Prujinali mayatnik. Prujinali mayatnik deb, absolut elastik prujinaga berkitilgan va elastiklik kuchi F=-kx ta'sirida garmonik tebranma harakat qiladigan m massali yukka aytiladi.
Bu yerda к — prujinaning qattiqligi, x— yukning Matematik mayatnik. Matematik mayatnik deb, cho'zilmaydigan, vaznsiz uzun ipga osilgan va og'irlik kuchi ta'sirida tebranma harakat qila oladigan moddiy nuqtaga aytiladi. Muvozanat vaziyatidan φ burchakka og'dirilgan mayatnikni F og'irlik kuchining tashkil etuvchisi harakatga keltiradi. Matematik mayatnikning siklik chastota va tebranish davri ifodalar bilan aniqlanadi.
To'lqinlar. To'lqin xarakteristikalari, to'lqinlarning qaytishi va sinishi Mazmuni: to'lqinlar; to'lqin xarakteristikalari; yassi to'lqinlar; Gyuygens prinsipi.To'lqinning qaytishi va sinishi.
To'lqinlar. Tebrarushlarning muhitda tarqalish jarayoniga to'lqinli jarayon yoki to'lqin deyiladi. To'lqinlar tarqalganda muhitning zarralari to'lqin bilan birgalikda harakatlanmaydi, balki muvozanat vaziyati atrofida tebranadi. Zarradan-zarraga tebranma harakat holati va to'lqin energiyasigina uzatiladi. Shuning uchun ham moddaning emas, balki energiyaning ko'chirilishi barcha to'lqinlarga xos xususiyatdir.
Suyuqlik sirtidagi to'lqinlar, elastik to'lqinlar va elektromagnit to'lqinlar farq qilinadi.
Elastik to'lqinlar deb, elastik, ya'ni qattiq, suyuq va gazsimon muhitda tarqaladigan mexanik g'alayonlanishlarga aytiladi. Elastik to'lqinlar bo'ylanma va ko'ndalang bo'lishi mumkin.
Bo'ylanma to'lqinlarda muhit zarralari to'lqin tarqalish yo'nalishida tebranadi. Ko'ndalang to'lqinlarda esa tarqalish yo'nalishiga perpendikular tekislikda tebranadi. Suyuqliklarda va gazlarda faqat bo'ylanma to'lqinlar vujudga keladi. Qattiq jismlarda esa ham bo'ylanma, ham ko'ndalang to'lqinlar vujudga kelishi mumkin.
To'lqin xarakteristikalari.Bir xil fazada tebranayotgan ikkita eng yaqin zarralar orasidagi masofaga to'lqin uzunligi deyiladi va λ harfi bilan belgilanadi bu yerda λ — chastota.