Axborot huquqi tushunchasi Axborot huquqi – axborotni aylanishi, axborot resurslarini shakllanishi va foydalanilishi, fuqarolar, tashkilotlar, davlat va jamiyat axborot ehtiyojlarini xavfsiz qondirilishini ta’minlash maqsadida axborot tizimni yaratilishi va ishlashi bilan bog’liq axborot sohasida ijtimoiy munosabatlarni nazoratlovchi huquqiy me’yorlar majmui, huquq sohasidir.
Axborot huquqining predmeti va usullari Axborot huquqini huquqiy nazoratlashning asosiy predmeti sifatida axborot, ya’ni, axboriy jarayonlarni – axborot ishlab chiqish, yig’ish, qayta ishlash, to’plash, saqlash, qidirish, yuborish, tarqatish va iste’mol qilish jarayonlarini amalga oshirishda paydo bo’ladigan axborot ijtimoiy munosabatlari hisoblanadi.
Axborot huquqida axborot huquq munosbatlariga nazoratlovchi ta’sir usullarining barcha to’plami foydalaniladi, ya’ni ham dizpozitiv nazoratlash (tanlash erkinligi, tomonlar tengligi, markazlashmaslik, koordinatsiya), ham imperative nazoratlash (hukumat vakolatlarini marlashgan holda amalga oshirish, qat’it subordinatsiya). Axborot huquqi tizimiga turli usullarni qo’shilganligi ularni ixtiyoriy to’qnashishi yoki raqobatini anglatmaydi. Axborot huquqi uchun u yoki bu usullarni ahamiyatliligi masalasi bo’yicha munozarani axborot xususiyatlari munosabatlarida paydo bo’ladigan muammolarni yechish uchun mustaqil huquqiy tizimini shlab chiqibgina tugatish mumkin.
Kompyuter etikasi kodeksi Kompyuter etikasini yaqqol ko’rinishi axloqiy kodekslar ishlab chiqish sohasida namoyon bo’ldi. Ko’rilayotgan muammoga sezilarli munosabat AQSH da bo’ldi, birinchi bo’lib 1974-yilda kompyuter etikasi kodeksi ishlab chiqildi. Kodeks qabul qilinishi injinerlar, olimlar va texnologlar o’zini faoliyati natijalari bilan axborot jamiyatida barcha insonlarni hayotini sifati va shartlarini belgilab berishini tushunilishi bilan aytib o’tildi. Shu sababli kodeks preambulasida axborot texnologiyalari vositalarini ishlab chiqish va joriy etilishida etikani barcha me’yorlariga roiya etilishi hayotiy muhim zaruratligi ajratib ko’rsatiladi. Natijada AQSH da axborot texnologiyalari sohasi bilan bog’liq ko’plab tashkilotlarda kodekslar ishlab chiqildi va qabul qilindi, xususan, “Kompyuter texnologiyalari ishlab chiquvchilar assotsiatsiyasi” (ACM), “Axborot texnologiyalari menejerlari assotsiatsiyasi” (DPMA), “AQSH axborot texnologiyalari foydalanvuchilari assotsiatsiyasi” (ITAA), “Sertikatlangan kompyuter professionallari assotsiatsiyasi” (ICCP).
“Axborot texnologiyalari bo’yicha xalqaro federatsiyasi” (IFIP) kodekslarida foydalaniladigan etika standartlari asosida mahalliy ma’daniy va etika an’analarini hisobga olgan holda boshqa davlatni milliy tashkilotlarning kompyuter etikasi kodekslari qabul qilinishi tavsiya etildi. Alohida kodekslar tarkibi bir-biridan farq qiladi, biroq ularning asosida axloqiy o’rnatmalarni ba’zi invariant to’plami yotgan bo’lib, quyidagilarga keltirish mumkin: