O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Yüklə 472 Kb.
səhifə43/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Boyl — Mariott qonuni. Berilgan gaz massasi uchun o'zgarmas temperaturada gaz bosimining gaz hajmiga ko'paytmasi o'zgarmas kattalikdir, ya'ni m — const, T— const da
p·V= const.
Temperatura o'zgarmasdan ro'y beradigan jarayonlar izptermik jarayonlar deyiladi. p va V oralaridagi bog'lanishlarni ifodalaydigan egri chiziqlar esa izotermalar deyiladi.
Izotermlar oilasi giperbolalardan iborat bo'lib, harorat ko'tarilishi bilan giperbola ham ko'tarila boradi.
Gey-Lyussak qonuni. Bosim o'zgarmas bo'lganda, berilgan gaz massasining hajmi temperatura o'zgarishi bilan chiziqli o'zgaradi, ya'ni m = const, p = const da
bu yerda t — Selsiy shkalasi bo'yicha temperatura, V0 — 0°Cda gaz hajmi, α=1\273,15 К-1 koeffitsiyent. Bosim o'zgarmasdan ro'y beradigan jarayonlar izobarik jarayonlar, V va t orasidagi bog'lanishlarni ifodalaydigan chiziqlar esa izobaralar deyiladi.
Sharl qonuni. Hajm o'zgarmas bo'lganda, berilgan gaz massasi­ning bosimi temperatura o'zgarishi bilan chiziqli o'zgaradi.
Hajm o'zgarmasdan ro'y beradigan jarayonlar izoxorikjarayonlar, p va t orasidagi bog'lanishlarni ifodalaydigan chiziqlar esa izoxoralar deyiladi.
Holat tenglamasi. Biz yuqorida gaz parametrlaridan bittasi o'zgarmay, qolgan ikkitasi orasidagi bog'lanishlarni ko'rdik. Endi ularning har uchalasi ham o'zgaradigan hol bilan tanishaylik. Umumiy holda bunday tenglama
f(p, V, T)=0
ko'rinishga ega bo'ladi va u holat tenglamasi deyiladi.
Klapeyron tenglamasi. Fransuz fizigi B. Klapeyron (1799— 1864). Boyl — Mariot va Gey-Lyussak qonunlarini birlashtirib, ideal gazning holat tenglamasini topdi.
Klapeyron Mendeleyev tenglamasi. Rus olimi D.I. Mendeieyev (1834 — 1907) Klapeyron tenglamasini molyar hajm Vm dan foydalanib, 1 mol gaz uchun yozdi. Avogadro qonuniga muvofiq bir xil bosim va temperaturada har qanday gazning bir moli bir xil Vm hajmni egallaydi.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin