Molekulaning xarakteristikalari. Molekulaning kattaligi Mazmuni: molekulaning o'lchamlari va massasi; modda miqdori; Avogadro soni va Avogadro qonuni; normal sharoit; molekular massa; Loshmidt soni.
Molekulalarning o'Ichamlari. Molekulaning o'lchamlari juda kichik bo'lgani uchun ularni oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin emas. Eng katta molekulalar elektron mikroskop yordamida suratga olingan. Eng nozik tajribalarning ko-rsatishicha, ikki atomli kislorod molekulasining chiziqli kattaligi 4·10-l0m atrofida. Umuman, molekulalarning chiziqli kattaligi 10‾8 ÷ 10‾10 m bo'ladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, molekula o'z navbatida atomlardan tashkil topadi. Atomlar esa yadro va lining atrofida harakatlanuvchi elektronlardan iborat bo'ladi.
Molekulaning massasi.Alohida molekulalarning massalari juda kichik bo'lib, maxsus asbob — massa-spektrometrlar yordamida aniqlanadi. Masalan, suv molekulasining massasi 3·10-26kg atrofida. Shuning uchun ham fizikada, molekulalar massalarining absolut qiymatlari bilan emas, balki o'lchamsiz nisbiy kattaligi bilan ish ko'riladi, chunki bu hisob-kitobni ancha osonlashtiradi. Xalqaro kelishuvlarga asosan etalon, ya'ni birlik atom massasi mosifatida uglerod I2C izotopi (atomar) massasining 1/12 qismi qabul qilingan.
Shuningdek, nisbiy atom massani aniqlash uchun esa atom massasining absolut qiymati matni birlik atom massasi m0i bo'lish kerak.
Modda miqdori.Moddalar ulkan iniqdordagi molekulalardan tashkil topganligi va o'z navbatida turii moddalar molekulalari massalarining teng emasligi ularni solishtirishda katta qiyinchiliklar tug'diradi. Aynan shu qiyinchilikni yengish maqsadida tarkibida bir xil NAta molekula bo'lgan modda miqdori tushunchasi kiritiladi. Modda miqdori — moddadagi molekulalar sonining 0,012 kg ugleroddagi molekulalar soni NAga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikdir: v = N/NA. Uning SI dagi birligi [v]=l mol. 1 mol — 0,012 kg uglerodda qancha molekulalar bolsa, shuncha molekulalari bo'lgan modda miqdoridir.