YAKKA SAVOLLAR 1. Izojarayonlar deb qanday jarayonlarga aytiladi?
2. Boyl — Mariotd qonuni.
3. Izotermik jarayon deb qanday jarayonga aytiladi?
4. Izotermalar deb qanday chiziqlarga aytiladi.
5. Boyl — Mariott qonunining bajarilishiga misol keltiring.
6. Gey-Lyussak qonuni va uning ko'rinishlari.
7. Izobariki jarayon deb qanday jarayonga aytiladi?
SUYUQLIKLAR VA GAZLAR MEXANIKASI Garchi suyuqliklar va gazlar ba'zi xossalari bilan bir-biridan farq qilsalarda, ko'pchilik mexanik hodisalarda ularning holati bir xil parametrlar va o'xshash tenglamalar bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham suyuqliklar va gazlarning muvozanati, harakati, o'zaro va silliq aylanib o’tadigan qattiq jismlar bilan ta’siri birgalikda ko’riladi.
Suyuqliklar va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari M a z m u n i: suyuqliklar va gazlar; suyuqliklarda va gazlarda bosim; Paskal qonuni; gidrostatik bosim; Arximed qonuni.
Suyuqliklar va gazlar. Gazlarning molekulalari orasidagi o'zaro ta'sir kuchlari juda kichik, ya'ni ular bir-birlari bilan qariyb bog'lanmagan. Shuning uchun ham ular doimo betartib harakat qilib, ajratilgan hajmni to'la egallaydi. Gazning hajmi u egallagan idishning hajmiga teng bo'ladi.
Gazlardan farqli ravishda suyuqliklarning molekulalari bir-birlari bilan ancha mustahkam bog'langan va ular orasidagi masofa qariyb o'zgarmaydi. Shuning uchun ham suyuqlik siqilmaydi. Suyuqlik molekulalari juda yaxshi o'rin almashish xususiyatiga ega. Suyuqlik o'zi solingan idish shaklini egallaydi va oquvchanlik xususiyatiga ega.
Suyuqliklar va gazlarda bosim. Suyuqliklarning zichligi bosimga deyarli bog'liq emas. Gazlarning zichligi esa bosimga bog'liq. Ko'pincha suyuqliklar va gazlarning siqilishini e'tiborga olmasdan siqilmas suyuqlik modulidan foydalanish mumkin.
Tinch turgan suyuqlikka yupqa plastinkalarni kiritaylik. Plastinkaning turli tomonlarida bo'lgan suyuqliklar uning har bir ΔS yuza elementiga, kattaliklari teng ΔSga tik yo'nalgan ΔF kuchlar bilan ta'sir qiladi.