O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


MJTJsining ommaviy-tashkiliy ishlar komissiyasi faoliyatining mazmuni



Yüklə 441,5 Kb.
səhifə4/21
tarix09.06.2023
ölçüsü441,5 Kb.
#127547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
D.Saminov

1.2. MJTJsining ommaviy-tashkiliy ishlar komissiyasi faoliyatining mazmuni

Ommaviy tashkiliy ishlarga komissiya raisi va uni a’zolaridan tashqari jamoa kengashining raisi boshlovchilik qilishi odatga aylangan.


Chunki jamoaning foliyatini yo‘lga qo‘yish asosan ommaviy-tashkiliy ishlar bilan bog‘liq. Ommaviy tashkiliy ishlar turli tuman va o‘ta qiziqarli.
Jamoada komissiyani boshqaruvchi o‘quvchi yoshlar yordamida: jamoa uchun aktiv (faollar) tanlash; ularni joy joyiga qo‘yish; ularni o‘qitish uchun seminarlarni uyushtirish; maktabning boshqa jamoatchi tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatish; hamkorlik qilish; ota-onalar qo‘mitasi; otaliq tashkilotlar, homiylar va vasiylarni topish va ular bilan aloqani yo‘lga qo‘yish; maktabning jismoniy madaniyati va sportiga oid tadbirlarni rejalashtirish, tashkillash va o‘tkazishda vazifalarni boshqa komissiyalarga o‘rinli taqsimlash; jamoa faollariga o‘rinbosarlarni topish va tayyorlash, boshqa komissiyalarda ularni stajirovkasini yo‘lga qo‘yish; radio, gazeta, devoriy gazeta, mahalliy matbuot, radio-televideniyada targ‘ibot-tashviqot ishlari komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, tashkiliy ishlarga amaliy yordam berish; «Alpomish» va «Barchinoy» testi bo‘yicha, o‘quv-sport ishlari, xo‘jalik ishlari komissiyalarining faoliyatini kengash muhokamasiga tayyorlash masalalari bilan shug‘ullanadi; sinf faollari, sinflardagi sport ishlarini tashkillash; sport tayyorgarligi, musobaqalar, sport sek-siyalari va to‘garaklari faoliyatini nazorat qilish va undagi tash-kiliy masalalar; sport burchaklari, rekordlar doskasi, jamoaning faxriy kitobini yuritilishini nazorat qilish; o‘quvchi sportchilar klassifikatsiyasini oshirish musobaqalari, o‘rtoqlik uchrashuvlari; suhbatlar, kechalar, uchrashuvlar tashkillash; sinf jismoniy tarbiya tashkilotchilarini tayyorlashni tashkillash; «Alpomish» va «Barchinoy» testi faollarini tayyorlashni nazorati; sinflar, parallel sinflarni jismoniy tarbiya jamoasini boshlang‘ich tashkilotlarining hisobot saylov yig‘ilishlarini uyushtirish; MJTJning yillik hisobot saylov yig‘ilishlarini tashkillash va o‘tkazishdek tashkiliy hamda omma bilan ishlashdek qator faoliyatlarni amalga oshiradi.
Jamoatchi yo‘riqchi, sport hakamlarini tayyorlashni rejalashtiradi; sport seksiyalari kengashi yoki byurolari faoliyatini nazoratini olib boradi.

Yüklə 441,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin