Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zoro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan ketma-ketligi
Ushbu fan ya’ni “Jadidlarning ma`rifatchilik harakati” asosiy iqtisoslik fanlardan biri bo‘lib hisoblanib 2- semestrda o‘qitiladi.
Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasidagi boshqa Milliy g`oya.tarix fanlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda va mantiqiy rivojlanishda olib boriladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Jadidlarning ma`rifatchilik harakati ya’ni jadidlarning tarixda tutgan o‘rni va bu harakatning o‘ziga xos xususiyatlari bosqichma bosqich ilmiy nazariy metodologik asosda, tarixiylik ilmiylik, xolisona yondoshuv negizida o‘rganiladi.
Amaliy mashg‘ulotlar rejasi va adabiyotlar ro‘yxati talabalarga taqdim etiladi. Bu talabalar mustaqil tayyorlanib amaliy mashg‘ulotlarda munozara va savol javob tarzlarida o‘z bilimini namoyish etish imkonini beradi.
Ushbu fanning dolzarb masalalari bo‘yicha mavzular va adabiyotlar ro‘yxati talabalarga taqdim etiladi. Talabalar esa o‘z navbatida mustaqil tayyorlanib ilmiy referat va kurs ishi yozish bilan o‘z ilmiy malakaviy bilim darajasini namoyon etadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Talabalarning Milliy g`oya fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlardan hamda o‘quv xaritalaridan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda ularga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
“Jadidlarning ma`rifatchilik harakati” fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |