Davlat apparati - bu davlat mexanizmining bir qismi bo’lib, davlat organlarining yig’indisidir, bular davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun hokimiyat vakolatiga ega.
Muassasalarga esa, oliy o’quv yurtlari, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqalar kiradi. Korxonalar esa maxsulot ishlab chiqarish uchun tuziladi va davlatning xo’jalik faoliyatini mustahkamlaydi. Masalan, fermer va tadbirkorlar xo’jaligi, turli firmalar, kontsernlar, zavod-fabrikalar va boshqalar. Davlat apparati asosan qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat (boshqaruv organlari va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi) organlardan iborat.
Davlat organlari bir qancha belgilarga ega. Birinchidan, davlat nomidan uning vazifa va funktsiyalarini amalga oshiradi. Ikkrinchidan, hokimiyat vakolatiga ega, bu bilan davlat korxonalari va muassasalaridan farq qiladi. Uchunchidan, tegishli kompetentsiyaga, ya'ni vazifa, funktsiyalarga, huquq va majburiyatga ega. To’rtincidan, qonunga asosan ma'lum ma'muriy tuzilish va hududiy faoliyatga ega bo’lgan holda tashkil topadi. Yuridik aktlar chiqarib, ishontirish va majburlash choralarini qo’llaiydi.
Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari ikki xil bo’ladi. Ishotirish va majburlash usullari, ishontirish usulida davlat hokimiyati maqsadi, mohiyati va funktsiyalarini kishilarning ongi, erki, axloqi va g’oyaviy tushunishi asosida olib boradi. Bu usul jamiyatdagi barcha mafkuraviy, ijtimoiy-ruhiy qarashlar har bir fuqaroning shaxsiy va ko’pchilik jamoa ongini rivojlanishi orqali olib boriladi. Jamiyatda davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun ikkita mafkura mavjud. Birinchisi, diniy mafkura, bu diniy ma'lumotga asoslanadi. Bunga asosan davlat hokimiyatnini amalga oshirishda diniy Oʻzbekistonqarashlarga asoslanadi. Ikkinchisi, bu dunyoviy mafkura davlat hokimiyatini amalga oshirishda jamiyatdagi hukmron nazariya, urf-odat va axloqiy qoidalarga asoslanadi.
Majburlash usulida davlat manfaatini amalga oshirish maqsadida davlat hokimiyati tomonidan kishilarga moddiy, ruhiy va jismoniy ta'sir etadi. Majburlash usuli huquqiy va nohuquqiy usullar orqali amalga oshiriladi. Huquqiy usul – bu davlat hokimiyatini amalga oshirishda huquqiy normalarga amal qilishdir. Davlat hokimiyatini amalga oshirishlik uchun qonuniylik va adolatli siyosiy usulni nazorat qiladi. Qonuniylik buzilgan hollarda davlatni huquqni muhofaza qiluvchi organlari himoya qiladi. Davlat hokimiyatini amalga oshirishning huquqiy usuli demokratik siyosiy tartibdagi davlatlarda kafolatlangan bo’lib, bu shu davlatda huquqiy tizimning umumiy tamoyillari bilan, davlat hududida barcha fuqarolar uchun yagona va umumiyligi, davlatni zo’rlik kuchi orqali amalga oshirilishi, taraflarga huquq va burch belgilanishi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |