O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus


Tovushning qattiqligi va boshqa xarakteristikalari



Yüklə 472 Kb.
səhifə32/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Tovushning qattiqligi va boshqa xarakteristikalari. Tovushning qattiqligi intensivlikka bog'liq bo'lgan kattalikdir. Veber-Fexner qonuni bo'yicha intensivlik ortishi bilan tovushning qattiqligi logarifmik qonun bo'yicha ortadi.
Qattiqlikdan tashqari tovushni xarakterlovchi tovushning balandligi va tembri tushunchalaridan ham foydalaniladi.
Tovushning balandligi — tovush chastotasiga bog'liq bo'lib, eshituvchi tomonidan aniqlanadigan tovushning sifatidir. Chastota ortishi bilan tovushning balandligi ham ortaboradi.
Tovushning tembri esa energiyaning ma’lum chastotalar orasida taqsimlanishini xarakterlovchi kattalikdir. Masalan, bir xil notada ashula aytuvchi xonandalar turlicha energiya sarflaganlari uchun turlicha tembrga ega bo'ladilar.
Tovush to'lqinlar uchun Dopler effekti. Bizga hayotiy tajribamizdan ma'lumki, poyezd perronga yaqinlashib kelayotganida parovoz signali qattiqroqdek, poyezd perrondan uzoqlashayotganda esa parovoz signali sekinroqdek tuyuladi. Boshqacha aytganda, tebranishlar manbayining qabul qiluvchi (quloqqa) nisbaan harakati qabul qilinayotgan tebranishlar chastotasining o'zgarishiga olib keladi. Buhodisaga Dopier effekti deyiladi To'lqinlar manbayi va qabul qiluvchining bir-biriga nisbatan harakatlanishi natijasida qabul qilinayotgan to'lqinlar chastotasining о'zgarishiga Dopier effekti deyiladi.
Ultratovushlarning qo'llanilishi. Chastotasi v>20000 Hz bo'lgan elastik to'lqinlarga ultratovushlar deyiladi. Uning chastotasi katta, to'lqin uzunligi kichik va shuning uchun qat'iy yo'nalgan nur sifatida hosil qilish mumkin.
Texnikada ultratovush turli usullarda hosil qilinib ularni ikki guruhga ajratish mumkin: 1)mexanik—havo va suyuqlik hushtaklari, sirenalar yordamida; 2)elektromexanik—elektr tebranishlarni mexanik tebranishlarga aylantirish natijasida.
Lekin ultratovushlarning qo'llanilish sohasi juda katta. Agar ultratovush tekshiriladigan detaldan o'tkazilsa, sochilgan nur va ultratovush soyasiga qarab undagi defektlar aniqlanishi mumkin. Shu prinsipga asoslanib, ultratovush defektoskopiyasi sohasi vujudga kelgan. Ultratovush, shuningdek, modda almashuvlarini yaxshilashda, moddalarning fizik xossalarini o'rganishda, jismlarga mexanik ishlov berishda, meditsina va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin