Ilmiy rahbar: A.Xasanov Farg’ona davlat universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi Jismoniy tarbiya yo’nalishi tinglovchisi: Saminov Doniyor Muhammadjonovichning “Jismoniy tarbiyada sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish” mavzusidagi malaka ishiga TAQRIZ O’zbekiston mustaqillikka erishgach, hayotimizning barcha jabhalarida bo’lganidek, ta’lim tizimmida ham islohotlar yo’lga qo’yildiki, bunda ta’lim tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarni olib kirish, ta’limni kompyuterlashtirish muommolarini xal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tinglovchi Saminov Doniyor Muhammadjonovichning “Jismoniy tarbiyada sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishida Jismoniy tarbiya darslarida uzviylikni ta’minlash, yondosh fanlar bilan bog’lab o’tish, kompetensiyaga e’tibor berish ilmiy amaliy ahamiyatga ega ekanligi, mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ob’yekti, predmeti, vazifalari, metodlari talab darajasida yoritilgan. Malakaviy ishi 2 bob, 8 bo’lim, kirish va xulosa qismlaridan iborat. Malaka ishining dolzarbligi, maqsadi va vazifalar, ikkinchi bobida, kasb-hunar maktablarida sinfdan tashqari ishlar, uchinchi bobida, kasb-hunar maktabi sport seksiyalari va musobaqalar tashkillash metodikasi kabi mavzular yoritib berilgan. Tinglovchi ishni yozish jarayonida internet ma’lumotlariga doir adabiyotlarni keng ko’lamda tahlil qila olgan. Shu jihatdan ishni sifatiga ijbiy ta’sir ko’rsatgan. O’z o’rnida shuni qayd etish lozimki, mazkur bitiruv ishi ayrim uzviy kamchiliklardan holi emas. Masalan, ishni yoritishda xorijiy tillardagi adabiyot-lardan keng foydalanilganda ishning sifati yanada oshgan bo’lar edi. Lekin bitiruv ishini umum saviyasiga salbiy ta’sir ko’rsatmaganligini inobatga olgan holda mazkurbitiruv ishini ijobiy baholab, himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi: D.Norqulov