Sodiqov Obid Sodiqovich edi. Uning rahbarligida Toshkent davlat universitetida
o’simliklar kimyosi kafedrasi (1946), Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi
institutida g’o’za kimyosi laboratoriyasi (1954) ToshDUda tabiiy birikmalar
kimyosi muammolari laboratoriyasi tashkil etildi. Bu laboratoriyalarda g’o’za
tarkibidagi moddalar, O’rta Osiyo yovvoyi o’simliklari tarkibidagi alkoloidlarni
34
muxofaza qilish sohasidagi katta ilmiy muammolar hal etildi. Alloma rahbarligida
O’rta Osiyodagi alkoloidli o’simliklar tekshirilib, 100 dan ortiq alkoloid ajratib
olindi, shulardan 70tasi yangi alkoloid bo’lib, ko’pchiligining tuzilishi va
konformatsiyasi aniqlandi. G`o’za bargi, chigiti, qobig’i, guli va g’o’zapoyadan
turli yuqori molekulali uglevodorodlar, spirtlar, sterinlar, triterpenlar, uglevodlar,
shuningdek A, E, R, G` kabi vitaminlar ajratib olindi. Ptakon kislota olishning
arzon usuli ishlab chiqilishi sun'iy jun (nitron) olish sanoatining rivojlanishiga
muhim hissa qo’shdi. Akademik Sodiqov o’z shogirdlari bilan bir qancha tabiiy
birikmalar: alkoloidlar, polifenollar, yog’ kislotalari, uglevodorodlar, fosfatidlar va
boshqalarni o’rganishda katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, g’o’za tarkibidagi
moddalar kimyosi va stereokimyosini o’rganishga katta e'tibor berildi. G`o’zadan
80 dan ortiq moddalar ajratib tekshirildi, bularning ko’pchiligi ilgari topilmagan
yangi moddalar edi. Olimning deyarlik barcha ilmiy tadqiqotlari faqat nazariy
jihatdan emas, balki xalq xo’jaligida ham katta ahamiyat kasb etdi. Limon, olma
kislotalari ajratib olishning yangi va arzon usuli yaratilib, ishlab chiqarishga joriy
qilindi.
1
Anabazis o’simligi alkoloidlarini ayrim-ayrim ajratib olish texnologiyasi
ishlab chiqildi. Ilmiy ishlarning ob'ektlarini to’g’ri tanlash, ularga metodik jihatdan
yondoshish, zamonaviy fizik-kimyoviy, kvant-kimyoviy usullarni qo’llash fizik,
organik, biologik kimyo sohasida qator masalalarni hal qilishga yordam berdi. Bu
kimyo fanining yangi sohasi-biorganik kimyo fanining vujudga kelishiga ma'lum
hissa qo’shdi.
Limon va olma kislotalari olish texnologiyasi sobiq Ittifoq davridagi Xalq
Xo’jaligi Yutuqlari ko’rgazmasining oltin medalini olishga sazovar bo’lgan edi.
Akademik Obid Sodiqov xalqaro ilmiy anjumanlarda O’zbekiston fani dovrug’ini
taratgan olimlardan. U 1956 yilda GDR, 1958 yilda AQSh, 1959 yillarda
Bratislava 1960 yil Frantsiya, 1964, 1967 yillarda Hindiston va boshqa erlarda
uyushtirilgan konferentsiyalarda ma'ruzalar bilan chiqdi.
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2- китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Илмий муҳаррир
М.Жўраев. -Т.: Шарқ, 2000 – Б.559
35
Akademik Sodiqov Obid Sodiqovich katta tashkilotchilik qobiliyatiga ham
ega edi. U qariyib 20 yil davomida O’zbekiston Fanlar Akademiyasini boshqardi.
Sovetlar hukumati 50-80 yillarda ham sotsialistik realizm bayrog’i ostida
adabiyot vositasi orqali kommunistik firqa mafkurasini va buyuk rus millatchiligi
g’oyasini ilgari surdi. Urushdan keyingi yillarda Kommunistik firqani, « buyuk rus
xalqi»ni, sovetlar hukmronligini ko’klarga ko’tarib maqtash masalasi adabiyotning
bosh va asosiy vazifasi edi. Shu boisdan ham bu davrda o’zbek ijodkorlaridan
G`.G`ulom, K.Yashin, R.Fayziy, A.Muxtor, Uyg’un, H.G`ulom, A.Qahhor.
Mirtemir va boshqalarning ijodida ushbu mavzu Markaziy o’rinni egallaydi.
Jumladan G`afur G`ulom (1903-1966) «Mening partiyam», «Lenin chashmasi»,
«V.I.Leninga», «Partiyaga ming rahmat», «Istiqbol qo’shig’i» kabi she'rlarida
Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug’bekday buyuk zotlarning jahoniy
ahamiyati Lenin tufayli sodir bo’lganligini yozadi. U Lenin tufayli O’zbekiston
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohada olamshumul tarixiy zafarlar kuchdi, deb jar
soladi. Holbuki, xalqimizning yuqorida nomlari tilgan olingan buyuk siymolarini
hali Lenin dunyoga kelmasdan necha-necha asrlar ilgari ham jahon ahli bilar va
qadrlar edi. Sovetlar hukumronligi yillarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy sohalarida erishgan muvaffaqiyatlari to’g’risida to’xtalmasa ham bo’ladi.
G`ofur G`ulom I.Stalin shaxsiga sig’inishning bevosita guvohi bo’lgan va
respublikada amalga oshirilgan qatag’onliklar, adolatsizliklar va nohaqliklarni o’z
ko’zi bilan ko’rgan adiblardandir. U o’z millatining bir ijodkor vijdonli vakili
sifatida shaxsga sig’inish yillarida bo’lib o’tgan dahshatli voqealarga munosabat
bildirish o’rniga xalq jallodiga bag’ishlab, «Iosif Stalin» odasini va shuning singari
o’nlab she'rlar bitdi. G`ofur G`ulom shu darajagacha borib etdiki, «Oktyabr,
Partiya, Lenin va rus xalqi bo’lmasa, o’zbek xalqi uchun «rangu hid qayoqda»
(Assalom»), deydi.
Shu bilan bir qatorda uning «Vaqt», «Sog’inish» singari mag’zi to’q she'rlari
ham maydonga kelgan edi.
Xuddi shunday yo’nalish yozuvchi va dramaturg Komil Yashin ijodiga ham
xosdir. U o’zining butun ongli ijodiy umrini Leninni, kompartiyani, sovetlar
36
tuzumini, rus xalqini maqtash, ularga madhiya va hamdu sanolar o’qishga sarfladi.
Ayni zamonda xalqimizning o’tmishini rangsiz bo’yoqlarda ifodaladi, mulkdorlar,
boylarni faqat bir tomonlama baholab ularni johil, savodsiz, xotinboz va maishiy
buzuq kishilar timsolida yoritdi. K.Yashinning «Yo’lchi yulduz» (1957), «Inqilob
tongi» (1974) va boshqa sahna asarlari bu fikrimizning yorqin dalilidir.
Sovetlar hukumronligi davridagi g’oyatda og’ir sharoitda ham xalq ijodkorlari
degan yuksak nomga dog’ tushirmagan milliy manfaatga xiyonat qilmagan ulug’
adiblar, yozuvchi va shoirlar anchagina bo’lgan. Ular xalqimizning o’tmish
tarixini, inqilobiy an'analari, sof sevgi muhabbat va milliy udumlarini badiiy ijod
vositasi ila tarannum etganlar. Biz bu o’rinda Oybek, O.Yoqubov, Shuhrat,
P.Qodirov, E.Vohidov, A.Oripov, Sh.Xolmirzaev, O’.Hoshimov, A.Ibrohimov,
X.To’xtaboev, O.Matjon, M.Boboev, X.Davron, G.Nurullaeva va boshqa o’nlab
yosh ijodkorlarni nazarda tutmoqdamiz. Ularning sa'y-harakatlari tufayli 50-80
yillarda bir qator to’la qonli badiiy jihatdan yuksak saviyadagi milliy ruh va g’urur
bilan sug’orilgan ajoyib asarlar yaratildi. M.Ismoiliyning «Farg’ona tong
otguncha», M.Shayxzodaning «Toshkentnoma» lirik poemasi, «Mirzo Ulug’bek»
tragedik dramasi, A.Qahhorning «O’tmishdan ertaklar», «Tobutdan tovush»,
O.Yoqubovning «Diyonat», «Ulug’bek xazinasi» va «Qo’hna dunyo»,
P.Qodirovning «Yulduzli tunlar», «X.To’xtaboevning Kasoskorning oltin boshi»,
O’.Xoshimovning «Bahor qaytmaydi», «Nur borki soya bor», Sh.Xolimirzaevning
«Qora kamar», I.Sultonning «Imon», X.G`ulomning «Toshbolta oshiq»,
A.Oripovning «Hakim va ajal», O.Matjonning «Beruniy», «Pahlavon Mahmud»,
E.Vohidovning «Oltin devor», va boshqa o’nlab asarlari ana shular jumlasiga
kiradi. Bu asarlar xalqimizga badiiy zavq-shavq bag’ishlabgina qolmasdan, ularga
juda katta ma'naviy ozuqa ham beradi, yoshlarimiz ongida xalqimizning o’tmish
tarixi bilan, ulug’ bobokalon avlod-ajdodlarimiz bilan faxrlanish va g’ururlanish
his-tuyg’usini shakillantiradi hamda ona vatanga mehr-muhabbatni yanada jo’sh
urushiga ko’maklashadi.
1
1
Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob); R. Shamsutdinov, Sh. Karimov – T.: Sharq, 2010, – B.
407-408.
37
70-80 yillarda badiiy ijodning she'rxonlik va g’azalxonlik yo’nalishida ham
buyuk qobiliyat egalari etishib chiqdi. Oybek, M.Shayxzoda singari qalam
sohibalarining ijodlariga yangi mazmun va sayqal bergan A.Oripov, E.Vohidov,
O.Matjon, Rauf Parfi, X.Davron, Azim Suyun, Gulchehra Nurillaeva va boshqalar
o’z she'rlarida Vatan va xalqqa sadoqatni, mehnatni ulug’lab, sof sevgi va
muhabbatni tarannum etdilar. Jumladan Maqsud Shayxzoda Vatanni, yurtni
ulug’lab uning go’zalligini va buyukligini kuylab:
Bu yurtning o’g’liman, onamdir o’lkam,
Bu yurtga eng so’lim qofiya-ko’klam.
Shunchalik pokiza, shunchalik ko’rkam,
Unga qancha sochsak she'rda gul-kam,
degan edi «Yurtim» she'rida.
60-80 yillarda o’zbek she'riyatida porlagan yulduzlardan biri Abdulla Oripov
(1941) bo’ldi. Uning birinchi she'rlar to’plami 1965 yilda «Mitti yulduz» nomi
bilan paydo bo’ldi. Shundan so’ng, shoirning «Ko’zlarim yo’lingda!» (1967),
«Onajon», (1969), «Ruhim» (1971), «O’zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot»,
«Yurtim shamoli» (1974), «Hayrat» (1979), «Hakim va ajal» (1980), «Najot
qal'asi» (1981), «Yillar armoni» (1983) va boshqa she'rlar to’plamlari bosilib
chiqdi. A.Oripov tom ma'noda xalq shoiri sifatida nom chiqardi va tanildi. U el,
millat, yurt dardi, tashvishi bilan yondi va ijod qildi. Biz Abdulla Oripov badiiy
faoliyatini ko’zdan kechirar ekanmiz, uning betakror ijodiy barkamolligi xalqi
bilan, millati va yurti taqdiri bilan hamnafas rivojlanib borganligini va tobora
teranlashganining guvohi bo’lamiz. Shoir eng og’ir qatag’onlik yillarida ham
xalqqa bor gapni, rostini aytishdan qo’rqmadi. Agar u «Toqat» she'rida:
Bozordan tutoqib qaytar uyga chol,
Go’sht qayda? Yog’ qani? Va'da so’zdami?
Kampiri xo’rsinib yupatar darhol,
-O’kingmang, taqchillik faqat bizdami?!
desa, bir to’rtligida:
Ho’kizning bo’yniga taqsang taqinchoq,
38
Tomosha ahliga bo’lgan ovunchoq.
Sen odam shaklida yurgan bir govsan,
Hayf senga na nishon, oddiy bir munchoq, deydi.
O’zining vatanparvar, elparvar va ayni paytda sof sevgi va muxabbatini
tarannum etuvchi serqirra lirik ijodi bilan xalq hurmatiga sazovar bo’lgan
g’azalnafis shoirlardan biri Erkin Vohidovdir (1936). Shoirda she'riyatga havas
juda erta, o’n besh yoshlardan boshlab uyg’ongan. 1990 yilga qadar Erkin
Vohidovning o’ndan ortiq she'riy va dostonlar to’plamlari matbuot yuzini ko’rdi.
Bular: «Tong nafasi», (1961), «Qo’shiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql»
(19630, «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1965), «Lirika» (1965), «Palatkada
yozilgan doston» (1967), «Yoshlik devoni» (1969), «Chirog’bon» (1970),
«Dostonlar» (1973), «Hozirgi yoshlar» (1971), «Muxabbat», «Tirik sayyoralar»
(1980), «Sharqiy qirg’oq» (1982), ikki jildlik saylanma-«Muxabbatnoma» va
«Sadoqatnoma» (1986), «Shoiru she'ru shuur» (1989) va «Kuy avjida uzilmasin
tor» kabilar xalqimizning eng sevib o’qiladigan asarlariga aylandi.
1946—1985 yillar orasida o‘zbek adabiyoti o‘z taraqqiyoti- ning murakkab va
turli bosqichlardan iborat davrini bosib o‘tdi. Bular Ikkinchi jahon urushidan
keyingi tiklanish yillarini (1945—1956); Stalin shaxsining fosh etilishi va
xrushchevcha «iliqlik» yillarini (1956—1964); «Rivojlangan sotsializm» g‘oyasi
olg‘a surilgan yillarni (1964—1985) o‘z ichiga olgan va har uchala bosqich shu
yillarda ro‘y bergan ijtimoiy voqealarga ko‘ra nomlangan bo‘lib, o‘zbek
adabiyotining taraqqiyot yo‘li va tamoyillari ham shu davrda turlicha ko‘rinishga
ega bo‘ldi.
O‘zbekiston adiblari urushdan keyingi mamlakatning haqiqiy ahvolini yaxlit
bilganliklari uchun ham ayrim shoir- larning lirik she’rlarida ma’yusona ohanglar,
yozuvchilarning ocherk va hikoyalarida mamlakat kechirayotgan qiyinchilik tas-
viri yo‘q emas edi. Partiya 1946—1948 yillarda san’at va ada- biyotga oid bir
necha qarorlar qabul qilib, yozuvchilarga voqe- liqsagi ijobiy ko‘rinishlar,
kishilarning xursandchilik holat- lari va kayfiyatlari haqida asarlar yozish, sovet
39
voqeligi uchun tipik bo‘lmagan nuqsonlar va qiyinchilik tasviridan qochish,
hayotni «gulgun» ranglar bilan aks ettirish vazifasi topshirildi.
Urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston YOzuvchilar uyushma- siga rahbarlik
qilgan va o‘z lavozimiga ko‘ra partiya da’vatiga «labbay» deb javob bergan Oybek
50-yillar arafasida «Oltin vodiydan shabadalar» romanini yozdi. Bu asar urush
tufayli xo‘jaligi izdan chiqqan kolxoz hayotining ayrim manzaralarini aks ettirdi.
Ammo roman nashr etilar-etilmas, taniqli munaqqid V.Zohidovning «SHarq
yulduzi» jurnali (1950 yil, 11 son) va «Qizil O‘zbekiston» (1950 yil 10, 15, 17
dekabr sonlari) gazetasida tanqidiy maqolalari e’lon qilindi.
O‘sha kezlarda sovetlar mamlakati bo‘ylab yangi qatag‘on pallasi boshlangan
bo‘lib, SHayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, SHuhrat, Said Ahmad, SHukrullo singari
yozuvchilarni «temir parda» orqasiga tashlashga ulgurilgan edi. Ana shunday
sharoitda V.Zohidovning «Oltin vodiydan shabadalar» romanini har tomonlama
yaroqsizga chiqargan maqolalari Oybek taqsirida fojiali rol o‘ynashi tabiiy edi.
Urushdan keyingi davrda Abdulla Qahhorning «Qo‘shchinor chiroqlari»,
Rahmat Fayziyning «CHo‘lga bahor keldi», Parda Tursunning «O‘qituvchi»,
Ibrohim Rahimning «Hayot buloqla- ri», Oybekning «Nur qidirib» qissa va
romanlari yaratilga- nini va o‘zbek adabiyotida bunday «mo‘l hosil» ilk marotaba
bo‘lganini alohida qayd etish joizdir. To‘g‘ri, bu asarlarning birortasini «O‘tgan
kunlar» (Abdulla Qodiriy) yoxud «Navoiy» (Oybek) bilan yonma-yon qo‘yish
mumkin emas. Lekin yaqinyaqingacha o‘zbek adabiyotining nochor sohasi bo‘lib
kelgan yirik nasrda miqdor o‘zgarishlari bo‘layotganining o‘ziyoq ijobiy hodisa
edi.
SHe’riyatda esa G‘afur G‘ulomning «Vaqt», «Soginish», Oybekning «Raisa»
singari mag‘zi to‘q she’rlari maydonga keldiki, ular ham, o‘z navbatida,
she’riyatimizning ertasiga umid uyg‘otmay qo‘ymasdi.
Ana shunday sharoitda kommunistlar partiyasining XX s’ezdi o‘tkazilib, unda
Stalin shaxsining fosh etilishi sovetlar mamlakati tarixiga «xrushchevcha iliqlik
yillari» deb kirgan yangi davr boshlandi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyati
shunda ko‘rindiki, N.S.Xrushchev, Stalin shaxsiga sig‘iiish davri il- latlarini fosh
40
etibgina qolmay, mamlakatda bir oz bo‘lsa-da, demokratik normalar tiklanishi,
inson huquqlari muhofaza- lanishi va boshqa ijtimoiy muhim hodisalar ro‘y
berishiga kafolat berdi. Qatag‘on etilgan yozuvchilarning tirik qolganla- ri
ozodlikka chiqarilib, ular boshiga tushgan kulfatlar ham matbuot sahifalarida
yoritila boshladi.
Sovet jamiyatida o‘ta qiyinchilik bilan bo‘layotgan ba’zi ijtimoiy o‘zgarishlar
ta’sirida Abdulla Qahhor 1967 yili, tavalludining 60 yilligiga bagishlangan yubiley
kechasida nutq so‘zlab, «Men partiyaning oddiy soldata emas, balki ongli
a’zosiman», degan so‘zlarni aytdi. Aslida, har bir insonning fuqarolik huquqlari
zamirida yotgan bu haqiqat kommunistik partiyaning Uzbekistondagi rahbarlari
nazarida partiyaga qarshi isyon shakkoklik edi. SHuning uchun ham ular Abdulla
Qahhorga bo‘lgan munosabatlari ni keskin ravishda o‘zgartirdilar. Uning asarlari
nashr va targ‘ib etilmay qo‘ydi. O‘sha kezlarda bosmadan chiqqan «YOshlar bilan
suhbat» kitobi esa taqiqlandi.
Umuman, siyosiy ta’qib va tahsid yana partiyaning san’at va adabiyotga
bo‘lgan siyosatining asosiy belgilaridan biri sifatida qayta tiklandi. 20-yillar
arafasida va keyin ham yashagan shoirlarning asosan Lenin, oktyabr va partiyani
olqishlovchi she’rlaridan iborat «Tirik satrlar» almanaxida CHo‘lponning «xavfli»
nomi tilga olingani uchun u kitob do‘konlaridan yi- gishtirib olindi. «O‘zbegim»
qasidasini yozgani va butun bir xalqning milliy uygonishiga turtki bergani uchun
Erkin Vo- hidov tahsid va tazyiqlar ostida qoldi. «Men endi kimga suyangayman,
birinchi muhabbatim» degan satrlari bilan go‘yo partiyaning ulugvor rolidan ko‘z
yumgani uchun Abdulla Ori- povning «Birinchi muhabbat» she’ri siyosiy xatodan
iborat deb topildi. Uning o‘sha davr «ruhiga» to‘g‘ri kelmagan «Jannatga yo‘l»
dramatik dostoni, butun umri davomida syyosiy nazorat ostida yashagan adib
Maqsud SHayxzodaning so‘nggi «Abu Rayhon Beruniy» tarixiy tragediyasi sirli
ravishda qo‘lyozma holida «yo‘qoldi». To‘g‘ri, Abdulla Oripovning asari
keyinchalik qaytarib berildi. Ammo SHayxzodaning yo‘qolgan asari hanuzgacha
topilgan emas.
Sovet jamiyatidagi ijodkorni haqorat etuvchi ana shunday voqealar adabiyot va
41
san’atning shu davrdagi taraqqiyotiga monelik qilmay qolmagan, albatta.
60-yillarning boshlariga kelib o‘zbek yozuvchilari sotsialistik realizm «ochiq
sistema»ga aylangandagina badiiy baquvvat asarlar berishiga ishongan edilar.
SHuning uchun ham adabiyoti- mizning iste’dodli vakillari I.Brejnev tomonidan
olga surilgan «rivojlangan sotsializm» g‘oyasini badiiy asarlari qatiga singdirishga
ortiqcha ehtiyoj sezmadilar. Faqat III.Rashidov va V.Zohidovning publitsistik
chiqishlaridagina bu «g‘oya» o‘z aksini topdi. SHuningdek, Asqad Muxtorning
«Amu» va Ibrohim Rahimning «Oqibat» romanlaridagi Afg‘oniston voqealari va
Rossiyaning noqoratuproq zonasidagi erlarning o‘zbek melioratorlari tomonidan
o‘zlashtirilishi tasvirlan- gan lavhalarda bu g‘oyaning bevosita aks-sadosi eshitilib
turdi.
60-yillarning ikkinchi yarmi va 70-yillarda yaratilgan o‘zbek adabiyotining eng
yaxshi namunalari mavjud tuzumga nisbatan muxolifat maqomida maydonga
kelgan. SHuning uchun ham bu davrda yozilgan aksar asarlar hali o‘z qimmatini
yo‘qotgan emas.
1
60-80 yillardagi adabiy jarayonda Omon Matjonning (1943) ham o’ziga xos
munosib o’rini bor. U 60-yillardan e'tiboran o’zining to’la qonli va teran she'riy
ijodi bilan matbuotda ko’rina boshladi. Shoir Omon Matjon 1970 yilda «Ochiq
derazalar». 1973 yilda «Karvon qo’ng’irog’i», 1977 yilda «Yonayotgan daraxt»,
1979 yilda «Yarador chaqmoq», «Haqqush qichqirig’i», 1983 yilda «Seni yaxshi
ko’raman», 1986 yilda «Gaplashadigan vaqtlar» va 1989 yilda chop etilgan «Ming
bir yog’du» she'riy to’plam va dostonlar muallifidir. Omon Matjon asarlarining
bosh mavzusi-Vatan, adolat, tenglik, tinchlik, muhabbat, hallollik va imondir.
Xullas, tarixiy an'anaga ko’ra 1946-1990 yillarda ham o’zbek badiiy
ijodiyotida qalam tebratgan va o’zining serqirra va sermazmun faoliyati bilan
xalqimizning ma'naviy madaniyatiga munosib hissa qo’shgan ulug’ farzandalri
behisob ko’p bo’lgan. 1993 yilda «Fan» nashriyotida S.Mirvalievning «o’zbek
adiblari» (Ixcham adabiy portretlar) risolasi bosildi. Unda 123 ijodkor haqida
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2- китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Илмий муҳаррир
М.Жўраев. -Т.: Шарқ, 2000 – Б.578-581
42
qimmatli ma'lumotlar beriladi, shundan 109 tasi 40-80 yillarda ham o’z ijodi bilan
el va yurtga tanilgan ulug’ adiblar va mutafakkirlardir.
Dostları ilə paylaş: |