Kiberxavfsizlik tushunchasi, uning tashkil etuvchilarining xarakteristikalari. Axborotli jamiyatda xavfsizlik. Xavfsizlik tushunchasi Ishdan maqsad



Yüklə 20,79 Kb.
səhifə1/4
tarix02.06.2023
ölçüsü20,79 Kb.
#122248
  1   2   3   4
Kiberxavfsizlik tushunchasi, uning tashkil etuvchilarining xarak


Kiberxavfsizlik tushunchasi, uning tashkil etuvchilarining xarakteristikalari. Axborotli jamiyatda xavfsizlik. Xavfsizlik tushunchasi
Ishdan maqsad: talabalarda kiberxavfsizlik, kiberetika va axborot etikasi va uning tashkil etuvchilari to’g’risida tushunchalar hosil qilish
Axborot etikasi – axborot texnologiyalarini rivojlanishi va qo’llanilishi bilan bog’liq holda paydo bo’ladigan axloqiy muammolarni tadqiq qiladigan fan. Axborot etikasi kompyuter etikasi va axborot falsafasi bilan bog’liq.
Axborot axloqiy dilemmalar “axborot jamiyatida” ayniqsa muhim bo’li bormoqda. Allaqachon axborot texnologiyalari mualliflik huquqlari, intellektual erkinlik, javobgarlik va xavfsizlikni himoyasiga tegishli bo’lib, insonning fundamental huquqlarini qamrab oladi. Axborot etikasi mulk, ruxsat, shaxsiy hayot daxilsizligi, axborot umumiyligi va xavfsizligi muammolarini ko’rib chiqadi.
Kiberetika – kompyuterlar nimaga dasturlangan bo’lsa hamda bu alohida insonlarga va umuman jamiyatga qanday ta’sir qilishi, foydalanuvchilarni axloqini qamrab oladigan kompyuterga taalluqli etikani falsafa sohasidir. Quyida kiberetika shug’ullanadigan masalalarga misollar keltirilgan:

  • Boshqa insonlar to’g’risidagi shaxsiy ma’lumotlarni Internetda translyatsiya qilish tabiiymi? (onlayn-status yoki GPS orqali joriy joylashuv va shu kabilar).

  • Foydalanuvchilarni yolg’on axborotdan himoyalash lozimmi?

  • Raqamli ma’umotlar (musiqa,filmlar, kitoblar, veb-sahifalar va shu kabilar) kimga tegishli va foydalanuvchilar ular bilan nima qilishi mumkin?

  • Tarmoqda azart o’yinlar va pornografiya qanchalik ochiq?

  • Internetdan foydalanish har bir kishining asosiy huquqimi?

Intellektual mulk huquqi
Internetning doimiy o’sish tezligi va mp3 kabi siqish texnologiyalarini paydo bo’lishi Napster toifasidagi dasturlarda paydo bo’lgan va hozir foydalanilayotgan BitTorrent toifasidag ma’lumotlar uzatilish protokollarida fayllarni bir-biriga anonim tarzda foydalanuvchilarga yuborish imkonini beradigan texnologiyalar, piring fayl almashinuvi uchun yo’l ochdi. Yuboriladigan musiqaning katta qismi mualliflik huquqi bilan himoyalandi, bu uning boshqa shaxslarga yuborishni noqonuniy qildi. Mualliflik huquqi bilan himoyalangan mediafayllarni yuborish etikaga to’g’ri keladimi – bu boshqa masala.
Cheklanmagan fayllar almashinuvini ma’qullovchilar almashinuv insonlarga mediafayllarga yanada erkin va tez ruxsatni taqdim qildi, yangi artistlarni paydo bo’lishiga yaxshi ta’sir qildi va mediani yuborish xarajatlarini kamaytirdi (atrof-muhitga kam zarar keltiradi). Cheklangan fayllar almashinuvini ma’qullovchilar e’tiroz bildirishmoqda hamda media yaratish ustida ishlaydigan artistlar va boshqa ishchilarni daromadini himoyalash lozim deb bilishadi. Qisman bu argument artistlarni ijod mahsulini qonuniy savdosidan olinadigan pullarni kichik miqdori ko’rsatilishi bilan bahsga sabab bo’lmoqda.
Shu kabi munozaralar dasturiy ta'minotga nisbatan intellektual mulk masalasida kuzatilishi mumkin. Bahsdagi pozitsiya: litsenziya bo’yicha tarqatiladigan dasturiy ta’minot kodini yopish va DT kodlariga erkin ruxsat hisoblanadi. Birinchi pozitsiya argumenti kompaniya sotish va litsenziya yig’imlaridan daromar ko’rinishidagi stimul bo’lmasa haftalab va oylab ishlanmani investitsiya bilan ta’minlamaslik fakti hisoblanadi. Ikkinchi argument – “gigantlar yelkasiga” ancha arzon, bunda gigantlarda intelektual mulk huquqi yo’q bo’ladi. Ba’zi ochiq ruxsat tarafdorlari barcha dasturlar ularni o’rganmoqchi bo’lganlar uchun ochiq bo’lishi kerak deb hisoblashadi.

Yüklə 20,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin