O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə11/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Ergonometrik ta'minot AATEXni ishlab chiqish va faoliyatning turli bosqichlarida ishlatiladigan usullar va vositalar majmuasidan iborat bo'lib, insonning AATEXdagi faoliyatida xatosiz va yuqori samarali, ya'ni tezroq o'zlashtirish uchun optimal sharoit yaratishga mo'ljallangan. AATEXning ergonometrik ta'minoti tarkibiga quyidagilar kiradi: ish joylariga, axborot modellariga, xodim faoliyati sharoitlariga qo'yiladigan ergonometrik talablardan iborat turli hujjatlar, shuningdek, bu talablarni amalga oshirish uchun eng ma'qul usullar to'plami va ularni amalga oshirishni aniqlovchi ergonometrik ekspertiza darajalari; xodimni tayyorlash darajasiga mos talablarni shakllantirish asosini ta'minlovchi usullar, ilmiy-uslubiy hujjatlar va texnik vositalar, shuningdek, AATEX xodimlarini tayyorlash va tanlash tizimini shakllantirish majmuasi; insonning AATEXda yuqori samaradorligini ta'minlovchi usul va uslublar majmuasi.
Iqtisodiy axborotlarga quyidagi talablar qo'yiladi: aniqlilik, ishonchlilik, tezkorlik.
Axborotning aniqliligi undan foydalanuvchilarning barchasini uni birdek qabul qilishini ta'minlaydi.
Ishonchlilik kelayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni yetarli darajada qisqartirilishini ta'minlaydi, bunda tizimning samarali faoliyati saqlanadi.
Tezkorlik o'zgaruvchan sharoitda hisoblashlar va qarorlar qabul qilish uchun zarur axborotlarning dolzarbligini ifodalaydi.
Iqtisodiy axborotlarning turlari. Iqtisodiy axborotlarni quyidagi asosiy belgilariga qarab ajratish qabul qilingan:

  1. boshqarish funksiyasiga ko'ra;

  2. paydo bo'lish joyiga (boshqarish darajasiga) ko'ra.

Boshqarish funksiyasiga ko'ra iqtisodiy axborotlar rejali-hisob,
me'yoriy-ma'lumotnomali, statistik-hisobot axborotlariga bo'linadi.
Rejali (direktiv) axborotlar ma'lum bir davrga (kun, hafta, oy, yil va hokazo) rejalashtirilayotgan va nazorat qilinadigan biznes rejaning ko'rsatkichlaridan iborat direktiv qiymatlarni o'z ichiga oladi. Masalan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va uning qiymati, mahsulotga talab va undan olinadigan foydani rejalashtirish.
Hisob axboroti ma'lum bir davrda rejalashtirilgan ko'rsatkichlarni amaldagi qiymatini aks ettiradi. Bu axborot asosida rejali-axborotlarga tuzatishlar kiritilishi, tashkilot faoliyati tahlil qilinishi, uni yanada samaraliroq boshqarish to'g'risida qarorlar qabul qilinishi mumkin. Hisob axboroti sifatida natural (tezkor) hisob, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisob ishtirok etadi.
Masalan, quyidagilar hisob axboroti sanaladi: ishchining smenada tayyorlagan ma'lum bir turdagi detallar soni (tezkor hisob), ishchining tayyorlagan detallariga to'lanadigan maoshi (buxgalteriya hisobi), tayyorlangan mahsulotning haqiqiy bahosi (moliyaviy hisob).

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin