O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Yüklə 472 Kb.
səhifə37/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Gaz parametrlari. Gazning holati bir-biriga bog'liq bo'lgan va holat parametrlari deyiladigan quyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi, bular: hajm V, bosim p va temperatura T.
Gazning hajmi Vu egallab turgan idishning hajmi bilan mos keladi.
Hajmning SI dagi birligi m3.
[V] = lm3.
Gazning bosimi. Sirt elementiga normal ta'sir etayotgan F kuchning shu element yuzasi Sga nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalik bosim deyiladi:
P=F\S
SI da bosim birligi — paskal, lPa = 1N\ m2.
Hozircha bosimning sistemaga kirmaydigan ba'zi birliklaridan ham foydalaniladi. Bular:
fizik atmosfera = 11,013 • 105 Pa = 760 mm.sim.ust.
texnik atmosfera = 9,81 • 104 Pa.
Dalton qonuni. Ideal gaz aralashmasining bosimi aralashmaga kiruvchi gazlar parsial bosimlarining yig'indisiga teng bo'ladi, ya'ni
P = P1 +P2 + - + Pn, bu yerda p1p2,… ,Pnparsial bosimlar deyilib, agar har bir gazning o'zi shu haroratda aralashma egallagan hajmni egallaganda idish devorlariga ko'rsatishi mumkin bo'lgan bosim bilan aniqlanadi.
Temperatura. Jismlarning issiqlik darajasini xarakterlash uchun temperatura tushunchasidan foydalaniladi. Agar qizitilgan jism (temperaturasi yuqori jism) qizitilmagan jismga (temperaturasi past jismga) tekkizilsa, ular orasida issiqlik almashuvi ro'y beradi. Energiya temperaturasi yuqoriroq jismdan temperaturasi pastroq jismga o'tadi. Bu jarayon jismlarning temperaturalari tenglashguncha, ya'ni issiqlik muvozanati vujudga kelguncha davom etadi. Demak, issiqlik muvozanatidagi jismlarning temperaturalari bir xil bo'ladi. Shuning uchun ham temperatura sistemaning issiqlik muvozanatini xarakterlovchi kattalik deyiladi.
Temperaturani o'lchash. Temperaturani o'lchash uchun etalon sifatida gaz (vodorod) yoki suyuqliklarning (simob, spirt) issiqlikdan hajmining o'zgarishidan foydalaniladi. Temperatura o'lchanadigan asbob termometr deyiladi. Biz kundalik hayotda termometr bilan yaxshi tanishmiz. Masalan, simobli termometr yordamida — 30° dan + 800° gacha temperaturani o'lchash mumkin. Temperaturani o'lchashda aniqlik kiritish maqsadida temperatura shkalasi kiritiladi.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin