Birlik yuzaga suyuqlik tomonidan ta'sir etuvchi normal kuch bilan aniqlanuvchi fizik kattalikka suyuqlikning bosimi deyiladi. Atmosfera bosimini o'lchash uchun ishlatiladigan asboblarga barometr, berk idishdagi yoki boshqa bosimlarni o'lchash uchun ishlatiladigan asboblarga esa manometr deyiladi.
Paskal qonuni.Muvozanat vaziyatdagi suyuqliklarning bosimi Paskal qonuniga bo'ysunadi: Harakatsiz suyuqlikning istalgan joyidagi bosim hamma yo 'nalishlarda birxil va harakatsiz suyuqlik egallagan hajm bo ylab о 'zgarishsiz uzatiladi. Paskal qonuni gazlar uchun ham о 'rinli. Gidrostatik bosim. Arximed qonuni.Suyuqlikning vazni harakatsiz, siqilmaydigan suyuqlik ichidagi bosimning taqsimlanishiga qanday ta'sir qilishini ko'raylik. Suyuqlikning muvozanat holatida gorizontal sath bo 'yicha bosimi bir xil bo 'ladi. Aks holda muvozanat bo'lmas edi. Shuning uchun ham harakatsiz suyuqlikning erkin sathi doimo gorizontal holatda bo'ladi. Agar suyuqlik siqilmaydigan bo'lsa, uning zichligi bosimga bog'liq bo'lmaydi.
Demak, suyuqlik asosidagi bosim sathning balandligiga bog'liq ekan. Ya'ni suyuqlikning pastki qatlamidagi bosim yuqori qatlamdagidan ko'ra kattaroq bo'ladi va shuning uchun ham suyuqlikka botirilgan jismga itarib chiqaruvchi kuch ta'sir etadi. Bu kuchga Arximed kuchi deyiladi: Suyuqlikka botirilgan jismga shu suyuqlik tomonidan yuqoriga yo'nalgan va jism siqib chiqargan suyuqlik vazniga ieng bo'lgan itaruvchi kuch ta'sir etadi. TARQATMA SAVOLLAR 1. Gazning hajmi qanday aniqlanadi?
2. Suyuqliklar idishning shaklini olishiga sabab nima?
3. Suyuqlik siqiladimi? Gazchi?
4. Suyuqlikning bosimi deb nimaga aytiladi?
5. Suyuqlik bosimining birligi qanday?
6. Manometr va barometr bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
7. Paskal qonuni.
8. Suyuqlikning erkin sathi gorizontal bo'lishiga sabab nima?
9. Gidrostatik bosim. Nima uchun suvdagi yuk yengildek tuyuladi?
10. Arximed kuchi nima?