O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti


Toshmuhammad  Alievich  Sarimsoqov



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix02.01.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#43296
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
ozbekistonda 1950-80 yillarda talim tizimi (1)

Toshmuhammad  Alievich  Sarimsoqov    1915  yilda  Andijon  viloyatning 

Shahrixon  tumanida  tavallud  topgan.  Toshkent  davlat  universitetining  fizika-

matematika fakultetida tahsil ko’rgan. Toshmuhamma  Alievich Sarimsoqov yirik 



33 

 

jamoat-davlat  arbobi  bo’lishi  bilan  birga  fizika-matematika  fani  sohasida 



O’zbekiston  shuhratini  uzoq-uzoq  o’lkalarga  taratgan  allomadir.  U  1938  yilda 

«Ikkinchi  tartibli  differentsial  tenglamalar  hollari  va  ba'zi  algebraik 

tenglamalarning asimptomik echimi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqladi. 

1941 yilda boshlangan urush tufayli harbiy xizmatga chaqirilgan Toshmuhammad 

Alievich  O’rta  Osiyo  harbiy  okrugining  Toshkentdagi  meteorologiya  qismida 

xizmat qildi. Bu erda o’zi uchun yangi soha bo’lgan sinoptik xaritani to’ldirish va 

uning ustida ishlash bilan shug’ullandi. 1942 yilda olim «Holatlari sanoqli bo’lgan 

tasodifiy protsesslarga oid» mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 

T.A.Sarimsoqov  juda  ko’plab  darsliklar  va  qo’llanmalar  muallifidir.  1968 

yilda  uning  «O’qituvchi»    nashriyotida  «Haqiqiy  o’zgaruvchining  funktsiyalari» 

darsligi  chop  etildi.  Bunga  qadar  hali  1954  yilda  allomaning  «Markov 

protsesslarining asosi» Moskvada chop etilgan edi. Bu qo’llanma 1982 yilda qayta 

nashr  etildi.  Bundan  tashqari  zahmatkash  olimning  «funktsional  analiz  kursi» 

darsligi 1980 yilda, «Kvantli ehtimollar nazariyasiga kirish» deb nomlangan yirik 

monografik asari 1985 yilda bosmadan chiqqan. 1989 yilda matbuot yuzini ko’rgan 

«Hayot dovonlari» deb nomlangan asar allomaning hayot xotiralari va esdalilklarni 

o’z ichiga oladi. 

Toshmuhammad Alievich yirik fan arbobi va alloma bo’lishdan tashqari juda 

katta  tashkilotchilik  qobiliyatiga  ega  edi.  1943  yildan  e'tiboran  bir  necha  bor 

uzilish  bilan  Toshkent  davlat  universitetida  rektor,  1946  yildan  O’zbekiston  FA 

Prezidenti,  1959  yildan  esa  O’zbekiston  oliy  va  o’rta  maxsus  ta'lim  vaziri 

lavozimlarida  ishladi.  U  qaerda  ishlamasin  xalq,  millat  baxti  va  ravnaqi  yo’lida 

halol mehnat qildi. 

O’zbekistonda  Kimyo  fanining  yirik  darg’alaridan  biri  so’zsiz  akademik 




Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin