IV.3. Qora yong‘oq (Juglans nigra L.)
IV.3. Qora yong‘oq (Juglans nigra L.) ning bo‘yi 45-50 m, diametri 1,5-2 m. Tanasi tik o‘sadi, qo‘ng‘ir-kul rangda, shox-shabbasi siyrak. 15-23 bargchalardan tuzilgan toq patsimon barglari spiral shaklda joylashadi. Barglarining chetlari har xil tishchali, orqasi tukli, o‘tkir uchli, urug‘chi gullari 2-5 tadan bo‘lib, shingil hosil qiladi. Mevasi sharsimon, o‘tkir uchli, yong‘og‘i qoramtir, shokolad rangli, bo‘yiga ezik, qobig‘i qalin, ustki tomoni cho‘tir. Urug‘i och-sariq rangda, urug‘pallasi qalin bo’lib, moyli, iste’mol qilinadi. Bu yong‘oq tez o‘sadi, to‘nkasidan ko‘karadi. U Shimoliy Amerikaning sharqiy hududlarida, Missisipi daryosi vodiylarida tarqalgan. MDH da ko‘p yerlarda ekiladi, tez o‘sadi. Sovuqqa chidamli. Toshkentda tez o‘sadi. Qora yong‘oq yorug‘sevar, tuproq tanlaydigan daraxt.
U daryo bo'ylaridagi nam tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. IV.2. Manjuriya yong‘og‘iga nisbatan qurg‘oqchilikka chidamli, 250 yil yashashi mumkin. Yog‘ochi qattiq, to‘q jigarrangda bo’lib, faner va cholg‘u asboblari ishlab chiqarishda hamda mashinasozlik sanoatlarida ishlatiladi. U tez chirimaydi, shuning uchun temir yoi shpallari ham ishlanadi. Mevasi moyli va hidli, yupqa po‘stli navlari ham bor. Qora yong‘oq yog‘och tayyorlash uchun hamda xushmanzara daraxt sifatida ekiladi. Kul rang yong‘oq (Juglans .cinerea L.) katta daraxt, po‘stlog‘i bo‘yiga yorilgan, kul rangda. Novda kurtaklari va barglari tukli. Barglari toq patsimon, bo‘yi 50-70 sm, undagi bargchalaming cheti mayda tishchali. Urug‘chi gullari 6-8 tadan bo’lib joylashib, to‘p gul hosil qiladi. Mevasi cho‘zinchoq, yong‘og‘i o‘tkir uchli, qo‘ng‘ir jigarrangda, cho‘tir. Urugi mayda, lekin sermoy. Bu yong‘oq Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida tarqalgan. MDH da xushmanzara daraxt sifatida ekiladi, sovuqqa chidamli, soyasevar.
U o‘rmon va o‘rmon-dasht mintaqalarida yaxshi o‘sadi. Yer tanlamaydi. Qurg‘oqchilikka chidamsiz. U 75 yil yashashi mumkin. Po‘stlog‘ida tannid moddasi bor, undan novvoti rang bo‘yoq tayyorlanadi. Yong‘og‘i sermoy bo‘lib, tez buziladi, ya’ni taxir bo‘lib qoladi. Yog‘ochi jigarrangli, texnikaviy xossasi yaxshi, undan faner va boshqa duradgorlik asboblari ishlanadi. O‘rmonlami yangilash va tuproqni yuvilib ketishidan saqlash uchun ekish tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |