Tadqiqot maqsadi. Ushbu kurs ishida asosiy maqsad sifatida Yong’oqdoshlar oilasi vakillarining tuzilishi, o’ziga xos hususiyatlari, tarqalishi ekologiyasi, hamda tabiat va inson hayotida egallagan ahamiyati haqida chuqurroq o’rganishga belgilab olingan.
Ishning obekti. Gulli o’simliklar, xususan, namozssohmguldoshlar oilasi vakilllari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati.
Ishning ilmiy-amaliy ahamiyati. Kurs ishida Yong’oqdoshlarning tuzilishi, hayot tarsi, fiziologiyasi, ekologiyasi, o’ziga xos xususiyatlari hamda tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
I.BOB. MAGNOLIYATOIFA - MAGNOLIOPHYTA YOPIQ URUG‘LI - ANGIOSPERMAE YOKI GULLI O‘SIMLIKIAR — ANTHOPHYTA
Yopiq urug'lilar yuksak o‘simlikllarning boshqa toifalariga nisbatan yaxshi rivojlangan va moslashuvchandir. Bulardagi keskin farq gul tuzilishi, ko‘payish organlari strukturasining xususiyatlari va jinsiy jarayonning kechishiga bog‘liq.
Yopiq urug'lilar murakkab tuzilishi, tashqi muhitga yaxshi moslashishi, xilma-xilligi, turlarning ko‘pligi, tabiatda inson hayotida tutgan o‘rni jihatidan yer yuzida birinchi o‘rinda turadi. Yopiq urug‘lilar mezazoy erasining bo‘r davrida paydo bo‘lib, atrofga tez tarqalgan. Shu davrning boshlarida qurg‘oqchilikning kuchayishi, tuproqning isishi bilan yopiq urug‘lilar bunday o‘zgarishga moslashib borganlar.
Yopiq urug‘lilarning xarakterli belgilaridan biri - mevasidir. Meva maxsus organ bo‘lib, gulning urug‘chisidan yetishadi. Barcha urug‘li o‘simliklar urug‘- kurtakka ega. Yopiq urug'lilarning urug‘kurtaklari urug'chi tugunchasining ichiga yashiringanligi uchun tashqi muhitga yaxshi moslashgan. Urug‘chi - gulli o‘simliklarda evolutsiya jarayonida kelib chiqqan bir yoki bir necha megasporofillarning chetlari bilan birikib o‘sishdan hosil bo‘lgandir. (Mevachabarglarining qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘ladi). Urug‘kurtak urug'chi tugunchasining ichida joylashadi. Changlanish va urug‘lanish jarayonidan keyin urug‘chining tugunchasidan meva hosil bo‘ladi. Urug‘kurtak urug‘ga aylanadi. Urug‘kurtak mag‘zi - nutsellus deyiladi. Nutsellusning muhim strukturaviy xususiyatlaridan biri - ularda maxsus himoya qobig'i - integument (urug'kurtak qobig‘i) ning hosil bo‘lishidir.
Yopiq uruglilar gulli o‘simliklar dunyosida muhim o'rinni egallab, hozirgi vaqtda ular 533 oila, 13000 turkum va 250000, hatto 300 000 tagacha turni o‘z ichiga oladi. Demak, gulli o‘simliklar - hamma tuban. va sporali yuksak o‘simliklar qo‘shib hisoblanganda ham ustunlik qilar ekan.
Yer yuzining deyarli hamma hududlarida о‘sib, o'simliklar qoplamida muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida tuban va yuksak o‘simliklarning 50 mingga yaqin turi o‘sadi. O‘rta Osiyoda yuksak o‘simliklarning 8000 dan ziyod, O‘zbekistonda 4500 turi uchraydi. Gulli o‘simliklar boshqa o‘simliklarga qaraganda tashqi muhit sharoitiga yaxshi moslashganligi sababli ularda reproduktiv (hosil) va vegetativ organlar yaxshi rivojlangan. Urug‘kurtaklari mevacha barglari bilan qoplangan. Shuning uchun ham gulli o‘simliklar yopiq urug‘li o‘simliklar deyiladi. Ularning urug'i tashqi tomondan meva bilan o‘ralib turganligi uchun noqulay sharoitdan, ya’ni qurib qolishdan, hayvonlar va harorat ta’siridan himoya qiladi.
Eng qadimgi gulli o‘simliklar hasharotlar, shamol yordamida changlanadi. Gulli o'simliklar hayotida tugunchaning roli muhim hisoblanadi. Tuguncha - mevachabarglarning qo‘shilib o‘sishi natijasida hosil bo‘lib, undan meva hosil bo‘ladi. Yopiq urug’lilar ozuqani vegetativ organlardan qabul qiladi. Yopiq urug‘lilarda gametofit ochiq urug‘lilarga qaraganda ko‘proq reduksiyalanadi.
Gulli o‘simliklarning har xil sharoitga moslashib o‘sishi va hozirgi geologik davrning hukmron o'simligi bo‘lib qolishi sabablaridan biri ham - murtakni to‘qimadan tashkil topgan endosperm bilan oziqlanishidir. Gulli o‘simliklar 2 ta sinfga, bir va ikki pallalilarga bo’linadi.
Magnoliyatoifa o'simliklar - hozir yer yuzida o‘simliklar orasida ustunlik qilayotgan eng katta bo‘lim. Ular bir qancha aniq bel- gilari bilan o‘simliklar dunyosining boshqa vakillaridan farq qiladi.
1. Yopiq urug’lilarning urug‘i meva ichida bo‘ladi, shuning uchun bu o'simliklar “yopiq urug'lilar” deb ataladi.
2.Gullari changchi va urug‘chidan tashkil topgan. Gullari juda ham xilma-xil shaklda boiadi. Gulqo‘rg‘oni bor.
3.Changlanishi hamda urug‘ va mevalarning tarqalishi turli usullar - shamol, hasharotlar, qushlar, suv orqali amalga oshadi.
4.Qo‘sh urug‘lanish sodir bo‘lishi buning natijasida murtak (embrion) va endosperm hosil bo’ladi.
5.Yopiq urug‘lilarning urag‘kurtagi urug‘cha, tugunchasi me- vaga aylanadi. Mevalar mevacha barglarning himoyasida yetiladi.
6. Ular morfologik, anatomik jihatidan boshqa tipdagi o‘stmliklarga nisbatan juda murakkab tuzilgan.
7.Hayotiy shakli bo‘yicha ham xilma - xildir. Yopiq urug‘larning kelib chiqishi haqida hozirgacha aniq bir ma’lumotiar, yagona fikrlar yo‘q. Ba’zi botaniklar yopiq urug‘lilar ochiq urug‘lilardan kelib chiqqan deyishadi. Ayrim sistematik olimlar - yopiq urug‘larning dastlabki vakillari urug'li qirqquloqlar deb hisoblashadi.
Dostları ilə paylaş: |