O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix02.01.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#43296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
ozbekistonda 1950-80 yillarda talim tizimi (1)

 

 

 

 

 

 

                                                           

1

  Ўзбекистоннинг  янги  тарихи.  2-  китоб.  Ўзбекистон  совет  мустамлакачилиги  даврида.  Илмий  муҳаррир 



М.Жўраев. -Т.: Шарқ, 2000 – Б.490 


12 

 

II. BOB. O‘zbekistonda 1950-1980 yillarda maorif va  oliy ta’lim tizimi va 



uning faoliyati 

Urushdan  keyingi  yillarda  O’zbekiston  sovetlar  hukumati  maorif,  fan  va 

madaniyatni  rivojlantirishga  e'tibor  bermadi,  deyishga  hech  qanday  asos  yo’q. 

Ammo  bu  tarmoqlar  buyuk  davlatchilik  siyosati  manfaatalariga  bo’ysundirilgan 

holda olib borildi. Bu siyosatni «baynalminalchilik» va «shaklan milliy mazmunan 

sotsialistik»  deb  atalgan  shovinistik  g’oyalar  asosida  amalga  oshirildi.  Chunki 

«baynalminalchilikka» tashqi shakl va tashviqot-targ’ibot nuqtai nazaridan haqiqiy 

baynalminalchilik g’oyasi berilgan bo’lsada, amalda sovetlar hukmronligi davrida 

bu g’oya har qanday milliylik va milliy manfaatni nazar-pisand qilmas, milliylik va 

milliy  manfaat  g’oyasi  tarafdorlarini  hech  ikkilanmasdan  iskanja  ostiga  olar  va 

qatag’on qilar  edi.  «Shaklan  milliy  va  mazmunan sotsialistik»  madaniyat g’oyasi 

ham  aslida  mahalliy  millatlar  ongini  zaharlash  quroli  bo’lgan.  Chunki  «shakl» 

shunchaki  ishlatilgani  holda  asosiy  maqsad  g’oya  mazmun  pardasiga  o’ralgan 

bo’lib,  u  miliy  qadriyatlarni  g’orat  qilib,  «sotsialistik»  niqob  ostida  ruslashtirish 

manfaatlariga xizmat qilar edi. 1946-1990 yillarda O’zbekistonda xalq ta'limi, oliy 

va o’rta maxsus ta'lim rivojini quyidagi raqamlar ko’rsatdi: 1940-41 o’quv yilida 

5448 umumta'lim maktablari bo’lib, ularda 1 million 651,1 ming o’quvchi ta'lim-

tarbiya  olgan  bo’lsa,  1987-`88  o’quv  yilda  8111  umumta'lim  maktablarida 

o’quvchilar  soni  4  million  406,3  ming  kishiga  etdi,  ya'ni  taxminan  uch  yarim 

barobarga yaqin ko’paydi. 1990 yilda umumta'lim maktablari soni 9000 taga etdi

1



1946—1985 yillar oralig‘ida Markaz ideologlari tomonidan o‘ylab topilgan ana 



shu  xayoliy  va  noilmiy  aqidalar  girdobida,  butun  mamlakatda  bo‘lganidek, 

O‘zbekistonda  ham  maorif,  oliy  ta’lim,  ilm-fan,  san’at  o‘ta  siyosiylashgan  holda 

rivojlanishga majbur qilindi. 

YAna eng muhimi shundaki, bu davrda barcha milliy respublikalar va millatlar 

madaniyatini 

o‘zida 


mujassamlashtirgan 

yagona 


«sovet 

madaniyati» 

                                                           

1

 Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob);  R. Shamsutdinov, Sh. Karimov  – T.: Sharq, 2010 – B. 



390-391. 

 



13 

 

yaratilganligining  e’tirof  etilishi  SSSRga  birlashtirilgan  barcha  xalqlar 



ma’naviyatining  bundan  keyingi  yo‘nalishini  belgilab  berdi.  Ushbu  davrda 

madaniyatga  xos,  uning  rivojlanishi  uchun  muhim  omil  bo‘lgan  erkin-  lik, 

demokratiya  batamom  yo‘q  qilindi.  Madaniyat,  ayniqsa,  milliy  madaniyatning 

«rivoji»  maxsus  qolipga  solindi.  Siyosiy  o‘lchovlarga,  kommunistik  mezonga 

javob  bermagan  har  qanday  asar  yo‘qqa  chiqarildi,  uning  muallifi  esa  jamiyatga 

yaroqsiz shaxs sifatida «chetga surib» qo‘yildi. 

Ayni  paytda,  1946—1985  yillarni  o‘zbek  madaniyati  uchun  to‘liq  tushkunlik 

davri deyish ham xato bo‘lur edi. CHunki bu davrda mafkuraviy tazyiqlar, qolipga 

solishlar kuchaygan bo‘lsa-da, madaniyat ma’lum darajada rivojlandi. Bu yillarda 

yaratilgan  ijobiy  ishlar,  omma  orasida  olib  borilgan  mada-  niy-ma’rifiy  tadbirlar 

o‘ta siyosiylashgan va mustabid tuzum uchun xizmat qilgan bo‘lsa ham, u baribir 

o‘zbek xalqining shu davrdagi milliy madaniyati bo‘lib qoldi, xalqning madaniy- 

ma’rifiy  saviyasini  oshirishga  xizmat  qildi.  Xususan,  bu  maorif,  oliy  ta’lim 

muassasalariga tegishlidir. 

Respublika  xalq  ta’limi  urushdan  keyingi  yillarda  bir  qator  jiddiy 

qiyinchiliklarni engib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Urush yillarida ta’lim tizimiga e’tibor 

berilmadi. Ana shu «odat» urushdan keyingi dastlabki yillarda ham davom etdi. 

Urush  davrida  o‘qishga  jalb  etilmagan  maktab  yoshidagi  bolalarni  urushdan 

keyingi dastlabki yillarda ta’lim tizimiga tortish juda muhim  masala bo‘lib qoldi. 

Bundan tashqari, urush yillarida ta’lim sifati ham juda pasayib ketgan bo‘lib, 20-

yillardagi  qoloq  uslublarda  olib  borilardi.  Bu  esa  o‘quv-  chilarni  o‘qishdan 

bezdirar,  o‘qishni  tashlash  va  sinfda  qolish  hollari  ko‘paymoqsa  edi.  Masalan, 

1945/46 o‘quv yilida O‘zbekiston maktablaridagi o‘quvchilar soni rejadagi 1 mln. 

10 ming kishi o‘rniga 823 ming kishidan iborat bo‘ldi. Sinfda qolgan o‘quvchilar 

soni ham ko‘p bo‘lib, 1946 yilda u barcha o‘quvchilar- ning 37%ini tashkil etardi. 

Ayniqsa  qiz  bolalarni  maktabga  jalb  qilish,  ularni  o‘qishni  tugatguncha  ushlab 

turish alohida muammo sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. 

O‘qituvchi  xodimlar  masalasi  urushdan  keyingi  yillardagi  eng  jiddiy 

muammolardan  biri  edi.  CHunki  malakali  o‘qituvchilar  asosan  urush  ga 



14 

 

yuborilgan, ularning ko‘pchiligi halok bo‘lgan- di. Xususan, 1947 yilda respublika 



bo‘yicha 4 ming o‘qituvchi etishmasdi. Tuman xalq maorifi bo‘limlari mudirlari, 

maktab direktorlari va ta’lim bo‘yicha  direktor muovinlarning 60%dan ko‘prog‘i 

tegishli  ma’lumotga  ega  emasdi.  1950  yilda  7125  maktab  o‘qituvchilarga 

muhtojlik sezardi. 

O‘zbekiston  SSR  Oliy  Sovetining  1957  yil  1  oktyabrdagi  sessiyasida 

«O‘zbekiston  SSRda  majburiy  etti  yillik  ta’lim-  ni  to‘liq  amalga  oshirish 

to‘g‘risida»gi  qonunning  qabul  qilinishi  maktablarda  ta’lim  tizimini 

takomillashtirishga  qaratilgan  dastlabki  qadam  bo‘ldi.  YAngi  qonunga  ko‘ra 

umumta’lim  maktabi  hamma  uchun  majburiy  bo‘lib  qoldi.  Biroq  bu  bilan 

respublika maktablarida mavjud bo‘lgan kamchiliklar barham topmadi. Aksincha, 

maktab haqiqiy hayotdan ajralib qoldi, o‘quv- chilarga berilayotgan bilimlar fan-

texnika  taraqqiyoti  dara-  jasiga  to‘g‘ri  kelmasdi.  SHuning  uchun  ham  1959  yil 

martda  O‘zbekiston  Oliy  Soveti  «Maktabning  hayot  bilan  aloqasini 

mustahkamlash  va  respublikada  xalq  ta’limi  tizimini  yanada  rivojlantirish 

to‘g‘risida» yangi qonun qabul qildi. Ammo, sovet mustabid tuzumiga xos bo‘lgan 

boshlangan  ishni  oxiriga  etkazmaslik  odati  bu  gal  ham  muammoni  hal  qilish 

yo‘lida to‘g‘anoq bo‘lib xizmat qildi, oqibatda xalq ta’limida ahvol o‘zgarmadi.  

60-yillar  O‘zbekistonda  «rivojlangan  sotsializm»  bosqichi  deb  e’lon  qilindi. 

Jamiyat  mamlakat  rahbariyatidan ijtimo-  iqtisodiy  va  madaniy-ma’rifiy  sohalarda 

jiddiy  sifat  o‘zgarishlarni  amalga  oshirishni  kutmoqda  edi.  Biroq,  amalda  unday 

bo‘lmadi.  Lekin  buning  o‘rniga  siyosiy  rahbariyat  aqida-  parastlikni,  ommaviy-

siyosiy ishlarni avj oldirdi. Xalq ta’lim tizimi ham ana shu «girdobga» tashlandi. 

Rasmiy  hokimiyat  soxta  proletar  baynalmilalligini  amalda  kuchaytirish 

maqsadida  maktablarda  rus  tili  va  adabiyotini  keng-  roq  o‘qitishga  urg‘u  berdi. 

Natijada 60-yillarda O‘zbekiston tarixi, o‘zbek tili va adabiyoti, chet tillari, musiqa 

va  qo‘shiq-  chilik  darslari  hajmi  keskin  qisqardi  va  ular  o‘quv  rejasida 

belgilanganidan haftasiga 16,5 soatga kamayib ketdi. Ulardan bo‘shagan soatlarda 

esa  rus  tili  va  adabiyoti  predmeti  o‘qitildi.  Masalan,  o‘qituvchilar  «XIX  asr 

ikkinchi  yarmi  —  XX  asr  boshlarida  o‘zbek  adabiy-badiiy  muhiti»,  «Milliy 



15 

 

madaniy  jarayon-  lar»  to‘g‘risidagi  mavzularda  dare  o‘tishi  lozim  bo‘lgan 



soatlarda  rus  madaniyatining  «progressiv»  ahamiyatini  ko‘rsatib  berishga  majbur 

bo‘ldilar.  Nihoyatda  boy  va  ko‘hna  o‘zbek  xalqi  tarixini  o‘rganishga  52  soat 

ajratilgan holda  boshlang‘ich  maktablarda  rus  tili  va  adabiyoti predmetlari uchun 

1600 soat ajratildi. 

70—80-yillarda  O‘zbekiston  maktablarida  ahvol  sifat  jihatidan  o‘zgarmay 

qolaverdi.  Maktablar  jahon  tajribalaridan,  zamonaviy  texnika  va  o‘qitish 

vositalaridan  foydalanmadi.  Ularning  moddiy-texnika  bazasi  yaxshilanmadi. 

To‘g‘ri,  bu  yillarda  maktablar,  o‘quvchilar,  o‘qituvchilar  soni  yildan-yilga  ortib 

bordi,  son  ko‘rsatkichlari  kishini  hayratga  solar  darajasida  ortdi.  Masalan, 

O‘zbekistonda  1945/46  o‘quv  yilida  jami  4525  maktab  bo‘lib,  ularda  qariyb  998 

ming o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1970/71 o‘quv yilida respublikaning umumiy ta’lim 

maktablari soni 7072 taga, ularning o‘quvchilari esa 3 mln. 164 ming kishiga etdi.

1

 

1969 yilda Rossiyada aholining 10 ming nafariga 14 klub muassasasi to‘g‘ri 



kelsa,  Belorussiyada  11  ta,  O‘zbekistonda  esa  atigi  4  ta  edi.  Madaniy-ma’rifiy 

muassasalarga  davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ aholini jon boshiga Estoniyada 

21,3 so‘mni, Armanistonda-17,9 RSFSRda-9,7 so‘mni tashkil qilsa, O‘zbekistonda 

4,5  so‘mni  tashkil  qilardi.  Respublika  kutubxonalarining  kitob  fondi  1950-1970 

yillarda  o‘n  barobarga  ko‘paygan  bo‘lsa,  lekin  ularning  ko‘pchiligini  mafkuraviy 

targ‘ibot  uchun  zarur  bo‘lgan  marksizm-leninizmga  oid  asarlar  tashkil  qilar  edi. 

Olingan  kitoblarning  8-10  foizgina  respublikada  nashr  etilgan  bo‘lib,  qolganlari 

chetdan keltirilib, ularning aksariyati rus tilida edi. Madaniy-ma’rifiy  muassasalar 

moliyaviy  jihatdan  davlat  nazorati  chetda  qolganligi  uchun  bunday  muassasalar 

ko‘pincha  jamoatchilik  asosida  qurildi.  Masalan:  1961  yili  O‘zbekiston  kasaba 

uyushmalari tashkilotlari tomonidan jamoatchilik asosida  45 madaniyat va texnika 

universitetlari, 5 ta xalq teatrlari, 1.258 jismoniy tarbiya jamoalari ish olib bordi.  

 

O‘zbekistonda  ta’lim  tizimini  yaxshilash  uchun  o‘nlab  qarorlar  qabul 



qilinardi.  Biroq,  bu  qarorlar  milliy  maktablarda  to‘liq  bajarilmasdi.  Maktablar 

                                                           

1

  Ўзбекистоннинг  янги  тарихи.  2-  китоб.  Ўзбекистон  совет  мустамлакачилиги  даврида.  Илмий  муҳаррир 



М.Жўраев. -Т.: Шарқ, 2000 – Б.570-571. 

 



16 

 

urushdan  keyin  ham  darsliklar  bilan  to‘liq  ta’minlamadi.  Moddiy  o‘quv  bazasi 



rusiyzabon maktablarnikidan ancha past edi.  

 

O‘rta  maktabni  bitiruvchilari  orasida  erta  turmushga  berilishi  tufayli  qizlar 



kamchilikni  tashkil  qilar  edi.  Maorifni  rivojlantirishda  mahalliy  millatlarga  past 

nazar  bilan  qarash  sovet  tuzumi  siyosatining  pinhona  faoliyatiga  yashiringan  edi. 

Keyingi  yillarda  ochilgan  arxiv  ma’lumotlarida  sobiq  ittifoqdagi  respublikalarda 

ongli, madaniyatli, hurfikrli kishilarni bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi mahfiy 

ko‘rsatmalar bejiz emas edi. 1985 yilda oliy o‘quv yurtlari soni 42 taga etdi.

1

 



  1946-47  o‘quv  yilida  respublikada  4483  maktab  bo‘lib,  212.000  o‘quvchi 

o‘qigan  bo‘lsa,  1965-66  o‘quv  yilida  9716  ga  undagi  o‘quvchilar  soni  2.476.000 

kishiga etdi. Oliy  o‘quv yurtlarida talabalar soni 21.190 dan 168.800 taga etdi. Bu 

miqdor  “mahalliy  millat  yigit  qizlari  bilim  uchun  emas,  diplom  uchun  qiziqsin” 

degan  aqidaga  asoslanganligini  ko‘rsatadi.  SHunday  bo‘lishiga  qaramay 

O‘zbekistonliklarni,  xususan  o‘zbeklarni  ilmga  chanqoqligi  har  qanday  sun’iy 

to‘siqlarni enga boshladi. 

Shu  yillar  mobaynida  o’rta  maxsus  va  oliy  ta'lim  tarmoqlari  ham  rivojlandi. 

1940-41  o’quv  yilida  O’zbekistonda  98  ta  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlari  mavjud 

bo’lsa, 1960 - 61 o’quv yilida ularnining soni 75 taga tushib qoldi, 1988 yillarda 

esa 248 tani tashkil etdi. Shu yillar mobaynida ularda o’quvchilar soni ham o’sdi: 

O’rta maxsus o’quv yurtlarida o’quvchilar soni 1940 - 41 o’quv yilida 25,1 ming, 

1960 - 61 o’quv yilida 292,0 ming kishini tashkil etdi. 

Oliy o’quv yurtlari tarmog’i ham o’sdi. 1940-41 o’quv yilida O’zbekistondagi 

30 oliy o’quv yurtida 19,1 ming talaba tahsil ko’rgan bo’lsa, 1960 - 61 o’quv yilda 

30 oliy o’quv yurtida 1001,3 ming va 1987-88 o’quv yilida 43 oliy o’quv yurtida 

300,3 ming talaba o’qidi. 

RSFSR  Ukrainadagi  pedinstitutlarda  rus  tili  va  adabiyoti  fakultetlariga 

O’zbekistonda  ko’plab  talabalarning  qabul  qilinishi  va  o’qitilishi  ham 

ruslashtirishning bir vositasi sifatida namoyon bo’ldi. 

                                                           

1

  Ўзбекистон  тарихи  (олий  ўқув  юртларининг  номутахассис  факултетлари  талабалари  учун  дарслик). 



Р.Ҳ.Муртазаеванинг умумий таҳрири остида. -Т.: Янги аср авлоди, 2003, - Б. 355-356. 


17 

 

Shu  yillar  mobaynida  respublikada  hunar-texnika bilim  yurti  tarmoqlari  ham 



kengaydi.  Umumta'lim,  o’rta  maxsus  va  oliy  o’quv  yurtlarida  ta'lim  tarbiya 

beruvchi  o’qituvchi-pedagog  kadrlar  soni  ham  bir  qadar  o’sdi.  Ammo  sovetlar 

hukumati  o’zining  mustamlaka  o’lkasi  hisoblangan  O’zbekistonda  ham  ma'noda 

mustaqil davlat manfaati va talablariga javob beradigan ta'lim-tarbiya siyosati olib 

bormadi.  Asosiy  e'tibor  mustamlakachilarga  tez  obro’  keltiradigan  qorni 

shishirilgan raqamlar o’suviga qaratildi, ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy o’zagini 

tashkil  etuvchi  mazmun  esa  mustamlakachilar  manfaatiga  xizmat  qilardi.  Milliy 

manfaat ikkinchi rejaga surildi. Bu borada andak bo’lsada o’z fikr-xulosalariga ega 

bo’lgan  maorif  xodimlari  qatag’on  qilindilar.  Bu  sovetlar  hukumatining  Milliy 

mustamlaka va qaram o’lkalarda yurgizgan siyosati mohiyatining tarkibiy qismidir. 

Sovetlar  mahfiy  xizmati  milliy  mustamlaka  va  qaram  mamlakatlardagi  o’z 

qo’g’irchoq hukumat boshliqlariga yuborgan «mutlaqo maxfiy» (Moskva, 06,1947, 

K  AAG`SS  113,  IK  (003)47)  buyrug’ida  xalq  ta'limi  va  oliy  ta'lim  masalasida 

quyidagicha  ko’rgazma  bergan  edi:  «Boshlang’ich  va  o’rta  maktablarda,  bundan 

ham avval, o’rta va oliy o’quv yurtlarida o’ta e'tibor qozongan o’qituvchilar ishdan 

chetlashtirilishi lozim  bo’ladi.  Ularning o’rniga biz tomonimizdan belgilanadigan 

kishilarni qo’yish kerak... 

Oliy o’quv yurtlariga shunday kishilarni qabul qilishga erishish kerakki, ular 

xalqning omi qatlamidan bo’lishsin va ularni mutaxassislik bo’yicha chuqur bilim 

olish  emas,  balki  faqat  diplom  qiziqtirsin»




Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin