O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus


Tezlanish va uning tashkil etuvchilari



Yüklə 472 Kb.
səhifə10/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Tezlanish va uning tashkil etuvchilari
Mazmuni: o'rtacha tezlanish vektori; oniy tezlanish; tezlanishning tashkil etuvchilari.
Tezlanish. Kundalik hayotimizda jismlar tezligining o'zgarishini ko'p kuzatamiz. Misol uchun, bekatdan bir paytda, bir xil yo'nalishda harakatlana boshlagan avtobus va yengil avtomobilning ma'lum vaqtdan keyingi tezliklarini solishtiraylik. Tabiiyki, yengil avtomobil spidometrining ko'rsatkichi kattaroq bo'ladi. Demak, ikkita transport vositasi tezliklarining o'zgarishi turlicha, ularni solishtirish uchun esa tezlikning o'zgarish tezligini xarakterlovchi biror kattalikni kiritish zaruriyati tug'iladi. Bu kattalik tezlanishdir.
Tezlikning vaqt birligida o'zgarishiga tezlanish deyiladi.
O'rtacha va oniy tezlanish. Tezlanish — tezlikning kattaligini, shuningdek, yo'nalishining o'zgarishini ham xarakterlaydi. No­tekis harakatning At vaqtdagi o'rtacha tezlanishi a 0’r deb, tezlikning o'zgarishi Δv ning Δt ga nisbati bilan aniqlanadigan vektor kattalikka aytiladi:
Agar At ni cheksiz kichraytirib borsak, ya'ni Δt0, unda mod­diy nuqtaning t vaqtdagi oniy tezlanishini topamiz:
Shunday qilib, tezlanish tezlikdan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosila kabi aniqlanadigan vektor kattalikdir.
Tezlanishning SI dagi birligi. Tezlanishning ta'rifiga asosan uning birligini quyidagicha aniqlaymiz:
Shunday qilib, SI da tezlanishning birligi sifatida tezligini 1 sekund­da 1 m/s ga o'zgartiradigan harakat tezlanishi qabul qilingan.
Tezlanishning tashkil etuvchilari. Ta'rifda qayd etilganidek, tezlanish tezlik va uning moduli (kattaligi) yo'nalishining o'zgarishi bilan xarakterlanadi. Demak, to'la tezlanish (a) tezlik modulining o'zgarish tezligini (dt) va yo'nalishining o'zgarish tezligini (dn) xarakterlovchi tashkil etuvchilarning geometrikyig'indisidan iborat ekan, ya'ni a = at + an. Agar uchburchakka Pifagor teoremasini qo'llasak, tezlanishning kattaligi uchun a = yjaj + a2n ifodani olamiz.
Bunda at — tezlanishning tangensial, 5„ — normal tashkil etuv-chilaridir.
Tezlanishning tangensial tashkil etuvchisi. Tezlanishning tangensial tashkil etuvchisi at tezlik modulidan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosiladek aniqlanadi. U doimo harakat trayektoriyasiga urinma bo'ylab yo'nalgan bo'lib, tezlik modulining o'zgarishini xarakterlaydi:
Tezlanishning normal tashkil etuvchisi. Tezlanishning normal tashkil etuvchisi an ,
dek aniqlanadi. U doimo egrilik markazidan harakat trayektoriyasiga normal (tik chiziq) bo'ylab markazga yo'nalgan bo'ladi. Shuning uchun u markazga intilma tezlanish ham deyiladi. an — tezlik yo'nalishining o'zgarishini xarakterlaydi. at=0 qanday harakat?
Bunda ikki hol bo'lishi mumkin:
1) at~0, an = 0, demak, я = 0 to'g'ri chiziqli tekis harakat;
2) at0, an *0, demak, a —an egri chiziqli tekis harakat. Xususan, a„ = const — aylana bo'ylab tekis harakat. a„ = 0 qanday harakat?
1. an0, at0 holni yuqorida ko'rdik.
2. an0, at*0 — to'g'ri chiziqli notekis (o'zgaruvchan tezlanishli) harakatni bildiradi.
Xususan, an= 0, at- a — const — to'g'ri chiziqli tekis o'zgaruv­chan harakatni bildiradi.Bu hol kundalik hayotimizda ko'p uchraydi.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin