O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Yüklə 472 Kb.
səhifə40/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Moddaning gaz holati. k> >> Ep min da modda gaz holatida bo'lib, molekulalari juda katta tezliklar bilan harakat qiladi va bir-biridan o'z o'lchamlariga nisbatan ancha katta masofalarda bo'ladi. Molekulalar orasida o'zaro tortishish kuchi qariyb nolga teng. Shuning uchun ham ular erkin harakat qiladi va o'zlariga ajratilgan hajmni to'la egallaydi, istalgancha siqiladi. Gazning bosimi molekulalarning devoriga urilishining natijasidir. Bu urilishlarda devorlarga impuls beriladi va natijada gazning bosimi vujudga keladi.
Moddaning suyuq holati. Bu agregat holatdagi moddalar moleku­lalari bir-birlari bilan ancha mustahkam bog'langan. Ular, asosan ma'lum muvozanat holat atrofida tebranma harakat qiladi. Molekulalar orasidagi itarish kuchi juda ham katta, shuning uchun ham suyuqliklarni qariyb siqish mumkin emas. Ammo suyuqlik qizitilganda molekulalarning kinetik energiyalari ortib, tortishish kuchlarini uzib chiqib ketishlaril (bug'lanishi) mumkin. Suyuqlikning asosiy xossasi — oquvchanligidir, bunga sabab suyuqlik molekulalarining juda yaxshi o'rin almashishi qobiliyatiga ega bo'lganligidir. Shuning uchun ham suyuqlik yaxshi oqadi va o'zi quyilgan istalgan idishning shaklini egallaydi.
Moddaning qattiq holati. Moddaning bu agregat holati, oldingi holatlardan farqli o'laroq, doimiy shaklga va hajmga ega. Molekulalar kristall panjaralarning uchlarida joylashib, bir-birlari bilan qattiq bog'langan. Tortishish kuchlari shu qadar kattaki, molekula o'z qo'shnisidan sezilarli uzoqqa ketolmay, faqat o'z muvozanat vaziyati atrofida tebranma harakatgina qila olishi mumkin. Molekulalarning qanday kristall panjaralarda joylashuviga qarab, qattiq jismning shakli va xossalaril ham turlicha bo'lishi mumkin. Tabiatda kristall qattiq jismlar bilan birga amorf qattiq jismlar ham uchraydi. Qattiq jismning amorf holati 1 noturg'un holat hisoblanib, molekulalari betartib joylashgan bo'ladi.
Moddaning plazma holati. Ba'zan moddaning to'rtinchi agregat holati deb, plazma holati haqida gapirishadi. Plazma holati gazning to'la onlashgan holatidir. Gaz juda yuqori temperaturalargacha 1 qizdirilganda molekulalari to'laligicha musbat va manfiy ionlarga ajraladi. Bunday sharoit Quyoshda va boshqa yulduzlarda mavjud.
Endi moddalarning ko'plab miqdordagi betartib harakatda bo'lgan molekulalardan tashkil topganligini isbotlovchi ba'zi hodisalar bilan tanishaylik.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin