O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Jismoniy madaniyat va sportni targ‘ibot va tashviqot komissiyasining faoliyati mazmuni



Yüklə 441,5 Kb.
səhifə9/21
tarix09.06.2023
ölçüsü441,5 Kb.
#127547
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
D.Saminov

1.4. Jismoniy madaniyat va sportni targ‘ibot va tashviqot komissiyasining faoliyati mazmuni
Maktabda jismoniy madaniyat va sportni targ‘ibot-tashviqot komissiyasiga aktiv o‘quvchilardan tashqari sinflarning rahbarlari, rasm, chizmachilik, fizika, ona-tili va adabiyoti va boshqa fanlarning o‘qituvchilari, «Mohir qo‘llar», «Havaskorlik to‘garaklari»ning rahbari va a’zolarini kiritilishi maqsadga muvofiq. Chunki targ‘ibot-tashviqot ishlarining sifati va samaradorligi darajasi yuqorida qayd qilingan pedagog va o‘quvchilarning faolligiga bog‘liq.
Bu komissiyada ham vazifalar oldingi komissiyalarnikidek taqsimlanadi: rais, kotib (kotiba) devoriy gazetalar uchun mas’ul (rais redaktor bo‘lishi mumkin); sport bayramlari va kechalari, quvnoqlar va zukkolar uchrashuvlarini tayyorlovchi va ssenariylarini yozuvchi mas’ullar (sog‘lomlashtirish ishlari komissiyasi a’zolari bilan uzviy aloqada); musobaqalar, bayramlarni o‘tkazish joylarini jihozlovchilar (dizaynerlar); sport jurnallari va gazetalarni sharhini tayyorlab jismoniy tarbiya burchagiga iluvchilar; maktab sport hayotining izohlovchi suratlar montaji, sport byulletenlari, e’lonlar uchun mas’ullar; sport kunlari, salomatlik kunlari, ommaviy krosslar masofalarini aniqlovchi va marshrutni tanlovchilar; hujjatli badiiy sport filmlarini, audio-video filmlarni namoyish qiluvchilar va hokazolardek vazifalar taqsimlanishi mumkin. Ayniqsa, ota-onalar komissiyasi bilan bu komissiyaning faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘quvchi yoshlar orasida jismoniy madaniyatni targ‘iboti va tashviqotida muhim vosita bo‘lishi mumkin. Ota-onalar ishtirokida sport, jismoniy taryorgarlik, jismoniy rivojlanganlik holatini namoyish qilish bilan o‘tkaziladigan majlislarning, suhbatlarning targ‘ibot-tashviqotdagi ahamiyati katta.
Targ‘ibot va tashviqot komissiyasi jamoa rassomlarini va suratchilarini, maktabning, oylik sport gazetasi tahririyatini, «Xaftalik sport» radiogazetasining faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. Devoriy matbuot, radio, fotovistavkalar yordamida sinflar, maktabning tuman, shahar o‘quvchilari va mamlakatimizdagi hamda dunyo sportidagi yutuqlari va muvaffaqiyatlarini targ‘ib qiladi. Vaqti-vaqti bilan sport gazetalari va jurnallarining sharxini e’lon qiladi. Sport seksiyalari byurosi orqali suhbatlar, sport kinofil’mlari va kinojurnallarining muhokamasini hamda o‘quvchilar orasida tushuntirishlar olib boradi.
Ommaviy-tashkiliy ishlar komissiyasi bilan birgalikda yuqori malakali sportchilar bilan uchrashuvlar, viktorinalarni sport bayramlari, sport kechalarini tashkillaydi, sport mavzusida quvnoqlar va zukkolar uchrashuvlarini ko‘rgazma tarzidagi chiqishlarni o‘tkazadi.
Jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot qilish uchun sport shuhrati stendlari, maktab jismoniy tarbiya jamoasining «faxriy kitobi», sport burchagi, rekordlar doskasi va h.k.larni tashkillaydi. Shahar, viloyat teleradio va mahalliy matbuotdan foydalaniladi. Sport, sog‘lom turmush tarzi, mashg‘ulotlarning mohiyati haqida mutaxassislar tajribasini ommalashtiradi, ma’ruzalarini tashkillaydi.
Targ‘ibot, tashviqotning yyetakchi shakllaridan biri hozirgi kunda sport musobaqalari ekanligi o‘zining isbotini talab qilmaydi. Musobaqalarni o‘tkazishdagi muhit, uni bayramga aylanishi uchun oldindan ko‘riladigan taraddudni jonli bo‘lishi, shiorlar, turli rangli bayroqlar, musobaqa boshlanish kunini aytib turuvchi ko‘rgazma, jamoalarni sport formasi, uni musobaqa qoidalari talabida tayyorlash, jamoalarning ishqibozlarini tayyorgarligi, o‘zaro muloqoti, xullas, bayram aurasi o‘quvchilar hayotida jonlanishni yuzaga keltiradi. Ayniqsa, jamoalarning musobaqa oldi o‘rtoqlik uchrashuvilari, nazorat sifatidagi bellashuvlarning tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytiradi, qayd qilingan komissiya tarkibidagilar yoki ularning faollari o‘z faoliyatlari bilan bo‘lajak jurnalistlar, shoirlar yoki yozuvchilar, fotomuxbirlar, jihozlash (dizayn) mutaxassislari, suhandonlar, davrani va sport jamoasini boshqaruvchi-yetakchilar, sport hakamlari, sport murabbiylaridek va boshqa qator kasblarni boshlang‘ich malakalarini egallaydilar, kasb tanlash uchun imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Targ‘ibot-tashviqotning turli shakllarini olib borish malakalariga ega bo‘ladilar. Biz quyida ushbu komissiyaning o‘quv yilining I choragi uchun taxminiy ish rejasini 5-chizmada tavsiya qildik.

Yüklə 441,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin