O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/57
tarix18.11.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#69724
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

I. Tezisni rad etish 
Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud: 
1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda 
bo„lib o„tgan voqealarga, statistik ma‟lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. 
Masalan: “Ekologik muammolar inson omiligiga bog„liq emas” degan 
tezisni rad etish, ya‟ni uning noto„g„ri ekanligini isbotlash uchun bir qator 
faktlarga asoslanamiz. Orol suvining rejasiz ishlatilishi, turli qurollar
raketalar sinovi tufayli ozon qatlamining yemirilishi, tabiiy zaxiralar va 
ichimlik suvidan ko„r-ko„rona foydalanish, o„rmonlarning yo„qolib ketishi, 
okeanlarning ifloslanishi kabi dalillarni keltirib, tezisni rad etamiz. 
2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini ko„rsatish orqali 
rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning to„g„ri emasligi 
asoslab beriladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha to„g„ri deb tan olinadi, 
undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, 
noto„g„ri ekanligi isbotlanadi.
3. Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga 
zid bo„lgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno 
qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib 
chiqariladi.
II. Argumentlarni rad etish. 
Tezisni isbotlash uchun keltirilgan argumentlarning xatoligi yoki
yetarli emasligi aniqlanadi. 
Raddiyada tezisning xatoligini isbotlash bilan argumentlarning 
xatoligini isbotlash o„rtasida farq bor. Chunki, argumentlarning xatoligidan
tezisning noto„g„riligi hamma vaqt ham kelib chiqavermaydi, bunda 
asoslar noto„g„ri, lekin tezis to„g„ri, haqiqiy bo„lishi mumkin. 
Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab 
beriladi. 
III. Demonstratsiyani rad etish. 
Rad etishning bu usulida isbotlashda yo„l qo„yilgan xatolar aniqlanadi. 
Bunda rad etilayotgan tezis chinligining, uning asoslash uchun keltirilgan 
argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash 


61 
usulida yo„l qo„yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta 
isbotlash talab qilinadi. 
Rad etishning yuqorida ko„rsatilgan usullari ko„pincha birgalikda, bir-
birini to„ldirgan holda qo„llaniladi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin