Garmonik tebranishlar va ularning xarakteristikalari. Prujinali va matematik mayatniklar Mazmuni:garmoniktebranishlar;garmonik tebranishlar tenglamasi; garmonik tebranishlar davri va chastotasi, prujinali mayatnik, matematik mayatnik.
Garmonik tebranishlar. Garmonik tebranish deb, fizik kattalikning vaqt o'tishi bilan kosinus (sinus) qonuniga muvofiq ro'y beradigan tebranma harakatiga aytiladi.
Garmonik tebranishlar eng sodda tebranishlar hisoblanadi va quyidagi ikki sababga ko'ra ular batafsil o'rganiladi: birinchidan, tabiatda va texnikada uchraydigan tebranishlarning aksariyati garmonik tebranishga yaqindir; ikkinchidan, turli murakkab tebranishlami ham garmonik tebranishlarning yig'indisi sifatida qarash mumkin.
Garmonik tebranish tenglamasi.S kattalikning garmonik tarzda o'zgarishi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
S=A cos(ω0t+φ)
Bu yerda: A — tebranish amplitudasi; ω0 — siklik chastota; φ-tebranishning boshlang'ich fazasi; (ω0t+φ) — tebranish fazasi deyilib, tebranuvchi nuqtaning muvozanat vaziyatidan chetlanishl burchagi bilan xarakterlanadi. Kosinus + 1 dan - 1 gacha qiymatlarni qabul qilgani uchun 5 kattalik + A dan — A gacha qiymatlarni qabul qiladi.
Tebranuvchi nuqtaning tezligi tezlanishi ko'rinishida yozish mumkin. Unga garmonik harakatning differential tenglamasi deyiladi.
T kattalik tebranish davri v — tebranish chastotasi deyiladi.
Chastotaning SI dagi birligi — gers (Hz). U nemis fizigi G.Gers sharafiga shunday nomlangan. 1 Hz chastota deb, 1 sekundda 1 marta tola takrorlanadigan davriy jarayonning chastotasiga aytiladi.
Garmonik tebranma harakat qilayotgan nuqtaning to'la mexanik energiyasi uning kinetik va potensial energiyalarining yig'indisiga teng I va o'zgarmas kattalik
Endi garmonik tebranma harakat qilayotgan ba'zi qurilmalar bilan tanishaylik.Ularning eng soddalari prujinali va matematik mayatniklardir.