponenti ma‘nosini bildiradi. Modulli texnologiya modullarga asoslangan bo‘lib, o‘quvchining o‘z faoliyati, yutuq va kamchiliklarini baholash jarayoniga tayanadi, bunda o‘quvchi individual reja asosida to‘liq yoki qisman (kichik guruhdagi o‘quvchilar bilan hamkorlikda) mustaqil ishlaydi, uning harakati faollashadi, o‘quv jarayoni ijodiy tus oladi. Modulli texnologiya o‘qitishning interfaol usullari sirasiga kiradi. Bunday texnologiyadan foydalanish natijasida o‘quvchi o‘quv-biluv jarayonida ko‘zlangan maqsadga mustaqil erishadi. Modulli texnologiya tayanch o‘quv reja tarkibidagi o‘quv fanlari, dasturlar, amaliy tajribalar, bilim va ko‘nikmalarning yig‘indisi hisoblanadi va o‘quvchilarning aniq faoliyat ko‘rsatishlariga yordam beradi.
Modulli texnologiya an’anaviy ta‘lim berish jarayoniga muqobil tarzda vujudga kelgan, u pedagogika nazariyasi va amaliyotida to‘plangan barcha tajribalar va ta‘lim jarayonida jadallashtiruvchi hamda rivojlantiruvchi metodlarni o‘zida mujassamlashtiradi. An’anaviy ta‘lim jarayonining asosiy kamchiligi
o‘qituvchining o‘quvchi ustidan mutlaq hokimlik maqomiga ega bo‘lishidan iboratdir. Ta‘lim berish hamda shaxsning rivojlanish qonuniyati esa o‘quv jarayonini shunday tashkil etilishini talab qiladiki, unda o‘quvchi o‘zi mustaqil ravishda bilim olishi, o‘qituvchi esa darsni tashkil qilishi, o‘quvchiga maslahat berishi hamda uni nazorat qilib turishi lozim. Modulli texnologiya mana shu vazifani bajaradi, ya‘ni o‘quv jarayonida subyekt-subyekt munosabatlariga keng yo‘l ochadi.
O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek:
«Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta‘lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir».
Dostları ilə paylaş: |