O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix02.01.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#43296
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
ozbekistonda 1950-80 yillarda talim tizimi (1)

1

.  Sovetlar  hukumronligi  yillarida 

O’zbekistonda ham ana shu ko’rgazmada kelib chiqqan holda xalq maorifiga, oliy 

va o’rta maxsus ta'limga rahbarlik qilindi. Bu hol albatta o’zining salbiy natijalarini 

bermay qolmadi. 

O’zbekiston  xalq  ta'limi,  o’rta  maxsus  va  oliy  ta'lim  tarmoqlari  qoldiq 

printsipiga  asosan  mablag’  bilan  ta'minlanganlar.  Shu  boisdan  ular  juda  nochor 

moddiy ba'zaga ega edi. Respublikada ta'lim uchun ajratilgan kapital mablag’ning 

o’sish  dinamikasi  bu  fikrni  yaqqol  isbotlaydi.  Ta'lim  uchun  ajratilgan  kapital 

                                                           

1

 Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob);  R. Shamsutdinov, Sh. Karimov  – T.: Sharq, 2010, – B. 



391-392. 


18 

 

mablag’ hajmi 1960 yilda 282 million so’m, 1970 yilda-951 million, 1980 yilda-



1,925 million, 1985 yilda-2,619 million va 1987 yilda 2,935 million

1

 so’mga teng 



bo’lgan.  Boshqacha  aytganda  fan,  madaniyat  va  xalq  ta'limga  sarflanadigan 

xarajatlarni  ja'mini  birga  qo’shib  hisoblaganda  ular  byudjet  mablag’larining  2,7 

foizdan  nariga  o’tmas  edi.  Holbuki  Amerika  Qo’shma  Shtatlaridek  yuz  yillar 

davomida  yuksak  taraqqiyot  darajasida  kelayotgan  mamlakatda  1989  yilda  ta'lim 

uchun qilingan umumiy xarajatlar  260 milliard dollarga teng bo’ldi, AQSh davlat 

byudjetining  6,4  foizini  tashkil  etdi,  demakdir.  Juda  ko’pchilik  Evropa 

mamlakatlari  ham  ta'lim  uchun  davlat  byudjetining  5,5  foizini  sarflaydilar.  Hatto 

Afrika qita'sida joylashgan mamlakatlar ham ta'lim uchun davlat byudjetining 5,4 

foizini  sariflamoqdalar.  Bu  O’zbekistondagi  shu  maqsad  yilida  80-yillarda 

sarflangan harajatlardan ikki barovar ko’p demakdir.

2

 Shu boisdan ham 80-yillarga 



kelib O’zbekiston umumta'lim, o’rta maxsus va oliy ta'lim tarmoqlarining moddiy 

bazasi  juda  og’ir  va  nochor  ahvolda  edi.  1990  yildagi  yozma  manba'larning 

ma'lumotlariga qaraganda respublikadagi har to’rt maktabdan biri avariya holatida 

bo’lgan,  2895  sinf  xonasi  poli,  3302  sinfning  shifti  bo’lmagan.  50  foiz 

maktablarida ovqatlanish uchun sharoit, vodaprovod va kanalizatsiya bo’lmagan. 1 

million  200  ming  o’quvchi  ikki  smenada,  Qoraqalpog’istonda,  Toshkent  va 

Farg’ona  viloyatlaridagi  35  maktabda  darslar  uch  smenada  olib  borilgan. 

Maktablarni yillik ta'mirlash va yangi o’quv yiliga tayyorlash ishlari asosan otaliq 

tashkilotlari  va  ota-onalar  ajratadigan  sadaqa  mablag’lar  hisobidan  amalga 

oshiriladigan bo’lib qoldi. Oliy va o’rta maxsus ta'lim tarmoqlarining ahvoli ham 

bundan  afzal  emas  edi.  Maorif  tarmoqlarining  o’quv-texnika  va  metodik 

bazalarining nochorligini gapirmasa ham bo’ladi. 

Maktablar  va  oliy  o’quv  yurtlarida  o’qitiladigan  fanlarning  o’quv  dasturlari 

Moskovda  tayyorlanar  va  O’zbekiston  sharoitiga  moslashtiriladi  va  u  batamom 

mustamlakachi sovetlar manfaatiga xizmat qilar edi. 

                                                           

1

 Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob);  R. Shamsutdinov, Sh. Karimov  – T.: Sharq, 2010, – B. 



391-392 

2

 Ўша асар, – B. 393. 



 


19 

 

Maktablar,  o’rta  maxsus  va  oliy  o’quv  yurti  o’qituvchilarining  ustoz, 



tarbiyachi va pedagog sifatidagi obro’-e'tibori tushib ketdi. Bu jarayon ayniqsa 50-

yillarning ikkinchi yarmi va 60-yillardan e'tiboran kuchaydi. Xususan bu hol 70-80 

yillarda  keskin  tus  oldi.  1987  yil  may  oyida  bo’lib  o’tgan  O’zbekiston 

o’qituvchilarning  VII  s'ezdida  keyingi  ikki  yil  davomida  23  mingga  yaqin 

o’qituvchi  pedagoglik  ishini  tashlab  ketganligi  ta'kidlandi.  Yosh  yigit-qizlar 

o’rtasida  pedagoglik  kasbiga  qiziqish  havasi  so’nib  ketdi.  Buni  shu  fakt 

isbotlaydiki, o’zlari pedagoglik kasbi bo’yicha o’qishga kirgan bo’lsalarda Qarshi, 

Sirdaryo, Termiz, Xorazm va boshqa joylardagi pedagogika institutlarning 20 foiz 

birinchi  kurs  studentlari  o’tkazilgan  savol-javoblarda  tasodifan  mazkur  kasbni 

tanlaganliklarini  bildirganlar.  Beshinchi  kursda  esa  studentlarning  30  foizdan 

ko’prog’i pedagog bo’lib ishlashni hohlamaymiz deb javob qaytarganlar. Termiz, 

Qarshi  (1983-1987  yillar),  Farg’ona,  Xorazm  (1984-1988  yillar),  Sirdaryo, 

Jumhuriyat  rus  tili  va  adabiyoti  pedagogika  instituti  (1984-1989  yillar)ini 

bitiruvchi  kurs  studentlaridan  40  foizi  boshqa  tashkilotlarda  mehnat  qilishni 

hohlaydi,  46,4  foizi  esa  o’z  ixtisosidan  ko’ngli  qolgan.  Ettita  pedagogika  oliy 

o’quv  yurtlari  studentlarining  31  foizi  ota-onalar  maslahati  bilan  (1986  yil) 

pedagoglik  kasbini  tanlagan.  O’zi  tanlagan  kasb-hunarga  mehr-havas  va  qiziqish 

bo’lmagach,  tayyorlanayotgan  kadrlarning  sifat  darajasi  to’g’risida  gap  yuritish 

albatta  mantiqsizdir.  Shu  boisdan  ham  Jizzax,  Qarshi,  Buxoro  pedagogika 

institutlari  bitiruvchilari  bilan  dastur  hajmida  yozma  ish  olinganda  ularning  teng 

yarmi qoniqarsiz baho olgan. Farg’ona institutini bitirib, maktabda matematikadan 

dars  berayotgan  100  nafar  o’qituvchidan  maktab  dasturi  hajmida  yozma  ish 

olinganda  ularning  80  foizi,  Jizzaxda  esa  1988-89  o’quv  yilida  60  nafar 

o’qituvchining hammasi qoniqarsiz baho olgan.  

Maktablar va oliy o’quv yurtlarida o’qituvchilar obro’sining tushib ketishiga 

olib kelgan omillar va sabablar nimalardan iborat? 




Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin