62
mavjud bo„lganligi, ularning yagona davlatga birlashishidan avval
qandaydir voqealarning sodir bo„lganligi haqida ma‟lumot berilgan.
Ikkinchidan, savolda mavjud bo„lgan bilim noaniq bo„ladi. Yuqorida
keltirilgan misolda yagona nemis davlati – GFR haqida ma‟lum bir
ma‟lumot mavjud bo„lsa-da, u fikrlash predmetini tushunish uchun yetarli
emas. Shuning uchun ham savol qo„yish va unga javob qidirish yo„li bilan
yagona nemis davlatining paydo bo„lish shart-sharoitlari haqida bilim hosil
qilinishi zarur. Uchinchidan, savolda predmet haqida to„laroq bilimga ega
bo„lish ehtiyoji o„z ifodasini topadi.
Ana shundan kelib chiqib,
savol bilimlarimizdagi noaniqliklarni,
shubhalarni yo„qotish hamda aniqroq va to„laroq bilimlar hosil qilishga
bo„lgan ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan fikrlash vositasidir, deb
aytishimiz mumkin.
Savollarning bir qancha turlarini farq qilsa bo„ladi. Xususan,
savol
o„zining asosiga ko„ra to„g„ri va noto„g„ri qo„yilgan savollarga bo„linadi.
Bilishdagi funksiyasi bo„yicha aniqlovchi va to„ldiruvchi savollarni
ajratish mumkin. “O„zbekiston Markaziy Osiyoda joylashganmi?” degan
savol aniqlovchi savol, “O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon
qabul qilingan?” to„ldiruvchi savol hisoblanadi.
Strukturasiga ko„ra oddiy va murakkab savollar mavjud. Agar tarkibida
boshqa savol bo„lmasa, oddiy savol, bo„lsa murakkab savol deb yuritiladi.
Masalan, “Suv necha gradusda muzlaydi?” – oddiy savol, “Assimilyatsiya
va dissimilyatsiyalar organizmning mavjud bo„lishida qanday o„rin
tutadi?” – murakkab savoldir.
Savolni to„g„ri qo„yish uchun ma‟lum bir qoidalarga rioya etish
zarur:
1. Savol til talablariga javob berishi kerak.
2. Savol aniq, ravshan, qat‟iy holda ifoda qilingan bo„lishi kerak.
3. Savolning asosi chin hukmlardan iborat bo„lishi kerak.
Masala – savolning alohida bir turi bo„lib, uni hal qilish savolning
asosini mantiqan o„zgartirishni, yetishmayotgan ma‟lumotlar bilan
to„ldirishni, muhim tomonlarini ajratishni, muhim bo„lmaganlarini
chiqarib tashlashni taqozo etadi.
Muammo – javobi bevosita mavjud bilimda bo„lmagan va yechish usuli
noma‟lum bo„lgan savoldir.
Shuning uchun ham muammoni qo„yish va
hal qilish mavjud bilimlar
doirasidan chetga chiqishni, yangicha yechish usuli, metodlarini qidirishni
taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni muhokama
63
qilishning xarakterini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz ehtiyojlari belgilab
beradi.
Bilish jarayonida ma‟lum bir
ziddiyatlar, birinchi navbatda, mavjud
bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qilish
zaruriyati o„rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo bo„ladi.
Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni
hal qilishda, fanda esa, tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo„ladi.
Muammoni to„g„ri qo„yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur
qilishning o„zi yetarli emas. Buning uchun muammoni hal qilishning turli
xil usullari va vositalarini ham oldindan ko„ra bilish kerak.
Muammolarni qo„yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bilimlari va
talanti muhim ahamiyatga ega bo„ladi. Shuning uchun ham, odatda ko„p
hollarda yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu sohasining yirik
mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur
bilimli olimlari tomonidan
ilgari suriladi hamda ular ba‟zan uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi.
Muammoli vaziyatni analiz qilishga turli xil munosabatda yondashish
mumkin bo„lganligi uchun ham, hal qilinishi lozim bo„lgan vazifa turli xil
muammolar tarzida bayon qilinishi mumkin. Bunda ba‟zi muammolar
asosiy vazifani ifoda qilsa, ba‟zilari bu vazifaning ayrim tomonlarini aks
ettiradi va shuning uchun ham juz‟iy xarakterga ega bo„ladi. Ko„p hollarda
bir-biri bilan bog„lanib ketgan mana shunday juz‟iy muammolar hal
qilingandan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va yechish
imkoniyati vujudga keladi.
Muammoni hal etish jarayonida ma‟lum bir gipotezalar ilgari suriladi va
asoslanadi. Shuni alohida qayd qilib o„tish kerakki,
muammoning
yechilishi nisbiy xarakterga ega. Boshqacha aytganda, muammoning
mutlaq to„la yechimini topish qiyin. Chunki o„rganilayotgan hodisaning
barcha tomonlarini qamrab olib bo„lmaydi. Shuning uchun ham ilmiy
izlanish davomida yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bo„lib, u
mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo etadi.
Ba‟zi hollarda muammolarning yechimini uzoq vaqtgacha topib
bo„lmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o„rganish bilan bog„liq
muammo hozirgacha to„la hal bo„lmagan.
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay yechimiga ega emas, degan
fikrni bildirmaydi,
balki ularni mavjud metodlar, vositalar yordamida
yechib bo„lmaslikni ko„rsatadi, xolos va shu tariqa yechishning yangi
vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal qilinmaguncha
ilmiy izlanish davom etadi.