O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 337,5 Kb.
səhifə4/10
tarix14.02.2023
ölçüsü337,5 Kb.
#84333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
morfem tahlil kurs ishi

1.1 Morfemik tahlil tartibi
Morfemika so‘zning ma’noli qismlari haqidagi ta’limotdir. So‘zlarning grammatik tarkibi o‘zak va turli morfemalardan tashkil topib gapda so‘zlar turli grammatik shakllarda ham, o‘zgarmagan holda ham qo‘llaniladi. So‘zlarning o‘zgarmagan shakli asosiy, ya’ni lug’aviy ma’noli qismdir. Turli grammatik shakllar esa lug‘aviy ma’noga qo‘shiladigan qo‘shimcha ma’nolardir.
Morfemik tahlil tartibi:
1.Matndan gap ajratib olinadi
2.Gapdagi sozlar morfema, ya’ni asos va qoshimchalarga ajratiladi.
3.Ozak morfema korsatiladi
3.Affiksal morfemalar miqdori aniqlanadi
5.Qoshimchalarning turi korsatiladi
1-gap
1.Befoyda so’zni aytma, foydali so‘zdan qaytma.
2.Be-foyda so’z-ni ayt-ma, foyda-li so’z-dan qayt-ma
3.foyda, so’z, ayt, qayt- o’zak morfemalar
4. 6 ta affiksal morfema mavjud
5. a) soz yasovchilar – 2 ta: -be, -li;
b) sintaktik shakl yasovchilar – 2 ta: -ni, -dan;
d) lugaviy shakl yasovchilar – 2 ta: -ma, -ma
2-gap
1.Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko’zlari katta ochildi.
2. Mehmon-lar-ning quvna+q tovush-i-dan Mahmud-ning mudroq ko’z-lar-i katta och-il-di.
3.mehmon, quvna, tovush, Mahmud, mudroq, ko’z, katta, och(fe’l)-o’zak morfemalar
4. 10 ta affiksal morfema mavjud
5.a) soz yasovchilar – 1 ta: -q;
b) sintaktik shakl yasovchilar – 6 ta: -ning, -i, -dan; -ning, -i, -di
d) lugaviy shakl yasovchilar – 3 ta: -lar, -lar, -il

3-gap
1.Oyni etak bilan yopib bo’lmas.


2.Oy-ni etak bilan yop-ib bo’l-mas
3.oy, etak, yop, bo’l-o’zak morfemalar
4.3 ta affiksal morfema mavjud
5. a) soz yasovchilar – yo’q;
b) sintaktik shakl yasovchilar – 2 ta: -ni, -ib;
d) lugaviy shakl yasovchilar –1ta: -mas
4-gap
1.Bu so’zlar shoirni zarracha qo’rqitmadi.
2. Bu so’z-lar shoir-ni zarra-cha qo’rq-it-ma-di.
3.bu, so’z, shoir, zarra, qo’rq-o’zak morfemalar
4.6 ta affiksal morfema mavjud
5. a) soz yasovchilar – 1 ta: -cha;
b) sintaktik shakl yasovchilar – 2 ta: -ni, -di;
d) lugaviy shakl yasovchilar –3 ta: -lar, -it, -ma.
5-gap
1. Otamdan qattiq hayqirardim.
2. Ota-m-dan qattiq hayqir-ar-di-m.
3.ota, qattiq, hayqir-o’zak morfemalar
4.5 ta affiksal morfema mavjud
5. a) soz yasovchilar – yo’q;
b) sintaktik shakl yasovchilar – 4 ta: -m, -dan, -di, -m;
d) lugaviy shakl yasovchilar –1 ta: -ar
Masalan, uyimizning so‘zidagi uy so‘zning ma’noli qismi -imiz — egalik ma’nosini, -ning kelishik, ma’nosini ifodalagan. So‘zlar o‘zgarmagan shaklda qo‘llanib, qo‘shimcha olmasa, u ma’noli qismlarga bo‘linmaydi. Agar so‘z tuzilishida qo‘shimcha ishtirok etsa, u turli grammatik ma’nolarni ifodalaydi. So‘zning ma’noli qismi ikki tarkibdan: so‘z va qo‘shimchalaridan tashkil topadi. So‘zning o‘zi ham muayyan ma’noli qismdir. Bu qism so‘zning boshqa ma’noli qismlarga bo‘linmaydigan, ushbu so‘z asosida yuzaga keladigan turli shakllarning hosil bo‘lishi uchun asos bo‘ladigan qismidir. So‘zning eng kichik ma’noli, boshqa ma’noli qismlarga bo‘linmaydigan shakli morfema deyiladi. Morfema - grekcha “shakl” demakdir. Ya’ni so‘zning turli ma’noli shakllari morfema hisoblanadi. Biroq so‘z shakllari ma’no va vazifa jihatidan o‘zaro farqlanadi. Shunga ko‘ra morfemalar ikki xil:
1) o‘zak morfema
2) affiksal morfema.
O‘zak morfema so‘zning asl, lug‘aviy ma’nosini ifodalovchi qismi, shuning uchun morfemaning bu turi asosiy morfema deb yuritiladi. O‘zak morfemalar so‘z yasalishi uchun ham: bilimdon, do‘stlik; shakl yasalishi uchun ham: bilimdonroq, do‘stliklar, so‘z o‘zgarish uchun ham: bilimdondan, do‘stlikdan asos bo‘ladi. O‘zak morfemalar so‘zning asl lug‘aviy ma’nosini ifodalagani uchun u so‘zning o‘zagi hamdir. So‘z shakli xuddi shu o‘zakdan boshlanadi. So‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli grammatik ma’nolar qo‘shadigan qism affiksal morfema deyiladi. Affiksal morfemalar mustaqil holda ma’no ifodalamaydi. Shuning uchun yordamchi morfemalar deb yuritiladi. So‘zlarning morfemalarga bo‘linishi asosida lug‘aviy va grammatik ma’nolarning ifodalanishi yotadi. O‘zak va affiksal morfemalar boshqa turli xildagi qo‘shimchalarni qo‘shilishi uchun asos bo‘ladi. Masalan: kitobxonlarga so‘zidagi -xon qo‘shimchasi uchun kitob (o‘zak) asos bo‘lsa, -lar qo‘shimchasi uchun kitobxon so‘zi, ya’ni bir o‘zak, bir affiksal morfema asos bo‘lgan. So‘zlarning morfologik jihatdan tuzilishi lug‘aviy va grammatik ma’noli qismlardan tashkil topganligi uchun ham ular farqlanadi. Lug‘aviy ma’noli qism so‘z yasalishi, qo‘shimchalar qo‘shish uchun asos. Shuningdek, bu qism shakl yasalishi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni ham qabul qiladi. So‘zlarning qo‘shimcha oladigan qismi negiz deyiladi. Masalan, bilimdonlik so‘zidagi bil (o‘zak), bilim negiz bo‘ladi. Chunki shu qism -don qo‘shimchasini qo‘shilishiga asos bo‘ladi. -lik qo‘shimchasi uchun bilimdon so‘zi negizdir. Negiz qaysi qo‘shimchalar bilan yasalishiga ko‘ra uch xil: lug‘aviy negiz, morfologik negiz, sintaktik negiz. So‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan hosil bo‘lgan negiz lug'aviy negiz deyiladi: gul (li) do‘st (ona). do‘st (lik, bil(im-li) kabi. Shakl yasovchi qo‘shimchalar bilan hosil bo‘lgan negiz morfologik negiz deyiladi: do‘st (lar), yaxshi (roq), bor (moqda) kabi. So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar bilan hosil bo‘lgan negiz sintaktik negiz deyiladi: kitobdan, kitobim kabi. Ba’zan so‘zlarda bir turdagi qo‘shimchalar birdan ortiq holda keladi. Masalan: bilimli so‘zida -im va -li so‘z yasovchi qo‘sliimchalari mavjud bo‘lsa, uyimdan so‘zida -im va -dan so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalari mavjud. Ko‘rinadiki bilimli so‘zida ikkita lug‘aviy negiz, uyimdan so‘zida ikkita sintaktik negiz mavjud. Negiz tuzilishiga ko‘ra ikki xil: tub va yasama bo‘ladi. Tub negiz so‘zning qo‘shimcha olmagan qismidir. U so‘zning o‘zak morfemasiga mos kelib ma’noli qismlarga bo‘linmaydi. Masalan, bor-moq, o‘qi-moq, ish-ga so‘zlaridagi lug‘aviy ma’noli qismlar shu so‘zlardagi o‘zak morfema va tub negizlardir. Yasama negiz so‘zlarni qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Masalan, kurash (chan), ep (chil), kuz (gi), ishbilarmon kabi. Yasama negiz ham soda, qo‘shma va juft bo‘ladi. Tub so‘zga yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish bilan hosil bo‘lgan negiz sodda negiz deyiladi: Mehnat-kash, bog‘-bon. Ikki yoki undan ortiq so‘zlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan negiz qo‘shma negiz deyiladi: mirzaterak, belbog‘. Ikki so‘zning o‘zaro teng bog‘lanishidan hamda takrorlanishidan hosil bo‘ladigan negiz juft negiz deyiladi: ota- ona, baxt-saodat, tez-tez.
Morfemika so‘zning nomustaqil tarkibiy qismi haqidagi ta’limot. Ma’lumki, o‘zbek tilida, flektiv tillardagidan farqli o‘laroq, o‘zak mustaqil ma’no anglatish xususiyatiga ega. So‘zning o‘zakdan boshqa qismlari esa undan ayricha qo‘llanmaydi va ma’no anglatmaydi. Shuning uchun ular morfema deyiladi.
Leksema shakllanuvchanlik, morfema shakllantiruvchanlik belgisiga ega. Nomustaqillik tabiati va leksemaga shakl berish vazifasiga xoslanganligi ularni morfema deb atashga olib kelgan.Morfemaning nutqiy ko‘rinishi qshimcha deyiladi
Leksema tarixiy taraqqiyot natijasida morfemaga aylanib borishi, morfema esa so‘zning o‘zagiga singib ketishi mumkin. Masalan, [xona] leksemasi taraqqiyot natijasida ikkiga ajralgan. Bir ma’nosida “joy” semali yasama so‘zni hosil qiluvchi derivatsion vositaga aylanib ketgan, leksemalikdan mahrum bo‘lgan. [Noma], [goh], [xo‘r] leksemasi ham shunday tarixiy siljishni boshidan kechirgan. Albatta, tildagi bunday hodisalar ilmiy muammo bo‘lib, maxsus tekshirish natijasida tayinli xulosaga kelish mumkin. Chunki bu birlikning turkiy unsurlar emasligi shuni taqozo qiladi.
So‘zning morfemik strukturasidagi o‘zgarish. Aytilganidek, til taraqqiyoti natijasida so‘zning semantik, fonetik strukturasida bo‘lgani kabi, morfemik tarkibida ham jiddiy o‘zgarish yuz beradi. Ularning har xil ko‘rinishi bor:
1) so‘z va qo‘shimcha birlashib, so‘z tublashishi mumkin yuksal, yuksak;
2) so‘z va qo‘shimcha birlashib yaxlitlanishi mumkin: biron, biror, bezor, (qo‘shimcha bunday zichlashishi natijasida o‘z invarianti – morfemasidan uzilishi mumkin);
3) so‘z va qo‘shimcha orasidagi aloqa soddalashishi mumkin: yumshoq, qattiq;
4) so‘z qo‘shimcha holiga kelishi, murakkab qo‘shimchalar bir-biriga qo‘shilib ketishi, ya’ni birlashishi mumkin: borib yotibdi -borib yatipti – boryapti; ning + i=niki.
Morfemalarning funksional-semantik tasnifi. Morfema funksional-semantik xususiyatiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi
1) derivatsion morfema;
2) grammatik morfema
Derivatsion morfema so‘zga qo‘shilib, yangi so‘z hosil qiladi. Yangi so‘z yangi lug‘aviy va grammatik ma’noga ega bo‘ladi. Masalan, [paxta] leksemasi [-chi] affiksini olib, (paxtachi) so‘zi vujudga keladi. Yangi lug‘aviy ma’no yangi grammatik; ma’noni ham vujudga keltiradi: narsa-byyum oti shaxs otiga aylaladi. Shu bilan birgalikda, yangi so‘zning valentlik imkoniyati ham asos so‘znikidan keskin farqlanadigan holga keladi.
Grammatik morfema asosiy xususiyatiga ko‘ra uchga ajraladi:
1) lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfema;
2) sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema;
3) lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema.
Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfema leksema lug‘aviy ma’nosini nutqqa moslashtirish vazifasini bajaradi. Masalan, [kitob] leksemasining sememasida birlik va ko‘plik ma’nosi noma’lum. Son lug‘aviy shakl hosil qiluvchisi bo‘lgan [–lar] uni ko‘plik tomon muayyanlashtiradi. Bu morfemaning o‘ziga xos turi lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema bo‘lib, lug‘aviy ma’noni muayyanlashtirish, nutqqa xoslash bilan birga ((kelgan), (o‘qigach)), so‘zni sintaktik aloqaga ham kiritadi: o‘qigan bola, o‘qigach gapirmoq.
Sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema so‘zning sintaktik qurilmadagi o‘rnini belgilaydi. Masalan, kesimlik kategoriyasi sozga kesimlik mavqeini beradi. Kesimning ega va hol bilan sintaktik aloqasini ta’minlaydi. Kelishik morfemalari oldingi mutaqil so‘zni keyingi, egalik qo‘shimchalari esa keyingi mustaqil so‘zni oldingisiga bog‘lash vazifasini bajaradi.


Yüklə 337,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin