47
belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos
emasligi) haqida xulosa chiqariladi.
To„liqsiz induksiyada fikrimiz, xuddi to„liq induksiyadagidek,
juz‟iylikdan (yakkalikdan)
umumiylikka, kamroq umumiylashgan
bilimdan ko„proq umumiylashgan bilimga qarab harakat qiladi. Lekin
unda, to„liq induksiyadan farqli o„laroq, xulosa kuzatish, tajriba davomida
qayd etilmagan, o„rganilmagan predmetlarga ham tegishli bo„ladi.
To„liqsiz induksiyaning evristik mohiyati aynan ana shundadir.
To„liqsiz induksiyada xulosaviy bilimning empirik asosi to„liq
aniqlanmaydi, ana shuning uchun ham undagi amalga oshirilgan
umumlashtirish to„liqsiz bo„ladi.
Kishilarning kundalik hayotiy
tajribasiga asoslangani, sog„lom aql
yuritishga xos xususiyatlarni o„zida mujassamlantirgani uchun ham xulosa
chiqarishning bu usulini
ommabop induksiya deb atashadi.
Ommabop induksiyaning muhim xislatlaridan biri kuzatilayotgan
hollarga zid bo„lgan holning yo„qligiga ishonch hosil qilishdir. Ya‟ni,
bunda birorta belgining berilgan sinf predmetlarining bir nechtasida
takrorlanishini qayd etish bilan cheklanmasdan, ularga zid bo„lgan holning
yo„qligi ham aniqlanadi. Bu, odatda ommabop induksiya asosida qat‟iy
xulosaga kelishdan oldin “Shoshmay turchi, qani, yana bir tekshirib
ko„raylik!”, degan fikrga suyanib ish qilishga undaydi, “Yetti o„lchab, bir
kesish”ga chaqiradi. Ana shuning uchun ham ommabop induksiyani xalq
donishmandligining namoyon bo„lishi turlaridan biri, deb aytish mumkin.
Masalan, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar oldidan
okruglardagi
deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarning mavqelari
haqida saylovchilarning bir qismining fikrini bilish (masalan, so„roq
o„tkazish yo„li bilan) asosida muayyan xulosalarga kelish mumkin. Bu
misollarda muhokama ommabop induksiya sxemasi bo„yicha qurilgan.
Kundalik hayotiy tajriba, sog„lom aql ilmiy bilishning boshlang„ich
asosi sifatida uning qo„yadigan dastlabki qadamlarini, harakat
yo„nalishlarini aniqlashga yordam beradi. Xususan, fan o„z taraqqiyotining
dastlabki bosqichida empirik tadqiqotlar o„tkazadi:
obyekt ustida
o„tkazayotgan tajriba, kuzatish davomida to„plangan faktlarni tasvirlaydi,
klassifikatsiya qiladi, takrorlanib turuvchi xususiyatlarni aniqlaydi,
induktiv umumlashmalar shaklidagi empirik qonuniyatlarni shakllantiradi.
Bu esa, o„z navbatida o„rganilayotgan obyekt haqida turli xil gipotezalar
qurishga, hodisalarni oldindan ko„rishga, ilmiy bashoratlar qilishga
yordam beradi.
48
Shuni
aytish kerakki, ommabop induksiyaning xulosasi bilish subyekti
uchun qulay faktlarni sanab ko„rsatishga asoslanganligi bois, ehtimoliy,
taxminiy fikr bo„lishdan yuqoriga o„ta olmaydi. U qo„shimcha
tekshirishlar o„tkazishni, mavjud holatlar va hollarda predmet tabiatining
o„zgarishini aniqlashtirishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: