O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/20
tarix02.01.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#43296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
ozbekistonda 1950-80 yillarda talim tizimi (1)

KIRISh 

Mavzuning 

dolzarbligi. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

mustaqillikka 

erishgandan  keyin,  barcha  sohalarda  tub  burilishlar  boshlandi.  Jumladan,  ona-

Vatan tarixini bilishga, o‘zlikni anglashga qiziqish ortdi. Xususan, Respublikamiz 

Prezidenti  Islom  Karimov  ta’kidlaganidek,  “O‘zlikni  anglash  tarixni  bilishdan 

boshlanadi”.

1

    



 

1946—1985 yillar oralig‘ida Markaz ideologlari tomonidan o‘ylab topilgan 

ana  shu  xayoliy  va  noilmiy  aqidalar  girdobida,  butun  mamlakatda  bo‘lganidek, 

O‘zbekistonda  ham  maorif,  oliy  ta’lim,  ilm-fan,  san’at  o‘ta  siyosiylashgan  holda 

rivojlanishga majbur qilindi. 

YAna eng muhimi shundaki, bu davrda barcha milliy respublikalar va millatlar 

madaniyatini 

o‘zida 


mujassamlashtirgan 

yagona 


«sovet 

madaniyati» 

yaratilganligining  e’tirof  etilishi  SSSRga  birlashtirilgan  barcha  xalqlar 

ma’naviyatining  bundan  keyingi  yo‘nalishini  belgilab  berdi.  Ushbu  davrda 

madaniyatga  xos,  uning  rivojlanishi  uchun  muhim  omil  bo‘lgan  erkin-  lik, 

demokratiya  batamom  yo‘q  qilindi.  Madaniyat,  ayniqsa,  milliy  madaniyatning 

«rivoji»  maxsus  qolipga  solindi.  Siyosiy  o‘lchovlarga,  kommunistik  mezonga 

javob  bermagan  har  qanday  asar  yo‘qqa  chiqarildi,  uning  muallifi  esa  jamiyatga 

yaroqsiz shaxc sifatida «chetga surib» qo‘yildi. 

Ayni  paytda,  1946—1985  yillarni  o‘zbek  madaniyati  uchun  to‘liq  tushkunlik 

davri deyish ham xato bo‘lur edi. CHunki bu davrda mafkuraviy tazyiqlar, qolipga 

solishlar kuchaygan bo‘lsa-da, madaniyat ma’lum darajada rivojlandi. Bu yillarda 

yaratilgan  ijobiy  ishlar,  omma  orasida  olib  borilgan  mada  niy-ma’rifiy  tadbirlar 

o‘ta siyosiylashgan va mustabid tuzum uchun xizmat qilgan bo‘lsa ham, u baribir 

o‘zbek xalqining shu davrdagi milliy madaniyati bo‘lib qoldi, xalqning madaniy- 

ma’rifiy  saviyasini  oshirishga  xizmat  qildi.  Xususan,  bu  fan  sohasi,  maorif,  oliy 

ta’lim muassasalariga tegishlidir. 

                                                           

1

 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Т.: Ўзбекистон, 1998.– Б.5.  




 

Respublika  xalq  ta’limi  urushdan  keyingi  yillarda  bir  qator  jiddiy 



qiyinchiliklarni engib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Urush yillarida ta’lim tizimiga e’tibor 

berilmadi. Ana shu «odat» urushdan keyingi dastlabki yillarda ham davom etdi.  

Biz  mazkur  bitiruv  malakaviy  ishda  O‘zbekistonda  1940-1980  yillarda  fan, 

ta’lim, madaniyat taraqqiyoti masalarini tadqiq qildik.

 

 


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin