O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/57
tarix18.11.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#69724
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

To„liq induksiya induktiv xulosa chiqarishning shunday turiki, unda birorta 
belgining ma‟lum bir sinfga mansub har bir predmetga xosligini aniqlash 
asosida, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun umumiy belgi ekanligi 
haqida xulosa chiqariladi. 
To„liq induksiya predmetlarning kichik sinfiga, elementlari yaqqol 
ko„zga tashlanib turadigan, miqdor jihatdan cheklangan yopiq sistemalarga 
nisbatan xulosa chiqarishda ishlatiladi. Masalan, Quyosh sistemasiga 
kiruvchi planetalar, NATOga a‟zo davlatlar, birorta shaharda joylashgan 
korxonalar va shu kabilar haqida xulosalarni to„la induksiya yo„li bilan 
olish mumkin. Xususan, Quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar 
harakatining yo„nalishi soat strelkasi harakati yo„nalishiga teskari ekanligi 
haqidagi xulosa aynan ana shu usul yordamida hosil qilinadi. Xuddi 
shuningdek, “Barcha metallar elektr tokini o„tkazadi”, “NATOga a‟zo 
davlatlar shu tashkilotning ustaviga rioya qiladilar”, “Toshkent shahridagi 
barcha korxonalar elektr energiyasi bilan to„la ta‟minlangan” kabi umumiy 
hukmlar orqali ifoda qilingan xulosaviy bilimlar ham to„liq induksiyani 
qo„llash asosida shakllanadi. 
To„liqsiz induksiya shunday ehtimoliy xulosa chiqarish turiki, unda 
birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga 
(bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligini) aniqlash asosida, shu 


47 
belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos 
emasligi) haqida xulosa chiqariladi. 
To„liqsiz induksiyada fikrimiz, xuddi to„liq induksiyadagidek, 
juz‟iylikdan (yakkalikdan) umumiylikka, kamroq umumiylashgan 
bilimdan ko„proq umumiylashgan bilimga qarab harakat qiladi. Lekin 
unda, to„liq induksiyadan farqli o„laroq, xulosa kuzatish, tajriba davomida 
qayd etilmagan, o„rganilmagan predmetlarga ham tegishli bo„ladi. 
To„liqsiz induksiyaning evristik mohiyati aynan ana shundadir. 
To„liqsiz induksiyada xulosaviy bilimning empirik asosi to„liq 
aniqlanmaydi, ana shuning uchun ham undagi amalga oshirilgan 
umumlashtirish to„liqsiz bo„ladi.
Kishilarning kundalik hayotiy tajribasiga asoslangani, sog„lom aql 
yuritishga xos xususiyatlarni o„zida mujassamlantirgani uchun ham xulosa 
chiqarishning bu usulini ommabop induksiya deb atashadi. 
Ommabop induksiyaning muhim xislatlaridan biri kuzatilayotgan 
hollarga zid bo„lgan holning yo„qligiga ishonch hosil qilishdir. Ya‟ni, 
bunda birorta belgining berilgan sinf predmetlarining bir nechtasida 
takrorlanishini qayd etish bilan cheklanmasdan, ularga zid bo„lgan holning 
yo„qligi ham aniqlanadi. Bu, odatda ommabop induksiya asosida qat‟iy 
xulosaga kelishdan oldin “Shoshmay turchi, qani, yana bir tekshirib 
ko„raylik!”, degan fikrga suyanib ish qilishga undaydi, “Yetti o„lchab, bir 
kesish”ga chaqiradi. Ana shuning uchun ham ommabop induksiyani xalq 
donishmandligining namoyon bo„lishi turlaridan biri, deb aytish mumkin. 
Masalan, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar oldidan 
okruglardagi deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarning mavqelari 
haqida saylovchilarning bir qismining fikrini bilish (masalan, so„roq 
o„tkazish yo„li bilan) asosida muayyan xulosalarga kelish mumkin. Bu 
misollarda muhokama ommabop induksiya sxemasi bo„yicha qurilgan. 
Kundalik hayotiy tajriba, sog„lom aql ilmiy bilishning boshlang„ich 
asosi sifatida uning qo„yadigan dastlabki qadamlarini, harakat 
yo„nalishlarini aniqlashga yordam beradi. Xususan, fan o„z taraqqiyotining 
dastlabki bosqichida empirik tadqiqotlar o„tkazadi: obyekt ustida 
o„tkazayotgan tajriba, kuzatish davomida to„plangan faktlarni tasvirlaydi, 
klassifikatsiya qiladi, takrorlanib turuvchi xususiyatlarni aniqlaydi, 
induktiv umumlashmalar shaklidagi empirik qonuniyatlarni shakllantiradi. 
Bu esa, o„z navbatida o„rganilayotgan obyekt haqida turli xil gipotezalar 
qurishga, hodisalarni oldindan ko„rishga, ilmiy bashoratlar qilishga 
yordam beradi. 


48 
Shuni aytish kerakki, ommabop induksiyaning xulosasi bilish subyekti 
uchun qulay faktlarni sanab ko„rsatishga asoslanganligi bois, ehtimoliy, 
taxminiy fikr bo„lishdan yuqoriga o„ta olmaydi. U qo„shimcha 
tekshirishlar o„tkazishni, mavjud holatlar va hollarda predmet tabiatining 
o„zgarishini aniqlashtirishni taqozo etadi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin