Mexanik ish. Mexanik ish deb, kuchning shu kuch ta'sirida ro'y bergan ko'chishga skalar ko'paytmasiga teng bo'lgan kattalikka aytiladi, ya'ni
A=(F∙s)=F·s·cosa bu yerda α— kuch F va ko'chish s orasidagi burchak.
Agar cos α =Fs\F; Fs= F ∙ cos α ekanligini e'tiborga olsak,
F quyidagi ko'rinishni oladi: A = F·s∙cosa=Fs ∙s bu yerda Fs— kuchning ko'chish yo'nalishiga proyeksiyasi.
Quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: agar α<π\2 bo'lsa, 0π\2 - bo'lsa, -lΑ=π\2 da cosα = 0 — kuchning ishi nolga teng, kuch ko'chish
yo'nalishiga tik yo'nalgan.
Ishning birligi.Ishning SI dagi birligi Joul (J)
[A]=[F]∙[s]=lN·lm=lN·1m=lJ.
Ishning SI dagi birligi sifatida 1 N kuchning 1 m masofada bajargan ishi qabul qilingan.
Quvvat. Ishning bajarilish tezligini tavsiflash uchun quvvat degan kattalik kiritilgan va u N harfi bilan belgilangan.
Quvvat deb, bajarilgan ishning shu ishni bajarish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan o'lchanadigan kattalikka aytiladi: Agar elementar ish A = Fs · s ekanligini e'tiborga olsak,
N= Fs · s\t= Fs ·v Quvyatning birligi.Quvvatning SI dagi birligini topish uchun berilgan ta'rifdan foydalanamiz:
Bu birlik — vvatt (VV) deyiladi.
Quvvatning SI dagi birligi sifatida 1 s da 1J ish bajaradigan qurilmaning quvvati qabul qilingan.
TARQATMA SAVOLLAR 1. Saqlanish qonunlari qanday vazifani bajaradi?
2. Saqlanish qonunlari nimalarga asoslanib kiritilgan?
3. Makonning va zamonning qanday xususiyatlari mavjud?
4. Fazoning bir jinsliligi deganda nima tushuniladi va qanday saqlanish qonuni uning natijasidir?