Mavzu tarixshunosligi. O‘zbekistonda 1940-1980 yillarda fan, ta’lim
taraqqiyoti masalalari tarixini o‘rganishda mustaqillik yillarida bir qator katta ilmiy
izlanishlar amalga oshirilib, mavzuga doir darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop
etildi. Jumladan, M.Jo‘raev, R.Nurillin, R.Murtazaeva, Q. Rajabov, A.Mavrulov,
D.Alimova, N.Karimov, R.SHamsutdinov, K.Oqilovlar ushbu davrni o‘rganishda
va tadqiq etish salmoqli hissa qo‘shganlar
1
.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishni bajarishda
kuyidagi maqsad va vazifalar qo‘yilgan:
- O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining tashkil topishi va uning faoliyati
tadqiq qilish;
- XX asrning 50-80 yillarida halq ta’limi tizimidagi muammolar va
yutuqlarni ma’lumotlar asosida yoritish;
- O‘zbekistonda “madaniy inqilob”, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va
muammolar;
- Fan, adabiyot va san’atning yangicha yo‘nalishdagi taraqqiyoti;
- mavzuga oid manbalarni o‘rganish va tahlil qilish natijasida xulosalar
chiqarish, amaliy taklif va tavsiyalar berish.
Dostları ilə paylaş: |